DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.59K subscribers
10.2K photos
2.33K videos
15 files
6.33K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚠️Muhokamalarning “sevimli” savoli: sentabrmi yoki sentyabr?

♻️Yangi darsliklarda nimaga asoslanib "sentyabr", oktyabr" ko'rinishida yozilyapti?

Respublika ta'lim markazi mutaxassisi Orif Tolib javob beradi.

👉Manba


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep


Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Ijro

🔰Tashqi reklama va yozuvlarning davlat tiliga moslik darajasi o‘rganildi

❇️Toshkent viloyati Ohangaron shahrida "Reklama to'g'risida"gi yangi tahrirdagi 776-sonli qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash to‘g‘risida”gi 61-sonli qarori hamda “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun talablari ijrosi bo‘yicha viloyat hokimining maslahatchisi Shaxnoza Xo‘jayevaning ishtirokida ishchi guruh tomonidan shahardagi tashqi yozuvlar tahlil qilindi.

Tadbirkorlik sub’ektlariga ogohlantirish xatlari tarqatildi.


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

“Qarz-qavola qildi”: qavola nima?

Qavola soʻzi oʻzbek tilida mustaqil ishlatilmaydi. Faqat qarz soʻzi bilan birga qoʻllanadi. U asli arabcha, asliyatda kafolat, javobgarlik; shartnoma maʼnolarini bildiradi.

Qarz-qavola iborasi yordam tariqasida olingan qarz, qarz-qurzni anglatadi:

Boyoqish Doʻsanov qarz-qavola qilib, inspektorga ming soʻm toʻgʻrilab berdi.
“Mushtum”.

Shu soʻz koʻpincha qarz-havola, qarz havola qildi kabi xato shakllarda ishlatiladi. Bu iboralar mazmunan xato. Havola ixtiyoriga topshirish, manba koʻrsatish kabi maʼnolarga ega. Qarz olinadi yoki beriladi, birovning ixtiyoriga topshirib yoki manba koʻrsatib yuborilmaydi. Qarzini bermay, birovga havola qilib yuborish esa boshqa narsa.

Demak:

Qarz-qavola qarz-qavola qildi

Qarz-havola, qarz-havola qildi, qarz havola qildi

manba

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 20-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. Amir Xudoyberdi she'rlari
2. "Ko‘rmasam bo‘lmas" qo‘shig‘i. Oxunjon Madaliyev
3. "Ummondan durlar" asari. Obiddin Mahmudov

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Maslahatchi_faoliyati

Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!

💫Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir.

🌟O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyun kungi 118-son yig‘ilish bayoniga asosan o‘zbek tilini targ‘ib qiluvchi ijodiy izlanishlarni rag‘batlantirish va ommalashtirishga qaratilgan “Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!” respublika tanlovining o‘tkazishni belgilanishi ham jonajon ona tilimizga bo‘lgan eʼtiborning bir ko‘rinishidir.

👉BATAFSIL

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Maqollar_tavsifi

☘️BIR KO‘NGIL IMORATI - MING MAKKA ZIYORATI

🌿Xalq bu maqolda yaxshilik qilib, ko‘pchilik tugul, hatto bir kishining ko‘nglini shod va obod qilish (“imorat” solish) Makkaga yuz marta borib, haj qilib kelishdan ko‘ra yaxshiroq, xayrliroq ekanligini uqtiradi.

🌿Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Kaʼba vayron bo‘lsa, obod aylagay.
(Navoiy)

🌿Muhtojlik kuyida ko‘ngilni ovla,
Yurakka yaqin-u maʼqulni ovla.
Bir dilcha turmas yuz loyxona Kaʼba,
Kaʼbada nima bor? Bir dilni ovla!
(Umar Hayyom)


Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#So‘z tarifi

🔰 ERKIN VOHIDOV "So'z latofati"


Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
🔰Davlat tiliga oid qonunchilik hujjatlari tahlili

🔰 “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan joriy yil 19-avgust kuni Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudirining o‘rinbosari, yuridik fanlari doktori, professor Z.Ro‘ziyev hаmdа mas'ul hodimi R.Tursunovlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.

🔰Ma’ruzada davlat tiliga oid qonunchilik hujjatlarining tahlili, o'zbek tilining boyligi, jozibasi haqida so‘z bordi, she'rlar o'qildi.

👉BATAFSIL

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from Raqobat qo‘mitasi
🔰 Xabaringiz bor, joriy yil 7-iyunda yangi tahrirdagi “Reklama to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun 2022-yilning 9-sentabr sanasidan kuchga kiradi.

♻️ Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi hamda Qo'mita huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan Qonun mazmun-mohiyatini keng yoritish, yangi kiritilgan normalar bilan jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida joylarda targ'ibot tadbirlari, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar muntazam olib borilmoqda.

♻️ Navbatdagi yig'ilish Milliy tiklanish partiyasi Markaziy kengashida bo'lib o'tdi. Unda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Raisi maslahatchisi G.T.Qodirova, Qo‘mita huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi mutaxassisi Umid Qayumov ishtirok etib, yangi qonun asosida reklamani davlat tilida berish qat'iy belgilanayotganligi, reklama (mazmunining) tarjimasini berishda aniq me'yorlar belgilanayotganligini ta'kidladi.
#Maqola

🔰TILIMIZ – BIZNING BIRLIGIMIZ VA BORLIGIMIZDIR

🔰 Dunyoda yetti milliarddan ortiq odam umrguzaronlik qilayotgan bo‘lsa, shu insonlar yetti mingga yaqin tilda gaplashadilar. Jahonda millatlar so‘zlashadigan tillar kundan kunga kamayib, yo‘qolib bormoqda.

🔰Til qayg‘usi – og‘ir qayg‘udir. Davra suhbatlarda millatimiz oydinlari taʼkidlaganidak, tilimiz bizning birligimiz va borligimiz ramzidir. Tilimiz borki, millatimiz ham bor! Tilimiz borki, tariximiz, qadriyatimiz, adabiyotimiz, sanʼatimiz, madaniyatimiz bor!

👉Maqolani_o'qish


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

⚠️So‘zlashuv tilida juda ko‘p o‘zbekcha yoki o‘zbekchalashgan so‘zlarning o‘rnini yot so‘zlar egallab olgan. Aslida, bu so‘zlarning soddaroq, qisqaroq, tushunarliroq o‘zbekcha shakli bor. Lekin negadir begona so‘zlarni qo‘llayveramiz. Bu narsa ongimizga shu qadar singib ketganidan qanday holga tushib qolganimizni sezmaymiz ham.

Quyida shunday so‘zlarning kichik lug‘ati bilan tanishasiz.

Avans – bo‘nak

Aklad – oylik, maosh

Astano‘fka – bekat

Balnisa – kasalxona, shifoxona

Brat – aka, akaxon

Vapshe – umuman

Golubsi – karamdo‘lma

Da (telefon ko‘tarilganda) – eshitaman, labbay. Yoki xalqaro "alo" so‘zini ham ishlatish mumkin

Izdivatsa qilmoq – ustidan kulmoq

Zdachi – qaytim

Kanikul – ta’til

Kapcho‘niy – dudlangan, sur

Karochi – qisqasi

Koja – teri, charm, ko‘n

Holadilnik – muzlatgich

(davomi bor)

manba

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook