DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.39K subscribers
10.5K photos
2.41K videos
16 files
6.54K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Jadid” gazetasining 2024-yil 13-dekabrdagi 51-soni bilan tanishing:

📱Elektron gazeta

Sulton RAYEV
CHINGIZ AYTMATOV
Hamid OLIMJON
O‘ZBEKISTON
Matnazar ABDULHAKIM
OGOHLAR OGOHI
Musulmon NAMOZ, Shavkat DO‘STMUHAMMAD
O‘TMISHGA OCHILGAN VAQT QOPQASI
Rustambek SHAMSUTDINOV
TARIX TILGA KIRGANDA
Qo‘chqor NORQOBIL
O‘ZIMIZNI... O‘ZIMIZDAN QUTQARAYLIK!
Mamatqul HAZRATQULOV
QADRIYATLARIMIZ QADRI SO‘NMASIN
Bobur ELMURODOV
“BOBUR”dan rang olgan “BABURIN”...
Xayrullo GʻAFFOROV
CHANG VA G‘UBOR BO‘LMASA...
Zarnigor IBROHIMOVA
AZIM YURTNING AZIZ TUPROGʻI
Shahriyor SHAVKAT
OCHIQ KO‘Z KO‘RADI, HUSHYOR BO‘LING!
N.HABIBULLAYEVA
JAHONGASHTA KASHTALAR
Mohirbek QO‘CHQOROV
FITNA URUGʻI
Diyorbek MAHMUDOV
YIGIT OMON BO‘LSA...
Otabek BAKIROV
BIZ HAM KITOB O‘QIYAPMIZ
Abduvosit ABDURAHIMOV
DIL TUBIDAN CHIQQAN BITIKLAR

Jadid.uz’ga obuna bo‘ling
🤔1
DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
🏫 Qoʻqon universitetida davlat tili maslahatchilari uchun amaliy seminar boʻlib oʻtdi Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchilari…
#Taqdimot

🔰Avvalroq, Qoʻqon universitetida Davlat tili maslahatchilari uchun amaliy seminar boʻlib oʻtgani haqida xabar berilgan edi.

Ushbu seminarda davlat tilini rivojiga xizmat qiluvchi kitoblar taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan chop ettirilgan "O‘zbek tilida ish yuritish terminlarining qisqacha izohli lug‘ati", "O‘zbekiston joy nomlari izohli lug‘ati" hamda "Farg‘ona viloyati joy nomlarining izohli lug‘ati" kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Yuqoridagi kitoblar to‘g‘risida Davlat tilini rivojlantirish departamenti bosh mutaxassisi Uchqun Маhmudov, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov hamda dotsent, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Gulrux Jо‘raboyevalar ma’lumot berishdi.

Shuningdek Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov hujjatlarni lingvistik ekspertizadan o‘tkazish hamda tilbilig.uz platformasi to‘g‘risida nutq so‘zladi.
👍2
#ona_tilim_mangu_makonim

***
Men o‘ylayman:
hayot yo‘lida
Izlasa, ko‘p tarjimada sir.
Necha yildir o‘zbek tilida
So‘zlayotir, mana, Shekspir.

Shunday san’at bo‘lmasa agar,
Ko‘z o‘ngida qorong‘u dunyo –
Biz bilmasdik, goh shams, goh qamar
Bosh ustida – Tolstoy bobo.

Bular yaxshi. Bir narsa chatoq:
O‘zbekning ham bor shirin gapi.
Tarjimada, lekin tumtaroq,
Tarjimaning yo‘qdir maktabi.

Dunyo hamon bilmaydi, do‘stlar,
Navoiyning dardini tugal,
Mashrab qaysi ohangda bo‘zlar,
Nodiradan qolgan ne g‘azal.

O‘lkamizda, ko‘rsangiz, shuncha
Madaniyat, shuncha maorif,
Chiqmapti deb tarjimam uncha,
Kuyar, ammo Abdulla Orif.

Birov mumkin ochsa menga bahs,
Men baribir bu borada haq:
Kimdir kelib ko‘tarib qo‘ymas,
O‘z-o‘zini ko‘tarmasa xalq...


✍️Omon Muxtor

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
👍2
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 227-sonini e’tiboringizga havola etamiz


1. Alisher Navoiy “Topmadim” g’azali

2. Ulug’bek Rahmatullayev “Bo’ldim sanga” qo’shig’i

3. Gabriel Garsiya MARKES “Buzrukning kuzi” romani

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
1👍1
Shayxontohur tumanida davlat tili talablariga rioya etish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda

📎O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2024-yil 14-oktabrdagi o‘tkazilgan rayosat majlisining 171-son bayoni 10-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida tasdiqlangan reja asosida dekabr oyida tuman hokimligi tizimi va hududda faoliyat yurituvchi tashkilotlarda “Davlat tili haqida”gi qonun ijrosini o‘rganish va tanqidiy ko‘rib chiqish belgilangan.

📍Navbatdagi o'rganish: Shayxontohur tumani “Gulbozor” mahalla fuqarolar yig‘ini va mahallada faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari, “Mashriq mash’ali” MChJ, O‘zbekiston “Veteran” jangchi –faxriy va nogironlari birlashmasida o'tkazildi.

📌 O‘rganish jarayonida kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Тelegram 💬Facebook 📸 Instagram  Twitter  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1