DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.57K subscribers
9.82K photos
2.27K videos
13 files
6.17K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
💐Bugun tug‘ilgan kun

💐 4-dekabr Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi direktori Azizjon Eminov tavallud topgan kun.

💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Azizjon Eminovga Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi xodimlari, Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi, shuningdek, barcha davlat tashkilotlari rahbarlari, qolaversa, hokimlarning maʻnaviy-maʻrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʻminlash masalalari boʻyicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.

💐Azizjon Eminovga mustahkam sog'lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy va ijodiy ishlarida yuksak zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz.

Hurmat bilan,
Davlat tilini rivojlantirish departamenti.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️
📎Ishda oʻzbekcha tushuntirish menga osonroq

🎙Davlat soliq katta inspektori Ulyana Filimonova bilan suhbat.

Jadid.uz

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#ona_tilim_mangu_makonim

TO‘QQIZINCHI FЕVRAL


Men ertaga o‘laman, ona,
Agar sen bu kecha boshimda
O‘zbek tilidagi qo‘shiqlarni aytib turmasang.

Men ertaga o‘laman, ona,
Agar sening kelinlaring bu kecha
Buyuk shoirlarni tug‘masa agar.

Men ertaga o‘laman, ona,
Agar sening baxshilaring bu kecha
Tonggacha tugatolmasa «Alpomish» dostonini.

Men ertaga o‘laman, ona,
Daraxt shoxlarida qushlar bu kecha
«Lison ut-tayr»ni takror etmasa,
Men ertaga o‘laman, ona.

Uxlay olmadim men...
Boshimda qadimiy qo‘shiqlar aytding,
Kelinlaring tug‘di ulug‘ shoirlaringni.

Baxshilar...
Nafasi tiqilib bo‘g‘izlariga
«Alpomish» so‘ngini aytdilar tongda.

Qushlar...
Daraxt shoxlarida titragan qushlar,
Navoiy tilida gapirib chiqdi.
Men hech qachon o‘lmayman, ona!


✍️Eshqobil Shukur

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
Hurmatli fuqarolar!

Yashnobod tumanidagi nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash uchun ovoz berishda ishtirok eting!

Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga Yashnobod tumani hokimligining tuman hududidagi nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash bo‘yicha takliflari kelib tushgan.

Toshkent shahar hokimligi
“Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-1-moddasiga muvofiq,  mahalliy aholining fikrini o‘rganish maqsadida poytaxt aholisini Yashnobod tumanidagi nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash yuzasidan o‘z fikrini https://geonom.tashkent.uz saytida ovoz berish yo‘li bilan bildirishga taklif etadi.

Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi:

Og‘zaki ravishda: +998-71-210-04-13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00-dan 17:00-gacha) murojaat qilish orqali;

Yozma: 100060, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;

Elektron shaklda: [email protected]  elektron pochtasiga xat yuborish yo‘li bilan.

Mahalliy aholi ovoz berish jarayonida joriy yilning 4-dekabr kunidan 18-dekabr kuniga qadar qatnashishi mumkin.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
#Jarayon

Olmazor tumani hokimligi xodimlariga malaka oshirish sertifikatlari hamda kitoblar topshirildi
.

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan Olmazor tumani hokimligida tashkil etilgan «O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish» o‘quv kursi tashkil etilgan edi.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 220-sonini e’tiboringizga havola etamiz


1. Usmon Azim “Erka bolam” she’ri

2. Botir Qodirov “Onam” qo’shig’i

3. Gabriel Garsiya MARKES “Buzrukning kuzi” romani

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Reja grafik asosida To‘raqo‘rg‘on tumanidagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash ishlari olib borilmoqda.

To‘raqo‘rg‘on tuman hokimi maslahatchisi Kadastr palatasi bilan hamkorlikda dekabr oyi rejasi ko‘rib chiqildi. Belgilangan mahallalarning berk, tor va asosiy ko‘chalari xaritalar orqali o‘rganildi.