DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.59K subscribers
10.2K photos
2.33K videos
15 files
6.34K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

🎙Sherali Jo‘rayev: Dilda dardni to‘kmoq bo‘lsang o‘zbekona so‘ylagin!

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#seminar

Bugun Namangan viloyat hokimligi va viloyat prokuraturasi hamkorligida hamda mutasaddi tashkilotlar ishtirokida “Maʼnaviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish”, “Davlat tili to'g'risida” va “Reklama toʻgʻrisida”gi qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan seminar bo'lib oʻtdi.

Seminarda Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi hududiy boshqarmasi masʼul xodimi Asqarov Muzaffar “Reklama to'g'risida”gi Qonun yangi tahririga kiritilgan o'zgarishlar haqida ma'lumotlar berdi.


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zni belgilang
Anonymous Quiz
11%
Hunik
17%
Xunik
22%
Hunuk
49%
Xunuk
#Maqollar_taʼrifi

☘️Pul boʻlsa — changalda shoʻrva. Changal nima?

🌿Bu maqoldagi changal soʻzi odamning yo hayvonotning changali, yaʼni panjalari orasi maʼnosida emas, balki changalzor tikanakli butalar bilan qoplangan maydon maʼnosida keltirilgan.

🌿Demak, maqolning maʼnosi quyidagicha: agar pul boʻlsa, kimsasiz changalzorda ham shoʻrva topib ichsa boʻladi. Majozan esa quyidagicha mubolagʻa qilinadi: agar pul boʻlsa, "yoʻqni yoʻndirish", topishning imkoni boʻlmagan narsani ham topish mumkin va h. k.


Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Tadbir #Maslahatchi_faoliyati

🔆O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yillik bayrami munosabati bilan Fargʻona viloyati Qo‘shtepa tumanida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔅Tadbirda tuman hokimi I.Novikov, Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi S.Tongotarova, shuningdek, mas’ul idoralar rahbarlari, mahalla nuroniylari hamda faollari ishtirok etdilar.

🟠Bundan tashqari, huddi shu kuni "Sarmozor" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Ayollar daftari”ga ro‘yxatga olingan xotin-qizlar uchun Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Farg‘ona hududiy bo‘linmasi tomonidan tashkil qilingan (bepul) o‘quv kurslarini tamomlagan 20 nafar tinglovchilarga sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 30 yiligi munosabati bilan.
(2019-yil)

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Maqollar_taʼrifi

🍀Gap koʻp — koʻmir oz

🌿Tilimizda “gap koʻp — koʻmir oz” degan maqol bor. Men baʼzi davralarda uning sharhini soʻrab, oʻrtaga masala tashlab koʻrdim. Har kim har xil sharh qiladi. “Urush yillarida koʻmir ozligida aytilgan bu”, — dedi birov. Yana kimdir “gapingda tosh bosadigan maʼno kam yoki gap koʻp-u, uning qoʻri yoʻq” degan maʼno bilan izohladi...

🍂Menimcha, uning asli bundoq boʻlgan: Gap koʻp-ku, umr oz.
-ku yuklamasi umr soʻzi bilan qoʻshilib, koʻmir shaklini olgan. Natijada shunday chuqur maʼnoli maqol ancha joʻnlashib ketgan.

Erkin Vohidov


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zni belgilang
Anonymous Quiz
47%
Jangovar
53%
Jangovor
👉 Yangi tahrirdagi "Reklama to'g'risida"gi Qonun 9-sentabrdan kuchga kiradi

🔰 2022-yil 7-iyunda qabul qilingan Qonunning 6-moddasi “Reklamaning tili” bo‘lib, u quyidagicha:
🖋 O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida tarqatiladi.
🔈 Reklama mazmunining tarjimasi quyidagi talablarga rioya etgan holda boshqa tillarda takror berilishi mumkin:
1️⃣ reklama mazmunining boshqa tillardagi tarjimasi matni uning O‘zbekiston Respublikasi davlat tilidagi asosiy ma’nosini buzib ko‘rsatmasligi kerak;
2️⃣ tashqi reklama orqali joylashtiriladigan reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni O‘zbekiston Respublikasi davlat tilidagi reklama matnining pastki qismida gorizontal holda joylashtirilishi va umumiy reklama maydonining qirq foizidan oshmasligi kerak;
3️⃣ reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni harfining o‘lchami O‘zbekiston Respublikasi davlat tilidagi reklama matni harfining o‘lchamidan kichik bo‘lishi kerak.
💵 "Reklama to'g'risida"gi Qonun talablarini buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravaridan 100 baravarigacha jarima solishga sabab bo'ladi.
📌 Hurmatli tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi subyeklar tashqi reklama vositalarini joylashtirishda qonun talablariga rioya etishlaringizni so'raymiz.

Sherali TEMIROV,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Birpas

Bolalikdagi sheʼriy mashqlarimning birida, shabboda, toʻxta bir pas, deb yozgan ekanman. Devoriy gazeta muharriri, oʻzbek adabiy tilida bir pas degan soʻz yoʻq, bir nafas deyish kerak, deb oʻzi qizil qalam bilan toʻgʻrilab qoʻygan.

Koʻp yillar oʻtib Navoiyning “Layli va Majnun”ida shunday baytni koʻrdim:
Bir pos chu tundin oʻtdi ul xayl,
Tushluq tushi qildi uyqugʻa mayl.

Lugʻatlarda Pos — tunning sakkizdan biri, deb sharhlanibdi. Demak, taxminan bir soatga teng tungi muddat — pos, bir soatlik tungi soqchi — posbon, ruscha часовой maʼnosidagi atama boʻlib chiqdi.

Ajabki, oʻz soʻzimiz boʻlgan pos jahon kezib, yana oʻzimizga post shaklida, qoʻriqlanadigan joy, soqchining oʻrni hamda lavozim maʼnolarini olib qaytibdi...

Demak, oʻzbekning bir pasi bir soat boʻlar ekan. Gapimni bir pasda tugataman, degan soʻzning maʼnosini oʻzingiz tushunavering.

Erkin Vohidov, “Soʻz latofati”.

P/S. Hozirgi til meʼyorlari boʻyicha bu soʻz qoʻshib yoziladi:
Bir pas
Birpas

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zni belgilang
Anonymous Quiz
78%
Qorongʻulik
22%
Qorong'ilik
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

O‘zbekiston Milliy Metrologiya Instituti davlat muassasasi Qo‘qon filiali O‘zbekiston Mustaqillik kuni tabrigi!

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

SANALAR IMLOSI

1. Hujjatlar odatda imzolangan kundan kuchga kiradi, shu bois ularga imzo qoʻyilgan sanasi yoziladi.

2. Sanalarni yozishda arab raqamlari ishlatiladi (yilni ifodalash uchun toʻrtta, oyni ifodalash uchun ikkita va kunni ifodalash uchun ikkita raqam), ular nuqta bilan ajratiladi: 2020.13.09, 2020.08.01.

3. Sanani raqamlar bilan yozganda, avval kun, keyin oy va yillarni yozish maqsadga muvofiq emas: 13.09.2020

4. Shunday yozilgan taqdirda, soʻnggida yil soʻzi yoki uning qisqartmasi (y.) qoʻyilmaydi: 13.09.2020-yil

5. Yilni ikkita raqam bilan ifodalash maqsadga muvofiq emas: 20.09.13

6. Sanani harf va raqamlar bilan ham yozish mumkin: (1992-yil 1-sentyabr/sentabr)

7. Vaqt oraligʻini ifodalovchi ikki sana orasiga chiziqcha (–) qoʻyiladi va ularning orasida boʻsh joy boʻlmaydi: 2015–2020-yillar, 12–13-sentyabr/sentabr.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mas’ul xodimlari tomonidan Andijon viloyatidagi Davlat tiliga oid bir qator muammolar ko’rib chiqildi.

💫Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazi Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi faoliyati qayta tiklandi.

🌟Shuningdek, tuman maslahatchilari bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tdi. Z.Ro‘ziyev tomonidan har bir tuman miqyosidagi kamchilik, muammolar tahlil qilindi, har bir maslahatchi faoliyatiga tanqidiy baho berildi.

☀️Tanlovga tavsiya qilingan Jalaquduq tumani maslahatchisi faoliyati bilan tanishildi. Hududdagi tashqi yozuvlardagi, ish yuritishdagi kamchiliklar joyida muhokama qilindi, ish faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook