DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.64K subscribers
9.69K photos
2.25K videos
10 files
6.09K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
#Jarayon

Olmazor tumani hokimligi xodimlariga malaka oshirish sertifikatlari hamda kitoblar topshirildi
.

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan Olmazor tumani hokimligida tashkil etilgan «O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish» o‘quv kursi tashkil etilgan edi.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 220-sonini e’tiboringizga havola etamiz


1. Usmon Azim “Erka bolam” she’ri

2. Botir Qodirov “Onam” qo’shig’i

3. Gabriel Garsiya MARKES “Buzrukning kuzi” romani

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Reja grafik asosida To‘raqo‘rg‘on tumanidagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash ishlari olib borilmoqda.

To‘raqo‘rg‘on tuman hokimi maslahatchisi Kadastr palatasi bilan hamkorlikda dekabr oyi rejasi ko‘rib chiqildi. Belgilangan mahallalarning berk, tor va asosiy ko‘chalari xaritalar orqali o‘rganildi.
#bilib_oling

Barsetkaning o‘zbekchasi nima?


Barsetka tutaman. Qulay idish. Ichiga talay narsani sig‘dirsa
bo‘ladi. Hujjat-pujjat, pul-muldan tashqari kalit-palit, fleshka, hatto kichikroq telefonni ham joylasa bo‘ladi.

Aslida bu so‘z italyan tilidan tarqalgan bo‘lib, «sumkacha» ma’nosini bildiradi.

Lekin bu matohni o‘zbek tilida qanday atasak bo‘larkin, deb o‘ylab yuraman. Hamyon desak, hamyonda faqat pul saqlanadi. Qopchiq desak, kichikroq bo‘lishi kerak. Yaqinda Abdulla Qodiriyni mutolaa qila turib, xilondon degan so‘zga duch keldim.

«O‘zbek tilining izohli lug‘ati»ni varaqlasam, xayriyat, unda bu so‘z bor ekan. Izohi ushmundoq:

XILONDON
esk. Ichiga soqoltaroq, qayirma pichoq, tishkovlagich kabi buyumlar solib, belboqqa osib yuriladigan, charmdan yasalgan kichik sumka. Qo‘lida o‘sha o‘zing ko‘rgan xilondoni, oyog‘ida nag‘malik etik. Abdulla Qodiriy. “Kichik asarlar”.

Xullas, xilondon barsetkaning o‘zginasi ekan-da. Lekin hozircha bu so‘zning qanday paydo bo‘lgani va ildizi haqida biror ma’lumotni topolmadim.

BOBOSO‘Z IZIDAN
(So‘zlar bilan so‘zlashuv)

✍️Eshqobil Shukur

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep