DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.58K subscribers
10.1K photos
2.32K videos
15 files
6.33K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
«Shavkat Rahmon»
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 23-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. Shavkat Rahmon she'rlari
2. "Otmagay tong" qo‘shig‘i. Shuhrat Qayumov va Yulduz Turdiyeva
3. "Ummondan durlar" asari. Obiddin Mahmudov

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

Xorijliklardan o'zbekcha she'r– Ona tilim!

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

“Boja” so‘zi qadimgi turkiylar “singil” ma’nosida qo‘llagan “baji” so‘zidan kelib chiqqanmi?

O‘g‘uzlarning bu urug‘i nomining kelib chiqishi haqida ko‘pchilik mutaxassislar, xususan etimologiya ilmining yirik vakili M.Fasmer ham uning yuqorida tilga olingan “boja” ma’nosidagi “bajanak” bilan bir so‘z ekanligini ta’kidlaydi.

👉BATAFSIL_MANBA


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zni belgilang
Anonymous Quiz
83%
Muvaffaqiyat
17%
Muvofaqiyat
#Seminar #Maslahatchi_faoliyati

🔰O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonun mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish mavzusida seminar o‘tkazildi.

🔰Seminarda Buxoro viloyat hokimi maslahatchisi A. Rustamov, Tuman hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Olot tuman bo‘linmasi xodimlari, Buxoro viloyati monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligining viloyat hududiy boshqarmasi masʼul xodimlari, tadbirkorlar va tegishli tashkilot xodimlari ishtirok etishdi.

👉BATAFSIL


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MTRK

📺Diyor yangiliklari

"Til - millat ko'zgusi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir

👉 JizzaxMTRK

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

Anqoning urugʻi

Anqo
oʻzi nima? Anqo — bu nomi bor-u, oʻzi yoʻq boʻlgan Humo, Qaqnus, Semurgʻ, Tugʻrul singari afsonaviy qushlardan birining nomi. Baʼzi manbalarda salbiy maʼnoda taʼriflansa, boshqalarida ijobiy tarafdan talqin qilinadi.

Anqo haqidagi afsonalarning kelib chiqishi arab davlatlariga, aniqrogʻi Misrga borib taqaladi. Shunga qaramay, bu afsonalar Sharqda ham, Gʻarbda ham birdek yoyilgan.

Anqo nihoyatda taqchil, kamyob, nodir qush deb sanalgani uchun tilimizda “anqoning urugʻidek” degan oʻxshatish paydo boʻlgan.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
«Chustiy»
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 24-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. Chustiy she'rlari
2. "Yur muhabbat" qo‘shig‘i. Nuriddin Haydarov
3. "Ummondan durlar" asari. Obiddin Mahmudov

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#jarayon

🔰Toshkent shahri Olmazor tumani hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi D.Umurzakova, tuman hokimligi matbuot xizmati mas'ullari, tuman Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari M.Alibayevalar tomonidan tumandagi “Farobiy” ko‘chasida joylashgan dorixonalarda “Reklama to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonuni mazmun-mohiyati, tashqi reklama va peshlavha matnlarini davlat tili talablariga moslashtirish yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borildi.

✉️Turli axborot matnlarini, reklama bannerlaridagi yozuvlarni yozishda til me'yorlariga amal qilish yuzasidan ogohlantirish xatlari berildi.


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

BRIFING | REKLAMANI TAYYORLASH, JOYLASHTIRISH VA TARQATISHDAGI YANGILIKLAR

Xiva shahar hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdullayeva Shohista ishtirokida brifing.


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

⚠️So‘zlashuv tilida juda ko‘p o‘zbekcha yoki o‘zbekchalashgan so‘zlarning o‘rnini yot so‘zlar egallab olgan. Aslida, bu so‘zlarning soddaroq, qisqaroq, tushunarliroq o‘zbekcha shakli bor. Lekin negadir begona so‘zlarni qo‘llayveramiz. Bu narsa ongimizga shu qadar singib ketganidan qanday holga tushib qolganimizni sezmaymiz ham.
(davomi)

Mashennik – firibgar, qallob.

Medsestra – hamshira.

Mo‘shniy – kuchli, zo‘r.

Ekanom qilmoq – tejamoq.

Vaksina – emlama, emdori

Parol – im, o‘ron

Otves – shoqul yoki shovun

Namordnik – burundiq

Zakas – buyurtma

⚠️O‘zbekchasini ishlatishga harakat qiling, til rivojiga va sofligiga shaxsan hissa qo‘shing.


Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Uchrashuv

🔰Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida 23-avgust kuni Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri Sobir Shukurov boshchiligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔰Unda INSPEKSIYALAR, MARKAZLAR, AKSIYADORLIK JAMIYATLARI, KOMPANIYALAR VA UYUSHMAlarning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etishdi.

🔰Uchrashuv davomida Prezident va hukumat tomonidan qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar, davlat tilida olib borilayotgan ishlar yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

🔰Shuningdek, sohadagi muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha taklifalar eshitildi.


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook