DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.57K subscribers
9.8K photos
2.26K videos
13 files
6.16K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
#bilib_oling

Anqoning urugʻi

Anqo
oʻzi nima? Anqo — bu nomi bor-u, oʻzi yoʻq boʻlgan Humo, Qaqnus, Semurgʻ, Tugʻrul singari afsonaviy qushlardan birining nomi. Baʼzi manbalarda salbiy maʼnoda taʼriflansa, boshqalarida ijobiy tarafdan talqin qilinadi.

Anqo haqidagi afsonalarning kelib chiqishi arab davlatlariga, aniqrogʻi Misrga borib taqaladi. Shunga qaramay, bu afsonalar Sharqda ham, Gʻarbda ham birdek yoyilgan.

Anqo nihoyatda taqchil, kamyob, nodir qush deb sanalgani uchun tilimizda “anqoning urugʻidek” degan oʻxshatish paydo boʻlgan.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
«Chustiy»
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 24-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. Chustiy she'rlari
2. "Yur muhabbat" qo‘shig‘i. Nuriddin Haydarov
3. "Ummondan durlar" asari. Obiddin Mahmudov

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#jarayon

🔰Toshkent shahri Olmazor tumani hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi D.Umurzakova, tuman hokimligi matbuot xizmati mas'ullari, tuman Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari M.Alibayevalar tomonidan tumandagi “Farobiy” ko‘chasida joylashgan dorixonalarda “Reklama to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonuni mazmun-mohiyati, tashqi reklama va peshlavha matnlarini davlat tili talablariga moslashtirish yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borildi.

✉️Turli axborot matnlarini, reklama bannerlaridagi yozuvlarni yozishda til me'yorlariga amal qilish yuzasidan ogohlantirish xatlari berildi.


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

BRIFING | REKLAMANI TAYYORLASH, JOYLASHTIRISH VA TARQATISHDAGI YANGILIKLAR

Xiva shahar hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdullayeva Shohista ishtirokida brifing.


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

⚠️So‘zlashuv tilida juda ko‘p o‘zbekcha yoki o‘zbekchalashgan so‘zlarning o‘rnini yot so‘zlar egallab olgan. Aslida, bu so‘zlarning soddaroq, qisqaroq, tushunarliroq o‘zbekcha shakli bor. Lekin negadir begona so‘zlarni qo‘llayveramiz. Bu narsa ongimizga shu qadar singib ketganidan qanday holga tushib qolganimizni sezmaymiz ham.
(davomi)

Mashennik – firibgar, qallob.

Medsestra – hamshira.

Mo‘shniy – kuchli, zo‘r.

Ekanom qilmoq – tejamoq.

Vaksina – emlama, emdori

Parol – im, o‘ron

Otves – shoqul yoki shovun

Namordnik – burundiq

Zakas – buyurtma

⚠️O‘zbekchasini ishlatishga harakat qiling, til rivojiga va sofligiga shaxsan hissa qo‘shing.


Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Uchrashuv

🔰Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida 23-avgust kuni Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri Sobir Shukurov boshchiligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔰Unda INSPEKSIYALAR, MARKAZLAR, AKSIYADORLIK JAMIYATLARI, KOMPANIYALAR VA UYUSHMAlarning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etishdi.

🔰Uchrashuv davomida Prezident va hukumat tomonidan qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar, davlat tilida olib borilayotgan ishlar yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

🔰Shuningdek, sohadagi muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha taklifalar eshitildi.


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zni belgilang
Anonymous Quiz
70%
Ish haqi
30%
Ish haqqi
#Ijro

🔰Ish hujjatlarini yuritish,reklama,peshlavha va boshqa tashqi yozuvlarning davlat tiliga moslik darajasi o‘rganildi

❇️Toshkent viloyati Bekobod tumanida O‘zbekiston Respublikasining "Reklama to'g'risida"gi yangi tahrirdagi 776-sonli Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash to‘g‘risida”gi 61-sonli qarori hamda “Davlat tili haqida”gi qonun talablari ijrosi bo‘yicha viloyat hokimining maslahatchisi Shaxnoza Xo‘jayevaning ishtirokida tuman maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi holat ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotiining xodimlariga qonun talablari tushuntirilib, bu boradagi dolzarb vazifalar belgilab berildi.


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

🎙JON OKO | O‘zbek tili juda chiroyli, tarixi boy va madaniyati beqiyos til.
(2021-yil)

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#jarayon

♻️Surxondaryo viloyatidagi tashkilot va muassasalarda targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda.

❇️Maʼlumki, reklama qisqa axborot turi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat tili toʻgʻrisida"gi qonuni hamda “Reklama toʻgʻrisida”gi qonun bilan reklama tiliga, shuningdek, uning mazmunini boshqa tillarga tarjima qilishga nisbatan talablar belgilab berilgan.

✳️Mazkur qonunlar ijrosini taʼminlash maqsadida Surxondaryo viloyati Angor va Qumqo‘rg‘on tumanlarida tadbirlar olib olib borilmoqda. Xususan, tuman hokimliklari tomonidan ishchi guruh tashkil etilib, tashkilot va muassasalarda targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda.

👉BATAFSIL


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook