DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.55K subscribers
10.1K photos
2.32K videos
15 files
6.3K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
#bayram_tadbiri

Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganligiga 35 yil to‘ldi.


Ushbu munosabat bilan Qoraqalpog‘istonda bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#taqdimot

Yangi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


🔰Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganining 35 yilligi  munosabati bilan chop etilgan yangi kitoblar taqdimoti tashkil etildi.

🔰Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan nashr qilingan “Mamleketlik tilde is jurgiziw tiykarlari” va “Davlat tilida ish yuritish asoslari”, “Qoraqalpog‘istondagi o‘zbek shevalari etnografizmlari” kitoblari bayramga munosib sovg‘a bo‘ldi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#Tanlov

“Ommaviy diktant” tanlovi o'tkazildi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamkorlikda Qoraqalpog‘istonda faoliyat olib borayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkil qilingan “Ommaviy diktant” tanlovi g‘olib va sovrindorlari taqdirlandilar.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 218-sonini e’tiboringizga havola etamiz


1. Abdulla Oripov “Birinchi muhabbatim” she’ri

2. “Yalla” guruhi “O’zbekiston Vatanim” qo’shig’i

3. Gabriel Garsiya MARKES “Buzrukning kuzi” romani

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Jadid” gazetasining 2024-yil 29-noyabrdagi 49-soni bilan tanishing:

📱Elektron gazeta

Nazokat USMONOVA:
“Adabiy diydorlashuv”
Abdushukur HAMZAYEV:
“Omonatga xiyonat kechirilmaydi”
Xurram RAHIMOV:
“Ikki poytaxtning yakdil xabarnomasi”
Farhod QURBONBOYEV:
“Ma’naviy ekspertiza – qonun talabi”
Malik BOY MUHAMMAD:
“Muzey ochgan otaxon”
Zarnigor IBROHIMOVA
yozib oldi:
“Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim”
Halima AHMEDOVA:
“Kuzgi olmalarning nafasi o‘tkir”
Ozod MO‘MIN XO‘JA:
“Cho‘lpon bilan uchrashuv”
Muhammadqosim OLIMOV:
“Qat’iyat va jasorat sohibi”
Zarnigor IBROHIMOVA
yozib oldi:
“Boburnoma” Dante diyorida”
Ro‘zimboy HASAN:
“Kitobsiz uy”
N.HABIBULLAYEVA:
“She’riyatga oshno matematik”
Asqar JO‘MASHEV, Sabit NURJANOV:
“Qoraqalpoq jadidi Sayfulg‘abit Majit taqdiri”
FITRAT:
“Muxtoriyat – milliy laylatul qadrimiz”
Nurxon ELMIRZAYEVA:
“Tuproqqa “ekilgan” ajal urug‘i”
Maqsud JONIXONOV:
“Insofli yoshlar”
Eshqobil SHUKUR:
“Pirog va cheburek”

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
#Davlat_tilida_ish_yuritish HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR (REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

«Nusxaning tasdiqlanishi haqidagi qayd».


Hujjatning ikkinchi yoki keyingi boshqa nusxalarini tasdiqlash belgisidir. Odatda, hujjat nusxasi qo‘lda yoki kompyuterda yoziladi, shuningdek, tezkor matbaa vositalari bilan tayyorlanadi.

Hujjat nusxasining birinchi varag‘iga «nusxa» belgisi qo‘yiladi. Tashkilot faqat o‘zida tayyorlangan hujjatlardan nusxa
berishi mumkin (bu qoida arxiv muassasalari va notariusga
nisbatan qo‘llanmaydi).

Fuqarolarni ishga, o‘qishga qabul qilish, ularning mehnat,
turarjoy va boshqa huquqlarini qondirishga taalluqli ishlarni hal qilishda, shaxsiy hujjat yig‘majildlarini shakllantirishda tashkilot boshqa tashkilotlar tomonidan berilgan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq masalalarni hal qilish uchun zarur hujjatlar (ma’lumot to‘g‘risidagi diplomlar, guvohnomalar) nusxalari tayyorlanadi. Hujjat nusxasi tashkilot rahbari yoki tarkibiy bo‘linma rahbari ruxsati bilan beriladi.

Nusxaning tasdiqlanishi haqidagi qayd «Imzo» rekvizitining ostiga qo‘yilib, «To‘g‘ri» deb yozilgan tasdiqlovchi so‘z, tasdiqlovchi shaxsning lavozimi nomi, shaxsiy imzosi, uning ismi va otaismi bosh harflari, familiyasi, nusxa tasdiqlangan sanadan iborat bo‘ladi.

Masalan:
—————————————
To‘g‘ri
Kadrlar bo‘limi
noziri ____________ G. Isroilova
(imzo)
2019-yil 18-iyun
—————————————
Hujjatdan olingan nusxalarni boshqa tashkilotlarga jo‘natishda yoki biror mas’ul shaxsning o‘ziga berishda tasdiqlovchi imzo muhr bilan tasdiqlanishi lozim.

Jo‘natma hujjatlarning tashkilotda qoladigan nusxalari soddalashtirilgan ko‘rinishda tasdiqlovchining lavozimi, tasdiqlangan sanasi ko‘rsatilmay ham tasdiqlangani qayd etilishi mumkin.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep