DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.6K subscribers
10K photos
2.31K videos
15 files
6.28K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
#OnaTilim

Til — millatning faxri va g‘ururidir!


O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi xodimlari hamkorligida “Ona tilim – faxrim, g‘ururim!” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, Fanlar akademiyasi xodimi, tilshunoslar hamda vazirlik va markaz mas'ullari mamlakatimizda Davlat tili borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida o‘z ma’ruzalari va ijod namunalari bilan ishtirok etdilar.

Shuningdek, tadbirda o‘zbek tili qanchalik boy va takrorlanmas ekanligi borasida misollar keltirildi hamda davlat tilini tarannum etuvchi video roliklar namoyish etildi.

Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi.

🌐Veb-sayt| ✝️Telegram| ☮️Facebook| 💟Instagram| ☸️YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Diyor yangiliklari

21 Oktabr - "O'zbek tili bayrami kuni" munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlar

Bizni kuzatib boring:📲
Facebook | Instagram | Youtube |Telegram
#Maqola

Tilim-tilim boʻlmas tilim


Tilning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyati haqida soʻz ketganda Rasul Hamzatovning “Mening Dogʻistonim” asaridagi bir parcha yodimga kelaveradi. Oʻz yurtini tashlab, oʻzga yurtda yashayotgan rassom haqidagi hikoya juda taʼsirli bayon etilgan.

👉davomi

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#tadbir

🔰O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasida 23-oktabr kuni "21-oktabr –O‘zbek tili bayrami kuni" munosabati bilan "Ona tilim - faxrim" shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🔰Tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori A.Eminov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish direktori I.Azimovlar mehmon sifatida ishtirok etishdi.

🔰Tadbir bayramona yuqori shukuhda bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Omonat degan o‘zbekona so‘zga qalb qulog‘ini tuting. Qanchalar teran insoniy tuyg‘ular bor bu so‘zda. U mulk haqida aytilsa birovning omonati, jon haqida aytilsa Ollohning omonati. Banda uchun dunyo omonat, dunyo uchun bandaning o‘zi omonat.

E.Vohidov “So‘z latofati”


Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
211
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 211-sonini e’tiboringizga havola etamiz

1. Bobur ELMURODOV “Tajohil-ul orif” she’ri

2. Sherali JO’RAYEV “Eski do’stlar” qo’shig’i

3. Gabriel Garsiya MARKES “Buzrukning kuzi” romani

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
21- oktabr - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun

❇️
21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Farg’ona viloyati hududiy boshqarmasida “Qadring baland bo’lsin, Ona tilim” shiori ostida tadbir bo’lib o’tdi.

Kanalga ulanish https://t.iss.one/FarRaqobat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻz ona tilidan ajralmoqlik - milliy hissiyotlarni yoʻqotish natijasidir.

Alixontoʻra Sogʻuniy

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Guliston shahridagi tashqi reklama obyektlari egalari va tashqi reklama vositalarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar rasmiy ogohlantirildi

Guliston shahar hokimligi hamda viloyat Raqobatni rivojlantirish va istemolchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi tomonidan doimiy ravishda reklamalarning davlat tili qoidalariga muvofiqligini ta’minlash yuzasidan Guliston shahridagi reklama ishlab chiqaruvchi va tarqatuvchi tadbirkorlar bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Shahar hokimligi va viloyat monopoliya boshqarmasi vakolatli organ sifatida qonunchilikni qo‘llash amaliyotini to‘g‘ri tashkil qilish, sohaga oid zarur tushuntirishlar berish, qonun talablari buzilishining oldini olishda amaliy yordam berishga tayyorligini va qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan holatlar aniqlanganda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishini eslatib o‘tamiz.

Shu munosabat bilan barcha reklama vositalarini ishlab chiqaruvchi va tarqatuvchi tadbirkorlarimizga, o‘z faoliyatlarida qonuniylikni ta’minlash, shu jumladan, reklamalarni tayyorlash, tarqatish va joylashtirishda reklamaning tiliga doir qonunchilikda belgilangan talablarga qat’iy rioya qilishlari so‘raladi.

Ma’lumot uchun: noto‘g‘ri reklama berganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilmaganlik MJtKning 178-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi.

➡️ Telegram | Facebook | Instagram