DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.6K subscribers
10K photos
2.31K videos
15 files
6.28K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from TIL - MILLAT KO'ZGUSI
👉 Tadbirkor ham qonunga amal qilishi kerak

🔵 Avval xabar berganimizdek Samarqand shahrida tashqi reklama vositalarini tartibga keltirish bo‘yicha keng ko'lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.
🟢 Xususan, joriy yilning 22-iyul kuni Registon ko‘chasida joylashgan savdo majmualarida qonun talablariga zid, me’yor talabidan oshgan, tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan o‘rnatilgan 150 ga yaqin peshlavha va reklama vositalari Ishchi guruh tomonidan bartaraf etildi.
🔶 Shu o'rinda tadbirkorlarga tashqi reklama vositalarini o'rnatishda "Davlat tili haqida"gi va "Reklama to'g'risida"gi Qonun talablariga rioya etishlarini so'rab qolamiz.

Norbek Alqarov,
Samarqand shahar hokimining maslahatchisi

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
💐 Bugun tug‘ilgan kun 💐

💐 23-iyul Yoshlar ishlari agentligi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mehrinoz Abbosovaning tavallud topgan kunlari.

💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Mehrinoz Abbosovaga Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, qolaversa barcha davlat tashkilotlari rahbarlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.
💐 Mehrinoz Abbosovaga mustahkam sog'lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy va ijodiy ishlarida yuksak zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz. Go‘zallik va latofat Sizni hech qachon tark etmasin.

Hurmat bilan,
Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti
#Tadbir

🔰 “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!’’

💠 Yuqori Chirchiq tumanidagi Astrum IT akademiyasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” mavzusida adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

❇️ Tadbirda Toshkent viloyati hokimligining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yisha maslahatchilari, Toshkent viloyati yozuvchilar uyushmasi raisi – Mahmud Toirov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mas’ul xodimi – Rustam Tursunov, Filologiya fanlari doktori, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori – Inomjon Azimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori – Azizjon Eminovlar ishtirok etishdi.

👉BATAFSIL

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Maslahatchi_faoliyati #Maqola

🔰 Davlat tiliga hurmat – insoniy burchimiz!

💠Alla aytay, jonim bolam, quloq solgin alla, Shirin allam tinglab asta, uxlab qolgin alla.

❇️ O‘zbek tilining bor jilosi-yu jozibasi, tarovati nafaqat onalarimiz allasida, balki qadimiy bitiktoshlarda, ming yillik dostonlarimizda, o‘lmas maqomlarimizda, shoirlarimizning jo‘shqin sheʼrlarida, baxshi va hofizlarning sehrli qo‘shiqlarida o‘z ifodasini topgan. Demakki, ming yillik dostonlarimizni o‘z bag‘rida yetiltirgan ona tilimizning ham tarixi uzun, o‘tmishi buyuk, o‘z taraqqiyoti bor.

👉BATAFSIL

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 1-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. Saida Zunnunova she'rlari
2. "Oshiq bo‘lmisham" qo‘shig‘i. Komiljon Otaniyozov
3. "Ummondan durlar" asari. Obiddin Mahmudov

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep


Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Maslahatchi_faoliyati

🔰 Ayni paytda Samarqand shahri Sadriddin Ayniy ko‘chasida tashqi reklamalarda davlat tili meʼyorlariga amal qilinishi hamda ularni tartibga keltirish ishlari davom etmoqda.


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#izohlilugat

AKKORD – [ital. accord – uyg‘unlik, hamohanglik] 1. Musiqada turli balandlikdagi uch va undan ortiq tovushlarning qo‘shilib, yaxlit holda yangrashi. 2. Cholg‘u asboblari torlarining o‘zaro hamohangligi.

Madaniyat.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from TIL - MILLAT KO'ZGUSI
👉 Tayinlov

🔷 Ishtixon tumani hokimining 2022-yil 25-iyuldagi 187-7-95-Q/22-sonli qarori bilan Ro‘ziyeva Mohinur Shaxmardon qizi tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.
🔶 Tayinlovga qadar u Ishtixon tumani 1-son ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib borgan.
🔰 Mohinur Ro‘ziyevaga kelgusi ishlarida omad tilaymiz.

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
#Ijro

❇️Toshkent viloyati Ohangaron shahar hududidagi “Amir Temur”, “Ohunboboyev” ko‘chalarida tashqi reklama yozuvlari “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun talablariga rioya qilinganligi ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.

Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi. Tadbirkorlarga reklamalar joylashtirishda O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi yangi qonun talablari haqida tushunchalar berildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar