DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.64K subscribers
9.69K photos
2.25K videos
10 files
6.09K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
Forwarded from Olmazor tumani hokimligi
🗺 Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasi a’zolari bilan birgalikda Olmazor tumani hududidagi geografik obyektlarni nomlash, nomi qonunga zid bo‘lgan amaldagi ayrim geografik obyektlarni qayta nomlash bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoda.

🔹 Aniqlangan kamchiliklar birgalikda muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan aniq ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan! 
 
Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

Oʻzbek tili tarixiy taraqqiyoti va oʻzbеk etnоnimi


Oʻzbek tili eng qadimiy tillardan biri. Albatta, dastavval, mazkur til “oʻzbek tili” deya atalmagani barchamizga ma’lum.

Uning qadimiy bosqichlari haqida turkologlar, tilshunoslar turli fikrlarni, turli tasniflarni qayd etganlar.

Biz ham mazkur monografiyada oʻzbek tilining tarixiy taraqqiyotini an’anaviy tarzda 4 bosqichga ajratishni ma’qul koʻrdik.

1) qadimgi turkiy til;
2) eski turkiy til;
3) eski oʻzbek adabiy tili;
4) hozirgi oʻzbek adabiy tili.


Qadimgi turkiy til hamda eski turkiy til barcha turkiy tillarning taraqqiyotida mavjud boʻlgan bosqichlardir. Chunki bu davrlarda turkiy tillarning hech birisining oʻziga xos xususiyatlari paydo boʻlmagan, barcha turkiy xalqlar yagona tildan foydalangan.

Toʻgʻri, ayrim qabila, urugʻ foydalangan til shakli umumiy turkiy tildan farqlari boʻlgan, ammo ular alohida til sifatida shakllanib ulgurmagan.

XII asr oxiri XIII asr boshlarida asta-sekin turkiy xalqlarning
tillaridagi farqlar, ularning oʻziga xos xususiyatlari yuzaga kela boshlagan.

"OʻZBЕK TILINING SHАKLLАNISHI VА RIVОJLАNISHI TАRIXI"

А.R.MАTNIYAZОV, B.YUSUFOV

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
“Jadid” gazetasining 50-soni nashr etildi

Gazetaning ushbu sonida:

📌 “Hamma o‘qiyapti. O‘qing!”;
📌 “Bo‘ronlarga bo‘yin egmagan ayol”;
📌 “Biz ham dunyoga chiqaylik”;
📌 “Tila tilagingni, deb qolsa...”
kabi maqolalarni o‘qishingiz mumkin.

👉 Pdf

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 222-sonini e’tiboringizga havola etamiz


1. Sirojiddin Sayyid “U tomonda” she’ri

2. Adham Soliyev “Otam” qo’shig’i

3. Gabriel Garsiya MARKES “Buzrukning kuzi” romani

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Taqdimot

Yangi nashr qilingan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorlikda universitetda “Oʻzbek tili sinonimlarining oʻquv lugʻati” hamda “O‘zbek adabiy tilidan singarmonizmning chiqarilishi” qo‘llanmalarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet xodimlari, kitob mualliflari, talabalar hamda Jamg‘arma mas’ullari ishtirok etishdi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 223-sonini e’tiboringizga havola etamiz


1. Shahriyor Shavkat “Begunoh” she’ri

2. Dilnura Qodirjonova “Chorgoh”” qo’shig’i

3. Gabriel Garsiya MARKES “Buzrukning kuzi” romani

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#seminar

Xodimlarning davlat tilida ish yuritish malakasi va bilim salohiyatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari tashkil etildi.

“Toshkent metropoliteni” DUKda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida 11-dekabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mutaxassislari G.To‘ychiyeva va D.Yusufovalar ishtirokida metropoliten xodimlarlarining malakasi va bilim salohiyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar va o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
#Davlat_tilida_ish_yuritish HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR (REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

«Hujjatning bajarilganligi va uni hujjatlar yig‘majildiga yo‘naltirilganligi haqidagi qayd».


Bunday belgi hisobdan chiqarilib, hujjatlar yig‘majildida saqlash va ma’lumotnoma maqsadida foydalanishga taalluqli hujjatlarga, ijrosi bajarilganligi qayd etilgan holda qo‘yiladi.

Bunday qaydlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ijrosi haqida qisqacha ma’lumot; «Hujjatlar yig‘majildiga» yozuvi; hujjat saqlanadigan yig‘majildning raqami.

Qaydlar bajaruvchi yoki hujjat bajarilgan tashkilot tarkibiy
bo‘linmasi rahbari imzosi bilan tasdiqlanadi va bajarilgan
sana qo‘yiladi. Masalan:
—————————————-
18–12 hujjatlar yig‘majildiga
(imzo) 2019-yil 24-iyul

«Mash’al» firmasi bosh hisobchisi
bilan telefon orqali gaplashilib,
masala hal etildi.

(imzo) 2019-yil 22-iyul

——————————————-

Hujjat bajarilganligi va yig‘majildga yo‘naltirilganligi haqidagi qayd hujjatning oxirgi varag‘i old sahifasining chap quyi burchagiga qo‘yiladi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep