DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.57K subscribers
10.2K photos
2.34K videos
15 files
6.37K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
KITOB – TAFAKKUR XAZINASI

Farg‘ona viloyati hokimi tomonidan “2025-yil – Kitobxonlik yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan viloyat axborot-kutubxona markazida “Kitob – tafakkur xazinasi” shiori ostida ISMA universiteti talabalari ishtirokida tadbir tashkil qilindi.

Unda so‘zga chiqqanlar buyuk ajdodlarimizning nodir adabiy merosi va jahon adabiyoti vakillarining betakror asarlarini o‘qib-o‘rganish, bu orqali ezgu g‘oyalarni yoshlar ongiga singdirish, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.

Tadbirda talabalar tomonidan “Kecha va kunduz”, “Sohilsiz dengiz”, “Javdarzordagi xaloskor”, “Vavilonlik eng boy odam”, “Xosiyatsiz tuxumlar”, “Yosh vrachning kundaligi”, “O‘gay ona” asarlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi S.Tongotarova, ISMA universiteti prorektori H.Sattarova, Marg‘ilon va Quvasoy shaharlari hokimlarining maslahatchilari ishtirok etdilar.
#Davlat_tilida_ish_yuritish

✔️Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning matni A4 formatdagi qog‘oz varag‘ining bir tomonida masshtab kichraytirilmagan holda joylashishi lozim.

✔️Qoida tariqasida, standart varaq 1,2 qator oralig‘ida yozilishi lozim; har bir bet: yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshi besh-olti belgiga teng va bir xilda bo‘lishi lozim.

✔️Matnni kompyuter vositasida bosib chiqarishda «Times New Roman» 12 o‘lchamli shriftida yoki shunga o‘xshash shriftni qo‘llagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.

✔️Hujjatlarning aniq turlari (buyruq blankalari, ma’lumotnoma blankalari, dalolatnoma blankalari va b.) bir yilda 200 donadan ko‘proq ishlatiladigan bo‘lsa, shunday blankalar chiqarishga yo‘l qo‘yiladi.

✔️Aksariyat hujjatlarni, masalan, dalolatnoma, ma’lumotnoma, ishonchnoma, shuningdek, hisobxona hujjatlarini va boshqalarni tuzish oson bo‘lishi uchun ulardagi qolip so‘zlar yozilib ko‘paytirilgan ish qog‘ozlari ham odatda blanka deyiladi.

✔️Bulardan farqlash uchun yuqoridagi rasmiy xizmat blankalari «rasmiy ish qog‘ozi» deb yuritiladi.

https://t.iss.one/dtrdep
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2024-yil 14-oktabrda o‘tkazilgan rayosat majlisining 171-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida reja asosida  tuman hokimligi tizimi va hududda faoliyat yurituvchi tashkilotlarda “Davlat tili haqida”gi qonun ijrosini o‘rganish va tanqidiy ko‘rib chiqish belgilangan.

Ijro yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab taʼlim tashkilotida davlat tili talablariga rioya etilishi borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishib, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yurutilishi to‘g‘risida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

📚 Kompetensiyani rivojlantirish instituti tashkil etilganligining 1 yilligi munosabati bilan Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasidagi atamalarning izohli lug'ati nashrdan chiqdi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#OAV_biz_haqimizda

Xorazm radiosida efirga uzatilgan ushbu eshittirishda Qo‘shko‘pir tumani hokimi maslahatchisi N.Eshchonova tumanda davlat tiliga amal qilinishi haqida so‘z yuritadi.

t.iss.one/xorazm_radio rasmiy kanalidan olindi

Qo‘shko‘pir tumani hokimligi matbuot xizmati

🌐Web-sayt ✈️Telegram
📷Instagram 📖Face book
#ona_tilim_mangu_makonim

O‘ZBЕK TILIM


Ko‘p qadimman,
Karvon bilan zamonlar kechdim,
Nor tuyaning norligi ham afsona ekan.
Bir kun tuya ayronini shifo deb ichdim,

Ona tuya nomi esa arvona ekan.
Davronimni surganman ham oq otga minib,
Hay-hay, uning qo‘ltig‘ida bor edi qanot.
Vaqti kelib, shon-shuhratdan xayolim tinib,

Bilsam, o‘sha oq otimni derkanlar – bo‘z ot.
Yuksak Hisor tog‘larining bag‘rida qat-qat,
Toshni yorib o‘sib yotgan na’matak edi.
Ustoz Oybek she’rin eslab shoir Xolmamat,

Bizning joyda uning nomi «Hululu», dedi.
Sen tuganmas chashmadirsan, oh, ona tilim,
Yetmish ikki tomirimga mavjlaring bordi.
Bir kun tinib qolgan edi bog‘da bulbulim,

«Sandulochim!» – degan edim sayrab yubordi.
Inson degan qutlug‘ so‘zning tengi yo‘q hech bir,
U tanhodir, falaklarning quyoshi misol.
Lekin manov bolakaydir, bunisi o‘smir,
Bu yigitdir, bu zot esa bobo, oqsoqol.


✍️Abdulla Oripov

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Taqdimot

Qo‘qonda To‘rt jildlik “ALISHER NAVOIY ENSIKLOPEDIYASI” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
.
👉batafsil

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep