DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.57K subscribers
10.1K photos
2.32K videos
15 files
6.32K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
#Maslahatchi_faoliyati

✍️Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparatida Qoʻmitaning hududiy boshqarma boshliqlari va masʼullari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

✍️ Ishtirokchilarga Qoʻmita yuridik boshqarmasi boshligʻi Sh.Shadmonqulov tomonidan sohaga va mavzuga oid boʻlgan huquqiy normativ hujjatlar boʻyicha tushuntirish berildi.

❇️
Shuningdek, Rais maslahatchisi G.Qodirova tomonidan hududiy boshqarmalarda gender tenglik va hujjatlar bilan ishlashda Davlat tiliga eʼtibor qaratish zarurligi ta'kidlab o‘tildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida 2022-yil 17-may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotlarini tashkil etish yuzasidan bergan topshirig‘i ijrosini ta'minlash, xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep


Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#tavallud

💐Bugun tugʻilgan kun 💐

💐 28-iyun Davlat ekologiya qo'mitasi raisining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘isidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi
Tashimov Sultonmurod Choriyevich
tavallud topgan kun.

💐 Sultonmurod Choriyevichni ushbu sana munosabati bilan Maʻnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, qolaversa barcha davlat tashkilotlari rahbar maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.

💐 Fidoyilik va jonkuyarlik bilan olib borayotgan ishlarida hamisha omad yor boʻlib, uzoq umr koʻrib, oilasi va yaqinlari baxtiga sogʻ-salomat boʻlishini tilab qolamiz. Mas'ul lavozimda yuksak zafarlar yor bo'lsin!

Hurmat bilan
Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti


Bizning manzil
:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MTRK

📺"DIYOR YANGILIKLARI", Yakkabog‘ tumani hokimligi tomonidan “Eng namunali davlat tilida ish yuritayotgan tashkilot va korxona” tanlovi o‘tkazildi.

📚 Tashkil etilgan tanlovda tumandan 40 dan ortiq davlat tashkiloti va korxonalar ishtirok etdi.

🔰 Tanlov
nizomiga ko’ra idora nomi ichki va tashqi targ‘ibot vositalari xatlar va ma’lumotlar peshlavhalar elektron hujjat almashish tizimida ish hujjatlarining davlat tilida bexato yuritilishi o‘rganildi.


📺 Tadbir tafsilotlari #DIYOR_YANGILIKLARI da


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep


Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Maslahatchi_faoliyati #Maqola

🔰Ona tilini bemehnat sevib bo‘lmaydi.

🔰 O
‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan ona tilimizning istiqboldagi taraqqiyotiga oid ko‘plab masalalar o‘z yechimini topmoqda.

🔰 Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-yanvardagi 34-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini samarali taʼminlash maqsadida “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi 7 ta korxonada maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha boshqaruv raisi maslahatchisi lavozimi joriy etildi.


👉BATAFSIL

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep


Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MTRK

📺 FARG'ONA_24

🖇 YOZYOVON TUMANIDA ONA TILIMIZGA BAG'ISHLANGAN TADBIR BO'LIB O'TDI.

📋 Tadbir davomida ona tilimiz tarixiga oid videolavhalar, musiqa maktabining jajji raqqosa qizlari ijrosida milliy kuy-qo'shiqlar namoyish etildi.

🔰
Tadbir so‘ngida Nargizaxon Obidovaning yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi.


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep


Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing #Maslahatchi_faoliyati

🔰Samarqand viloyat hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sherali Temirovning tadbirkorlarga murojaati.

🔰Mazkur murojaatda har bir mahsulotni ommaga namoyish etishda reklamaning o‘rni beqiyos bo‘lganligi sababli ushbu sohani isloh qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi 776-sonli "Reklama to‘g‘risida"gi yangi qabul qilingan qonuni bo‘yicha ma’lumot berib o‘tildi.



Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep


Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from TIL - MILLAT KO'ZGUSI
💐 Bugun tug‘ilgan kun Fazliddin Mirbabayev 💐

💐 29-iyun Toyloq tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Fazliddin Mirbabayev tavallud topgan kun.
💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Fazliddin Faridinovichni viloyat va tumanlar hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.
💐 Tumanda davlat tilining rivoji va mavqeyini oshirish borasida olib borayotgan islohotlarini yuksak qadrlaymiz. Fazliddin Faridinovichga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilaymiz.

Sherali Temirov,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
TA'ZIYA

☘️O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Haqqul 2022-yil 28-iyun kuni 73 yoshida vafot etdi.

