DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.39K subscribers
10.5K photos
2.41K videos
16 files
6.54K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!
🇺🇿 O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tashabbusi bilan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan “Qadring baland b‘o‘lsin, ona tilim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

⭐️ Mazkur ijodiy uchrashuvga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, iste’dodli shoir Rustam Mirvohid hamda Asakabank Boshqaruv Raisining Davlat tilida ish yuritish bo'yicha maslahatchisi Alisher Boymurodovlar va shoir Burxon Raxmatlar taklif etildi.

💛 Agentlik va tizim tashkilotlari xodimlari uchun tashkil etilgan mazkur tadbirda shoirlarning Vatan, ona, tabiat, xalq, muhabbat mavzularida yozgan she’rlari ishtirokchilarda yuqori taassurot qoldirdi.

🩵 Badiiy kechada so‘z olganlar o‘zbek tili tarixi, uning naqadar buyuk neʼmat ekanligi haqida ma’lumotlar keltirib, o‘zligimizni anglatib turuvchi tilimizni asrab-avaylagan holda kelgusi avlodga sof tarzda yetkazish zarurligi ta’kidlandi.

#ona_tilim_faxrim #ijodiy_uchrashuv #UzNIM

📱 nim.uz 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Twitter 📱 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from OYINA.UZ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#oʻzbekcha_gapiramiz

Kutubxona, restoran, bogʻlarda, umuman, Oʻzbekiston hududida oʻzbekcha gaplashamiz.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | X | Instagram
👍10
❗️
UNUTILGAN SO‘ZLAR
Eshqobil SHUKUR

Qadimgi lug‘atlarni titib o‘tirib, bir narsaga ichim kuyadi. Ko‘pgina so‘zlarimiz “o‘lib ketgan”.

Deylik, polizdagi qo‘rig‘ichni ko‘pchiligimiz qo‘rig‘ich ham demay, chuchelo deymiz. Mahmud Koshg‘ariyda ko‘z tegmasin uchun bog‘cha va polizlarga qo‘yilgan bunday qo‘riqchi abaqi deyilgan. “At-tuhfa” lug‘atida esa shalu deyilgan.


📱 Batafsil: jadid-media.uz/unutilgan-sozlar

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
#jarayon

Ta’lim sohasidagi davlat tiliga e’tibor

Davlat tilini izchil joriy etish jarayonini takomillashtirish va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga mukammal o‘tishini ta’minlash maqsadida, To‘raqo‘rg‘on tuman hokimi maslahatchisi D.Vaxabova tomonidan 45-sonli umumta’lim maktabida o‘zbek tilida ish yuritish bo‘yicha qonun hujjatlariga amal qilish to‘g‘risida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, o‘zbek tilini siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda faol qo‘llanishi to‘g‘risida hamda maktab binosiga o‘rnatilgan peshlavhalar, me’yoriy hujjatlarni davlat tiliga asoslangan lotin yozuvida yuritilganligi ko‘rib chiqildi. Ko‘rilgan kamchiliklar o‘z o‘rnida bartaraf etildi.

Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilariga esa davlat tili to‘g‘risidagi qonun va qarorlar to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
2
#ona_tilim
🌐 O‘zbek tilim boshqalarga qandoq, bilmayman, lekin men uchun dunyoda eng boy, eng go‘zal, eng barkamol til. O‘zbekcha gapirib tilim chiqqan, qo‘limga qalam olib o‘zbekcha yozganman, qalbim sevinchlari va iztiroblarini o‘zbekchada qog‘ozga tushurganman. Unga mehrimni, minnatdorligimni izhor etib bir kitob yozsam degan niyatim bor. Yozganlarim she'r bo‘lmasa-da she'rdek o‘qilsa, deyman. Ona tilimning ko‘rki, barvasta qomati sahifalardan bo‘y ko‘rsatib tursa, deyman. Orzularim ko‘p. Qani edi parvozim orzularim qadar yuksak bo‘lsa...


✍️ O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov, "So'z latofati" kitobidan

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
👍7
DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
#Davlat_tilida_ish_yuritish HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR (REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

«Munosabat belgisi»

Munosabat belgisi xizmat hujjatlari ustiga mansabdor shaxslar tomonidan muayyan fikr bildirib yoziladigan qaydlardir.

Bunday qaydlar, odatda, nihoyatda qisqa, lo‘nda shaklda, ko‘rsatma tarzida yoziladi; biror qog‘ozga, u xoh yuqori tashkilotdan kelgan yo‘riqnoma yoki buyruq bo‘lsin, xoh muayyan xodimning talabi yoki shikoyati bo‘lsin, munosabat belgisini yozishdan oldin, rahbar u bilan yaxshilab tanishib chiqishi, mohiyatini chuqur anglashi va ijrosini to‘g‘ri belgilashi, vaqti-vaqti bilan nazorat qilib turishga ham e’tibor berishi lozim.

Munosabat belgisining asosiy tarkibiga quyidagilar kiradi:
– ijrochi yoki ijrochilar familiyasi;
– qisqa ko‘rsatma – mazmuni;
– ijro muddati (zaruriyat bo‘lsa);
– rahbar imzosi (elektron raqamli imzo, QR kod);
– sana.


Ko‘p hollarda hujjatda yakka munosabat belgisi bo‘ladi. Hujjat ijrosi tartibiga yoki uning ijrochilari tarkibiga aniqlik kiritish lozim bo‘lsa, boshqa shaxslarning munosabat belgisi ham qo‘yiladi. Munosabat belgisi umumiy va aniq mazmunga ega bo‘lishi mumkin.

Umumiy munosabat belgilari:

Rahbarlik uchun inobatga olinsin.

Ijro uchun inobatga olinsin.

Ma’lumot uchun inobatga olinsin.


Aniq munosabat belgisida rahbar hujjatning mazmunidan kelib chiqib, bo‘ysunuvchi lavozimdagi shaxslarga tegishli topshiriqlar yozadi.

Ularda, odatda, lavozimlari qayd etilgani holda (kichik tashkilotlarda shart emas) aniq shaxslar ismi va familiyasi ko‘rsatiladi:

Kasaba uyushmasi qo‘mita raisi E. Zokirovga
Qo‘mita yig‘ilishida ko‘rib chiqing va shikoyatga javob xati
tayyorlang.
________________
(shaxsiy imzo, sana)


Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Jadid” gazetasining 2024-yil 25-oktyabrdagi 44-soni bilan tanishing:

📱Elektron gazeta

Akmal SAIDOV:
"Jadidlarning davlat va huquq haqidagi qarashlari"
Gulchehra UMAROVA:
"Xalqaro madaniy meros haftaligi"
Gulnoza JO‘RAYEVA:
"Saylovning aralash tizimi"
Eshqobil SHUKUR:
"Olis va yaqin xotiralar"
Muhayyo PIRNAFASOVA:
"Qaqroq cho‘lda gurkiragan gul"
O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti
To‘lqin TOJIBOYEV bilan suhbat:
"Ikki diyor farzandiman"
O‘rinboy USMON suhbatlashdi
Orziqul ERGASH:
"Tursunboyning sarguzashtlari"
Shahriyor SHAVKAT:
"Hayrat bosib kelar balandroq”
Bekzod IBRAGIMOV:
"Elbek – o‘zbek tili jonkuyari"
Umid BEKMUHAMMAD:
"Tarjimon”ning Xorazmdagi muxbirlari"
Rustambek SHAMSUTDINOV:
"Aksilinqilobchi Karim Zarifov"
Kamoliddin TO‘RAYEV:
"Ijtimoiy tarmoqdagi ro‘yo"
Elmurod NISHONOV:
"Kesatiq"
Abduvohid HAYIT:
"Xashak so‘zlar"


Jadidmedia’ga obuna bo‘ling
2
Bizni kemirguchi illatlar

Ulugʻ ma’rifatparvar Mahmudxoʻja Behbudiyning ayni shu nomdagi maqolasini avvalroq sizlarga ulashgan edik. Behbudiy hazratlari millatning toʻy-hashamga oʻchligi, bu illatning millat kelajagiga rahna solishini afsus bilan yozadi. Yuz yildan ortiq vaqt oʻtishiga qaramay, mazkur muammo haliyam kun tartibida. Lekin hozirgi gap bu haqda emas...

Batafsil...👈

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
👍8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onatilimfaxrim

"QADRING BALAND BOʻLSIN, ONA TILIM!"

O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Qurolli kuchlar akademiyasi jamoasi

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
👍4