DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.58K subscribers
10.2K photos
2.33K videos
15 files
6.34K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
#Ўзбек_тили_байрами

“Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” respublika tanlovi gʻoliblari taqdirlandi

 Joriy yilning 18-oktabr kuni poytaxtdagi 5-maktabda “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

😄Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mutasaddilari, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti masʼullari va oʻqituvchilar ishtirok etdi.

😎Tanlovning respublika bosqichi yakunlariga koʻra:

1-oʻringa “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” I darajali diplomi, 20 mln. soʻm pul mukofoti;

2-oʻringa “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” II darajali diplomi, Monoblok;

3-oʻringa “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” III darajali diplomi, Noutbuk topshirildi.

📌Shuningdek, tanlov ishtirokchilari turli nominatsiyalar boʻyicha ham taqdirlandi.

Xususan, tanlovning oʻzbek tili fani yoʻnalishida:

1-oʻrin – Nasiba Kubayeva, Jizzax viloyati, Zomin tumanidagi 60-maktab oʻqituvchisi,

2-oʻrin – Sarvinoz Doniyorova, Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi 13-maktab oʻqituvchisi,

3-oʻrin – Iroda Yoʻldosheva, Xorazm viloyati, Urganch shahridagi 15-maktab oʻqituvchisi,

Оna tili fani yoʻnalishi boʻyicha:

1-oʻrin – Baxodir Joʻrayev, Fargʻona viloyati, Fargʻona shagʻridagi 19-IDUM oʻqituvchisi,

2-oʻrin – Oʻgʻiloy Abduraimova, Jizzax viloyati, Jizzax shahridagi 29-maktab oʻqituvchisi

3-oʻrin – Iqboloy Yusupova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Amudaryo tumanidagi 40-maktab oʻqituvchisi gʻolib deb topildi.

Barcha g'oliblarni samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ham omad tilaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21-OKTABR - ''O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI''

To'raqo'rg'on tuman Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida "O'zbek tili bayrami" kuni munosabati bilan katta ijodiy kecha tashkillandi.

Tadbir Is'hoqxon Ibrat poyiga ehtirom sifatida uning poyiga gul qo'yish bilan boshlandi. Ijod maktabining iqtidorli o'quvchi yoshlari ona tilimiz va vatanimizni madh etuvchi she'rlar, kuy - qo'shiqlar bilan faol ishtirok etishdi. Tadbirga faxriy  va namunali Ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari hamda Manbaashunos, jurnalist Rahimjon Irisov, "O'zbekiston yozuvchilari uyushmasi" a'zosi, adabiyotshunos Muhammad Vali, "O'zbekiston yozuvchilari uyushmasi" a'zosi, shoir, publisist Sodiq Sayxunlar tashrif buyurishdi. Ular o'z nutqlarida tilimiz naqadar qadrli, mazmunga boy hamda butun dunyoda o'z o'rniga ega ekanligi, bundan keyin ham o'z qadrini yo'qotmasligi uchun hammamiz birdek mas'ul ekanimizni ta'kidlab o'tishdi.

Tadbir yakunida davlat tilini rivojlanishida o‘zining hissasini qo‘shgan ustozlar taqdirlandi.
#tadbir

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent xalqaro aeroportida bayram tadbiri o‘tkazildi.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#tanlov

“O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” Respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi hamda g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.


👉batafsil

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook