DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.6K subscribers
10K photos
2.31K videos
15 files
6.28K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from O‘zbekcha gapiramiz!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#davlat_tilida_ish_yuritish

Davlat tilida ish yuritish qoidalarini o‘rgatishga qaratilgan navbatdagi 3-video qo‘llanma bu – Ariza haqida.

Qanday hujjat yozmang, unda sizning savodxonligingiz va salohiyatingiz aks etishini unutmang! O‘zbek tilida bexato va uslubiy jihatdan to‘g‘ri yozishga harakat qiling!

1-video qo‘llanma. Asosiy faoliyatga oid buyruq tayyorlash qoidalari haqida edi.
2-video qo‘llanma. Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid buyruq

https://t.iss.one/ozbekcha_gapiramiz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

🎬 "BEKAT"

🍂Tilimizga munosabat haqida og‘riqli videorolik.

🍃O‘zbek tilidan sof foydalanaylik!

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#JARAYON

“Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari ijrosi yuzasidan Qo‘qon shahar va O‘zbekiston tumani hokimlarining maslahatchilari tomonidan markaziy ko‘chalardagi tashqi yozuvlar (peshlavha, reklama va boshqa e’lon, axborot matnlari) davlat tilida, xatolarsiz yozilishini ta’minlash borasida nazorat tadbirlari tashkil qilindi.

Ushbu jarayonlarda qonun talablariga mos kelmagan, davlat tilida yozilmagan, eskirib, yirtilgan tashqi reklama vositalari bevosita tadbirkorlik subyektlari guvohligida olib tashlandi.

Hududlarda amaliy tadbirlar davom etmoqda.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#seminar

Milliy til – milliy birlik vositasi


🔰Toshkent davlat agrar universitetida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar, davlat tilini joriy qilish borasidagi faoliyatni jamoatchilik asosida tashkil etishga mas’ul etib belgilangan tashkilotchilar xodimlari uchun amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

🔰Ma’lumot o‘rnida, 107 nafar ishtirokchini o‘zida jamlagan amaliy seminar 6-7-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