Forwarded from Shayxontohur tuman hokimligi Matbuot xizmati
Shayxontohur tumanida davlat tili talablariga rioya etish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda
📎 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2024-yil 14-oktabrdagi o‘tkazilgan rayosat majlisining 171-son bayoni 10-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida tasdiqlangan reja asosida dekabr oyida tuman hokimligi tizimi va hududda faoliyat yurituvchi tashkilotlarda “Davlat tili haqida”gi qonun ijrosini o‘rganish va tanqidiy ko‘rib chiqish belgilangan.
📍 Navbatdagi o'rganish: Shayxontohur tumani “Gulbozor” mahalla fuqarolar yig‘ini va mahallada faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari, “Mashriq mash’ali” MChJ, O‘zbekiston “Veteran” jangchi –faxriy va nogironlari birlashmasida o'tkazildi.
📌 O‘rganish jarayonida kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
✅ Тelegram 💬 Facebook 📸 Instagram ✅ Twitter 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
Forwarded from O‘zbekcha gapiramiz!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ishga qabul qilingan xodimlar birinchi duch keladigan holat ariza yozish bilan boshlanib, bu davlat tilida ish yuritishga kirib kelayotganini bildiradi.
Shundan keyin ishda buyruq tayyorlash, bildirgi, tilxat, tushuntirish xati kabi hujjatlarga duch kelinadi.
Ular qanday yoziladi, qayerda nuqta qo’yiladi-yu, matn qanday shakllantiriladi, degan savollar qo’yila boshlanadi.
Biz xodimlarga davlat tilida ish yuritishda ko’mak berish maqsadida videoqo’llanmalar olishni boshladik.
Foydali bo’lsa, xursand bo’lamiz! Muhimi davlat tilida ish yuritish ko’payaversin!
https://t.iss.one/ozbekcha_gapiramiz

👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰KUN SO‘ZI
✔️KO‘LIK
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
🔰KUN SO‘ZI ✔️KO‘LIK Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep Bizning manzil Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#BOBOSO‘Z
Ko‘lik va avtomobil
Ko‘lik so‘zi menga bolaligimdan yaxshi tanish. «Uyda bir ko‘lik bo‘lishi shart», «Ko‘liging bo‘lmasa qiyin», «Bir ko‘lik olishim kerak» kabi gaplarni ko‘p eshitib qolardim. Odamlarimiz ot, eshak qatori kajavali motosiklni, avtomashinani, traktorni ham ko‘lik deyishardi.
Hozirgi paytda bu so‘z tilimizda juda kam qo‘llanadi. Aslida ko‘lik so‘zi juda qadimiy so‘z. Ming yillar davomida bu so‘z ot-ulov, yuk tortuvchi hayvon ma’nosini anglatib kelgan. XX asrga kelib ko‘lik transport ma’nosini ham anglata boshlagan.
Mahmud Koshg‘ariy bu so‘zni kölӱk – «yuk ortish mumkin bo‘lgan hayvon orqasi» deb izohlagan. Yuk ortiladigan va miniladigan tuyasi bor odamni kölӱklӱk ӭr deb atagan. Bu iboraga juda hamohang köliklїk jӭr degan birikma ham qadimgi tilimizda bo‘lgan va u «soya joy» ma’nosini anglatgan.
Shundan kelib chiqibmi, A. Vamberi ko‘lik so‘zining paydo bo‘lishini ko‘lanka ma’nosidagi kölik so‘zi bilan bog‘laydi. Balki bu taxmin ko‘likli odam panasi bor, soyali odam degan ma’noda mulohaza qilishga undar, lekin undan ko‘ra boshqa olimlarning ko‘lik so‘zining o‘zagi ko‘l (köl) «qo‘shmoq», «ortmoq» ma’nosida keladi degan farazi asosliroq tuyuladi.
Menda yana bir taxmin paydo bo‘ldi. Ko‘lik dastlab yuk ko‘taradigan hayvonga nisbatan qo‘llangan ekan, unda ko‘tarmoq fe’lidagi «ko‘» bilan «ko‘lik»dagi «ko‘» o‘rtasida
bog‘liqlik bo‘lishi ham mumkin.
Nima bo‘lgandayam, har kun avtomobilda yuradigan odam ondasonda ota-bobolaridan qolgan ko‘lik so‘zini eslab qo‘ysa yomon bo‘lmaydi.
BOBOSO‘Z IZIDAN
(So‘zlar bilan so‘zlashuv)
✍️Eshqobil Shukur

Telegram
DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot

Audio
#Nodir_ovozlar
“Nodir ovozlar” loyihasining 228-sonini e’tiboringizga havola etamiz
1. Zahiriddin Muhammad Bobur “Topilmas” g’azali
2. Botir Qodirov “Oyning o’n beshi qorong’u” qo’shig’i
3. Gabriel Garsiya MARKES “Buzrukning kuzi” romani
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
“Nodir ovozlar” loyihasining 228-sonini e’tiboringizga havola etamiz
1. Zahiriddin Muhammad Bobur “Topilmas” g’azali
2. Botir Qodirov “Oyning o’n beshi qorong’u” qo’shig’i
3. Gabriel Garsiya MARKES “Buzrukning kuzi” romani
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰KUN SO‘ZI
✔️OLQINDI
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
✔️OLQINDI
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#jarayon
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-oktabrdagi VM 24/24-171-sonli majlisi bayoni va Jizzax viloyati hokimining 2024-yil 24-oktabrdagi 01-1547-sonli chora-tadbirlar rejasining ijrosini ta’minlash maqsadida Mirzacho‘l tuman ishchi guruhi, tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish o‘tkazdi.
✔️O‘rganish davomida mazkur tashkilotning ma'sullari bilan suxbatlar o‘tkazilib, Davlat tili to‘g‘risidagi qonunni buzish javobgarlikka sabab bo‘lishi xaqida tushuntirish ishlari olib borildi.

