DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.58K subscribers
10.2K photos
2.33K videos
15 files
6.35K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
#Jarayon

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida davlat tili talablariga rioya etish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2024-yil 14-oktabrda o‘tkazilgan rayosat majlisining 171-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida reja asosida  tuman hokimligi tizimi va hududda faoliyat yurituvchi tashkilotlarda “Davlat tili haqida”gi qonun ijrosini o‘rganish va tanqidiy ko‘rib chiqish belgilangan.

Navbatdagi o'rganish tuman Agrobank filialida o'tkazildi.

O‘rganish jarayonida bank xodimlarining ish rejalari, meʼyoriy hujjatlari, tashqi va ichki targ‘ibot vositalari o‘rganilib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
MARG'ILONDA O‘QUVCHILAR ISHTIROKIDA SEMINAR TASHKIL QILINDI

Aholi o‘rtasida til targ‘ibotini yanada kengaytirish, kitob mutolaasiga bo‘lgan ishtiyoqni tubdan oshirish maqsadida Marg‘ilon shahridagi 11-umumtaʼlim maktabida bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirokida "Kitob - tafakkur xazinasi" shiori ostida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda yosh avlodning nutq madaniyatini, aqliy salohiyatini, ularning dunyoqarashini yuksaltirishda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etishi, qolaversa, insonning ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo‘qligi alohida taʼkidlandi.

Hududlarda amaliy seminarlar davom etmoqda.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

✔️ Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi chogʻida oʻzbek tilida tilak bildirdi.

Ushbu jarayon uning ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
#reklama
#davlat_tili
#nazorat_tadbiri

❗️HURMATLI SHAHRIMIZ TADBIRKORLARI VA REKLAMA TARQATUVCHILAR!

🔻Navoiy shahri bo‘ylab hududdagi tashqi yozuvlar (peshlavha, reklama va boshqa e’lon, axborot matnlar)ning qonun talablariga muvofiqligini o‘rganish bo‘yicha “DOLZARB O‘N KUNLIK” nazorat tadbirlari boshlanganligini e'lon qilamiz.

🔸O‘rganishlar davomida ishchi guruhlar tomonidan reklama va boshqa turdagi e’lonlarning “Davlat tili haqida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlar talablariga mosligi ko‘rib chiqiladi.

❗️Navoiy shahar hokimligi tadbirkorlardan tegishli hujjatlari bo‘lmagan, o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan, davlat tilida aks etmagan tashqi reklama vositalarini o‘z vaqtida bartaraf etishlarini so‘raydi.

🇺🇿Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati

Telegram |Facebook | 🌐Instagram | 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maqola

“Tulki qizini erga berdi”, “bo‘ri bolaladi” – tabiat hodisalarini qanday ataymiz?


👉maqola_oyina.uz

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
#jarayon

Eʼlonlar, peshlavhalar va axborot matnlarining qonun talablariga mosligi o‘rganilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlari ijrosini taʼminlash maqsadida, Chilonzor tumani hokimining maslahatchisi B. Ziyoviddinov boshchiligida tuman ishchi guruhi a’zolari tomonidan hududdagi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida xorijiy tillarda yozilgan reklamalar, eʼlonlar, peshlavhalar va axborot matnlarining qonun talablariga mosligi o‘rganilmoqda.

Tuman hududidagi peshlavha, axborot matnlari va eʼlonlar davlat tilida aks ettirilishi taʼminlanmoqda.

⚠️Jarayon davom etmoqda.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep