DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.58K subscribers
10.1K photos
2.32K videos
15 files
6.33K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
#Maslahatchi_faoliyati

2022-yil 1-iyul kuni Sharof Rashidov tumanida Ishchi guruh tomonidan davlat tilini rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish sohasida targ'ibot ishlari amalga oshirildi.

Sharof Rashidov tumanidagi Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, Davlat soliq inspeksiyasi, Axborot-kutubxona markazi, tuman tibbiyot birlashmasi kabi bir necha tashkilot, idora va korxonalarda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar holati bilan tanishildi.

🔰 Aniqlangan kamchliklar yuzasidan tegishli mas'ullarga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish:
👇👇👇
https://t.iss.one/ajdodtili
💐BUGUN TUG'ILGAN KUN

💐3-iyul Xorazm viloyati hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ravshan Yusupovich Xudoyberganovning tavallud ayyomi munosabati bilan Respublikamizdagi viloyat hokimlari, vazirlik va idoralar rahbarlarining maslahatchilari nomidan samimiy muborakbod etamiz!

💐Xorazm viloyatida "Davlat tili haqida"gi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash, davlat tilini rivojlantirish borasidagi keng ko'lamli ishlarni olib borayotganligingizni yuksak qadrlaymiz!

💐Shunday qutlug' kunda sizga sog'lik-salomatlik, tinchlik-omonlik, uzoq umr, mustahkam iroda tilaymiz!

Hurmat bilan,

Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti jamoasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔰Taniqli shoir Eshqobil Shukur o‘zbek tilidagi "QORUVLI" so‘zining kelib chiqish tarixi haqida hikoya qiladi.

📺 “Bobo soʻz”

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Tadbir

☘️ Ma’rifat karvoni Samarqandda!

🔰 Shu kunlarda Ma’rifat karvoni doirasida Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri Sobir Shukurov hamda bir qator vazirlik idora maslahatchilari jumladan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi maslahatchisi Obidin Mahmudovlar Samarqand viloyatida bo’lib turishibdi.

📝 Tadbir davomida davlat tili bo’yicha targ‘ibot dasturlari ham amalga oshirilmoqda.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep


Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Seminar

☘️ UNICON.UZ - fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazida seminar

🔰 2023-yil 1-yanvardan boshlab barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va eʼlon qilish amaliyoti to‘liq joriy qilinishi munosabati bilan, UNICON.UZ - fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi DUK xodimlari uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

📝 Seminar mashg‘ulotida hozirgi kunda isloh etilayotgan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi haqidagi ko‘plab savollarga javob berildi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep


Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from Soʻzlar izohi
Forwarded from Orif Tolib
Xolos: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Bu soʻzdan oldin yoki keyin vergul ishlatish juda urf boʻlgan. Lekin doʻppini bir chetga qoʻyib, bundoq oʻylab koʻrilsa, bu soʻz vergul talab qilmasligi ayon boʻladi. Xolos – yuklama. Ayiruv yuklamasi. Faqat, yolgʻiz, -gina kabi ayiruv-chegaralov yuklamalariga sinonim. Maʼnodoshlari bilan vergul ishlatmagan kabi bu soʻz-yuklama bilan ham vergul qoʻllamaslik kerak.

Xolos soʻzi bori-yoʻgʻi, faqat, faqatgina maʼnolarini anglatadi:

Shoirlar aldaydi bizni, jonginam,
Bahor doim emas, uch oydir xolos.

A. Oripov.

Ikromjon oʻz ishlari qolib, Esh polvondan gapirardi xolos.
S. Ahmad, Ufq.

Yuqoridagi ikki jumladagi xolos oʻrnida sinonimlarini ishlatib koʻraylik:

Bahor doim emas, uch oyginadir. Bahor doim emas, faqat uch oydir.

Ikromjon oʻz ishlari qolib, Esh polvondangina gapirardi. Ikromjon oʻz ishlari qolib, faqat Esh polvondan gapirardi.


Yuqoridagi jumlalarda vergul kerak emasligi aniq-tiniq koʻrinib turibdi.

Xolos soʻzi ana xolos iborasi tarkibida ham uchraydi. Bu ibora taajjubni, hayratlanishni ifodalaydi. Bu holatda ham vergul mutlaqo ortiqcha:

Ana xolos! Chin oshiqning gapi emas bu.
K. Yashin, Hamza.

📌 Demak:

Eslatib qoʻydim xolos.
Eslatib qoʻydim, xolos.

Ana xolos! Buyogʻi necha puldan tushdi endi?
Ana, xolos! Buyogʻi necha puldan tushdi endi?

🔄 Mavzuga aloqador:
👉 Ammo, lekin, biroq va vergul
👉 Boshlab: vergul kerakmi yoki yoʻq?
👉 Odatda: vergul kerakmi yoki yoʻq?
👉 Esa: vergul kerakmi yoki yoʻq?

@oriftolib