#Ona_tilim
O‘zbekcha so‘ylaganim rost
✍️Shahlo Axrorova
🎻Abduxoshim Ismoilov

👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati
#Kun_savoli
#Izohli_lugat
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Kun_savoli
#Izohli_lugat
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Audio
#Nodir_ovozlar
“Nodir ovozlar” loyihasining 229-sonini e’tiboringizga havola etamiz
1. Shodmonqul Salom “O’qimagan bolalar” she’ri
2. Tavakkal Qodirov “Atlas kuylak” qo’shig’i
3. Gabriel Garsiya MARKES “Buzrukning kuzi” romani
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
“Nodir ovozlar” loyihasining 229-sonini e’tiboringizga havola etamiz
1. Shodmonqul Salom “O’qimagan bolalar” she’ri
2. Tavakkal Qodirov “Atlas kuylak” qo’shig’i
3. Gabriel Garsiya MARKES “Buzrukning kuzi” romani
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from Orif Tolib
Negaki: vergul kerakmi yoki yoʻq?
Negaki soʻzidan keyin vergul qoʻyish koʻp uchraydi. Soʻz -ki bogʻlovchisi bilan tugayapti, demak, vergul qoʻyish kerak degan mantiqqa asoslanishsa kerak. Lekin bu yerda -ki bogʻlovchilik xususiyatini yoʻqotgan, chunki, toki, modomiki soʻzlarida boʻlgani kabi soʻz tarkibiga singib ketgan.
Boshqa sabab bogʻlovchilariga oʻxshab qoʻshma gaplarda negaki soʻzidan oldin vergul qoʻyish kerak. U qoʻshma gap tarkibida kelganda ham, sodda gap boshida kelganda ham oʻzidan keyin vergul talab qilmaydi:
Haydovchilar ogohlantirildi, negaki qalin qor yogʻishi kutilyapti.
Haydovchilar ogohlantirildi. Negaki qalin qor yogʻishi kutilyapti.
Men bu bogʻlovchidan koʻra chunki soʻzini afzal bilaman. Sababi u jonli tilda nisbatan koʻp qoʻllanadi, ifodasi tabiiyroq. Biroq bu negaki bogʻlovchisini umuman ishlatmaslikni anglatmaydi. Masalan, qaytariq boʻlmasligi uchun chunki oʻrnida sinonimlarini ishlataman.Ikkita oldingi gapda ham shunday qildim 😉
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
Negaki soʻzidan keyin vergul qoʻyish koʻp uchraydi. Soʻz -ki bogʻlovchisi bilan tugayapti, demak, vergul qoʻyish kerak degan mantiqqa asoslanishsa kerak. Lekin bu yerda -ki bogʻlovchilik xususiyatini yoʻqotgan, chunki, toki, modomiki soʻzlarida boʻlgani kabi soʻz tarkibiga singib ketgan.
Boshqa sabab bogʻlovchilariga oʻxshab qoʻshma gaplarda negaki soʻzidan oldin vergul qoʻyish kerak. U qoʻshma gap tarkibida kelganda ham, sodda gap boshida kelganda ham oʻzidan keyin vergul talab qilmaydi:
Haydovchilar ogohlantirildi, negaki qalin qor yogʻishi kutilyapti.
Haydovchilar ogohlantirildi. Negaki qalin qor yogʻishi kutilyapti.
Men bu bogʻlovchidan koʻra chunki soʻzini afzal bilaman. Sababi u jonli tilda nisbatan koʻp qoʻllanadi, ifodasi tabiiyroq. Biroq bu negaki bogʻlovchisini umuman ishlatmaslikni anglatmaydi. Masalan, qaytariq boʻlmasligi uchun chunki oʻrnida sinonimlarini ishlataman.
🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍3
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2024-yil 20-dekabrdagi 24/24-171-sonli xatida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining 2024-yil 29-noyabrdagi 01/01/04-1740-son xatida ''Sof til'' boti ishga tushurilganligi, mazkur bot orqali joylarda davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga zid va o‘zbek tilida imloviy xatolar bilan yozilgan e'lonlar, peshlavhalar hamda tashqi tasviriy vositalarni to‘g‘rilash yuzasidan fuqaro murojaati haqida ma'lum qilingan.
Ushbu murojaat yuzasidan ko‘rsatilgan manzildagi fuqarolar bilan tuman hokimi maslahatchisi D.Vaxabova, O‘zbekiston mahalla raisi hamkorligida suhbat olib borildi.
Murojaat yuzasidan ''EXSPRES DOLINA'' MCHJ QK rahbari A.Dadaxonov, ish yurituvchi hodimlari bilan yangi avtobuslarning harakatlanish yo‘nalishi to‘g‘risida hamda murojaat yuzasidan davlat tili to‘g‘risida qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi va o‘zbek tilida imloviy xatolarni to‘g‘rilash yuzasidan tushuntirish olib borildi.