☘️Ibrohim Haqqul 1949-yil 28-martda Buxoro viloyati Shofirkon tumani Talija qishlog‘ida ziyoli oilasida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgach, 1966-1970-yillarda Buxoro davlat pedagogika institutida tahsil olgan.Ibrohim Haqqul 1970-1972-yillarda "Shofirkon haqiqati" gazetasida bo‘lim boshlig‘i va muharrir vazifalarida ishlagan. Uning "Navoiy va Mavlono Ashraf", "Daryo kabi hamisha uyg‘oq..." kabi ilk adabiy maqolalari shu gazetada bosilib chiqqan.
Olim 1972-yildan to hozirga qadar Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida faoliyat yuritib kelayotgandi.

☘️Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti marhumning oila a'zolariga chuqur ta'ziya izhor qiladi.
Forwarded from Ilyos Safarov
Ertadan oliy ta'lim vazirligining tarmoqlardagi barcha sahifalari lotin yozuvida yuritiladi

Bugun oliy ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov bir guruh jurnalistlar bilan uchrashuv o'tkazdi. Maqsad – jurnalistlarning sohaga oid takliflarini olish, kelgusida e'tibor qaratish kerak bo'lgan yo'nalishlar haqida fikrlashish.

Uchrashuv norasmiy maqomida o'tgani uchun barcha tafsilotlarga to'xtalib o'tirmayman. Ammo undagi bir yangilikni sizlar bilan bo'lishmasam ham bo'lmaydi.

Xullas, uchrashuvda sohani yaxshilash bo'yicha taklif so'ragan vazirga shu vazirlikning tarmoqlardagi sahifalari hamon kirill yozuvida yuritilayotgani, bu esa islohotchi deya umid bildirilayotgan vazirga ham, sohaga ham yarashmasligi bo'yicha e'tirozlarimni bildirdim.

Tan olish kerak, Abduqodir Toshqulov tanqid va takliflarga ochiq rahbar. U e'tirozimni tinglarkan, matbuot kotibi Mo'min Ibodovga ertadanoq vazirlik sahifalarini lotin yozuviga o'tkazish bo'yicha topshiriq berdi.

Qarang, masala shu bir dialogda hal bo'lib ketarkan-u, unga shu paytgacha hech kim e'tibor qaratmagan. Lekin mayli, hechdan ko'ra kech, deyishadi.

Muhimi, bugun berilgan va'da ijrosiga aytilgan vaqtda kirishilishi.

Yozuv islohoti yo'lida sezilarli qadam, kanaldoshlar, 🤟.

@haqiqatdaIlyos
#qadribalandonatilim

“QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” respublika tanlovi eʼlon qilindi

Tanlov to‘rtta yo‘nalishda o‘tkaziladi.

1️⃣“Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud” yo‘nalishida mahalliy ijro etuvchi tuman/shahar hokimliklari ishtirok etadi.

2️⃣“Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari o‘rtasida aniqlanadi.

3️⃣“O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha va dasturiy mahsulotlar” yo‘nalishida ilmiy tashkilotlar, oliy va o‘rta-maxsus taʼlim muassasalari qatnashadi.

4️⃣“O‘zbek tilining qudrati va go‘zalligini tarannum etgan eng yaxshi badiiy asar” yo‘nalishida yozuvchi, shoirlar ishtirok etadi.

📌Tanlov joriy yilning 1-iyulidan 1-sentabriga qadar o‘tkaziladi va g‘oliblar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida eʼlon qilinadi.

📎 Batafsil maʼlumot:
🌐 www.til.gov.uz saytida
📞(71) 215-53-98, (71) 239-86-99

♻️Tanlovni #qadribalandonatilim kalit so‘zi bilan ommalashtiring.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

📺 O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan “Olamni mahliyo aylagan diyor” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

📚 Ma’rifiy tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbek tilini rivojlantirish jamg'armasi mutaxassislari, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari, Yakkasaroy tumani hokimligi vakillari tomonidan ishtirokchilarga mazkur mavzu yuzasidan keng tushuncha hamda ma’lumotlar berildi.

🔰 Agentlik markaziy apparati, shuningdek, “ZOOM” platformasi orqali barcha tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalar xodimlari ishtirok etishdi.


👉BATAFSIL


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep


Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Maslahatchi_faoliyati #Maqola

🔰Lotinchami yoki kirill: o‘rganishda qaysi biri yengil?

🔰
2021-yil 10-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarori qabul qilingan edi. Qarorga asosan 2023-yil 1-yanvardan mamlakatimizdagi rasmiy web-saytlar, mahalliy ommaviy axborot vositalari, bosma nashrlari, internet saytlari, rasmiy hujjatlar va ish qog‘ozlari to‘liq lotin yozuviga o‘tkazilishi belgilangan.

🔰 Mazkur qaror va lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alifbosi xususidagi temiryo‘lchilarni qiziqtirayotgan mavzularda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professori, filologiya fanlari nomzodi Ravshan Jomonov bilan suhbatlashdik.


👉BATAFSIL
👉manba
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep


Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook