DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.39K subscribers
10.5K photos
2.41K videos
16 files
6.54K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
#Jarayon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida Ishtixon tuman hokimligida muhokama o‘tkazildi.

Yig‘ilishda tumandagi barcha korxona va tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Davlat tilini muhofaza qilish va uning o‘z vaqtida, to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida quyidagi chora-tadbirlar belgilandi:👈

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 238-sonini e’tiboringizga havola etamiz


1. Najmiddin Ermatov “Bir yoqda” she’ri

2. Botir Qodirov “Ey do’stim” qo’shig’i

3. O’lmas Umarbekov “Yoz yomg’iri” asari

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

Najdak qayroqtoshmi?


"Ruscha-o‘zbekcha lug‘at"ning 1983-yilgi nashrida najdak
so‘ziga shunday izoh berilgan:

Najdak m.r. -a najdak, jilvir qumqayroq.

Qumqayroq so‘zi bizga tushunarli.
Jilvir so‘ziga "O‘zbek tilining izohli lug‘ati"da quyidagicha izoh berilgan:

Jilvir, jilvir qog‘ozqayroqqum qoplangan qog‘oz yoki mata (buyumlarning sirtini silliqlash, sayqallash, jilolash uchun ishlatiladi).

❗️Qoshg‘ariy "Devon"ida berilgan izohga ko‘ra, bu so‘z nijdag‘
shaklida qo‘llanib, qayroqtosh ma’nosini anglatgan.

✔️Demak, ko‘pchilikka ruscha bo‘lib tuyulgan najdak so‘zining ham tub ildizi turkiy tilga borib taqaladi.

"BOBOSO‘Z IZIDAN"
(So‘zlar bilan so‘zlashuv)

✍️Eshqobil Shukur

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
👍1
#ona_tilim_mangu_makonim

ONA TILIM


Otam ham onam ham o‘zbek edilar
Ammo go‘daklikda men qush edim-ov...
Chug‘ur-chug‘ur qildim, «chumchuq» dedilar,
Keyin g‘o‘ldiradim, dedilar «soqov».

Sen esa abadiy g‘olib jangchiday,
Sezdirmay zabt etding ruhim, ko‘nglimni.
Allaning betimsol dard-ohangiday
Kuyga oshno etding, oxir, tilimni.

Men kuylay boshladim bulbul tilida,
Tabiiyki, yana «Bu – qush!» dedilar,
O‘zbekchaning bulbul til ekanligin
Bechora g‘ofillar bilmas edilar.

Kuylayverdim tinmay ona tilimda,
Kimlardir xo‘rsinib, ko‘zin yoshladi.
Qushmas, insonligim anglab yetdi-yu,
Bulbul ham o‘zbekcha kuylay boshladi.

O‘g‘illarim, qizim, barchasi o‘zbek,
O‘zbek tug‘ilgandir nabiralarim.
Yoqimli so‘z bormi o‘zbekcha so‘zdek,
O‘zbekcha uyg‘onar xotiralarim.

Ona tilim, maqtay olmasam, kechir,
Sen o‘zing ruhimning quyoshi, oyi.
Axir, meni ming bor duo qilgandi
Tushlarimga kirib hazrat Navoiy.

Tilim, abadiysan, men ham o‘lmayman,
Tilning rivoj yo‘li – bulbul yo‘lidir,
Hatto qarg‘adan ham xafa bo‘lmayman:
Qag‘illash – qarg‘aning ona tilidir.


✍️Abdunabi Hamro

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
🔥5
#Jarayon

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida davlat tili talablariga rioya etish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2024-yil 14-oktabrda o‘tkazilgan rayosat majlisining 171-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida reja asosida  tuman hokimligi tizimi va hududda faoliyat yurituvchi tashkilotlarda “Davlat tili haqida”gi qonun ijrosini o‘rganish va tanqidiy ko‘rib chiqish belgilangan.

Navbatdagi o'rganish hududda joylashgan 32-sonli umumtaʼlim maktabida o'tkazildi.

O‘rganish jarayonida taʼlim muassasa rahbarlari, xodimlarining ish rejalari, meʼyoriy hujjatlari, tashqi va ichki targ‘ibot vositalari o‘rganilib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

Ona tilim, otam tili,
Kecham sensan, ertam tili.
Jonim tili, vatanim tili.


Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
👍2🔥2
#maqola

BU – MENING VATANIM!

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Viktor Pak bilan suhbat.

U O‘zbekistonsiz o‘zini, o‘zbeklarsiz hayotini, o‘zbek tilisiz muloqotni tasavvur eta olmaydi. Shu yerni yerim deb, shu elni elim deb, shu tilni tilim deb yashaydi.

“Jadid” gazetasining jurnalisti Muhayyo PIRNAFASOVA tomonidan yozib olingan.

👉maqola

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
🔥2👏1