DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.61K subscribers
9.73K photos
2.26K videos
11 files
6.12K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani hokimligi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi tomonidan O‘zmilliybank tuman filialida targ‘ibot ishlari olib borildi.
Xodimlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarorining talablari hamda Ona Vatanga muhabbat va sadoqat – ona tiliga muhabbat va sadoqatdan boshlanishi to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Hujjatlar bilan ishlovchi xodimlar uchun yangi nashr etilgan “O‘zbek tilining katta imlo lug‘ati”, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitoblari ish jarayonida qo‘llash uchun tavsiya etildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV #TV

⚡️ Ona tilining jozibasi

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti dotsenti Ozoda Anorqulova hamda o’qituvchisi Shalola Erbo‘tayevalar shu mavzudagi fikrlari bilan o’rtoqlashdi

👉 https://youtu.be/3wWm58aiqyo?si=zdREGMIFSNzdnL0-

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)
Forwarded from Orif Tolib
​​“Doktor”ning oʻzbekchasi bormi?

Doktor soʻzining gʻirt oʻzbekcha varianti bor – emchi. Afsuski, tilimizda ming yildan beri yashab kelgan bu soʻz hozir foydalanishdan deyarli chiqib ketdi. U oldin faol qoʻllanganini “Ogʻriq koʻpaysa, emchi koʻpayar”, “Ogʻriqning tuzalgisi kelsa, emchi oʻz oyogʻi bilan kelar” kabi maqollardan ham bilsa boʻladi. Bugun em oʻzagidan yasalgan emdori, emlama kabi soʻzlarni ham ishlatmaymiz hisob.

Izohli lugʻat emchi soʻzini emlovchi tabib, vrach, hamshira deya izohlagan. Hech qursa, hamshira oʻrnida shu soʻzdan foydalanish mumkin. Hamshira forschadan oʻzlashgan, asliyatda birga sut emishgan degani, opa yoki singilni anglatadi. Biz bu soʻzni shifoxonada ishlovchi, oʻrta tibbiyot maʼlumotiga ega boʻlgan xodimni ifodalash uchun ishlatamiz. Lekin uni erkak kishiga nisbatan qoʻllab boʻlmaydi. Ilojsiz hamshir degan soʻz yasaladi. Tagini surishtirsangiz, oʻzbekchada bunday soʻz yoʻq. Hatto asliyatda – forschada ham davolovchi maʼnosida bunday soʻz ishlatilmaydi. Menimcha, ruscha medbrat oʻrnida emchi soʻzini bemalol qoʻllash mumkin.

Oʻzbekchada doktor soʻzi oʻrnida qadimda hakim, tabib atamalari ishlatilgan. Qiziq tomoni, arabcha hakimning kechmishi doktorga oʻxshash, u ham asliyatda bilimli kishi, tabib, faylasuf kabi maʼnolarga ega. Odatda oʻtkir tabiblar hakim deb atalgan. Podshohlarni davolovchi mutaxassislar ham hakimlar boʻlgan.

Tabib soʻzi eski tilimizda shifokorni anglatgan, ammo hozir tibbiy oʻquv yurtida oʻqimagan, bemorlarni anʼanalar va hayotiy tajriba yordamida davolovchi kishiga nisbatan qoʻllanadi. “Devonu lugʻatit turk”da tabibning oʻzbekcha variantlari bor – oʻtachi, atasagʻun.

Vrach esa ruschadan oʻzlashgan. Uning tarixi ancha qiziq. Mutaxassislar bu soʻzni врать – gapirmoq, aldamoq, avramoq feʼliga bogʻlaydi. Qadimda bu soʻzda hozirgiday salbiy maʼno boʻyogʻi boʻlmagan. Vrach kuf-suflar, afsunlar bilan kasallikni haydovchi, avroqchi maʼnosini ifodalagan. Keyinchalik uning mazmuni oʻzgargan va oliy maʼlumotli tibbiyot xodimini anglata boshlagan. Oʻzbek tiliga shu mazmuni bilan oʻtgan.

Arabcha va forscha soʻzlar qorishmasidan hosil boʻlgan shifokor esa nisbatan yangi oʻzlashmalardan, u hozirgi tilimizda umuman davolovchi maʼnosida ham, doktor va vrach maʼnosida ham ishlatiladi.

@oriftolib
👉 Toyloq tumani hokimligi tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadi.

💐 “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganligiga 35 yil to‘lishi munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” respublika tanlovining “Davlat tili ustuvorligi ta’minlangan eng namunali hudud” yo‘nalishining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash tadbiri 12-avgust kuni viloyat Axborot kutubxona markazida bo‘lib o‘tdi.
🔰 Viloyat Ishchi guruhi tomonidan tuman (shahar) hokimliklarining bu borada olib borgan ishlari samaradorligi tahlil etildi.
🔵 Natijalarga ko‘ra:
1️⃣-o‘rinni - Toyloq tumani hokimligi;
2️⃣-o‘rinni - Bulung‘ur tumani hokimligi;
3️⃣-o‘rinni - Samarqand tumani hokimligi qo‘lga kiritdi.
🟢 Tanlov nizomiga binoan Toyloq tumani hokimligi respublika bosqichida viloyat nomidan ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.
💐 G‘olib va sovrindorlar viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
#Davlat_tili

🔰Toshkent viloyatida “QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” respublika tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔰Taqdirlash marosimida Toshkent viloyati hokimining til masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Xo‘jayeva Shahnoza, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Toshkent viloyati hududiy bo‘limi rahbari Abdurashid To‘ychiyev, tuman hokimlarining til masalalari bo‘yicha maslahatchilari va qator yoshlar ishtirok etishdi.

🔰Badiiy qismdan tashqari Davlat tili qo‘llanishida nomlash xizmati va lingvistik ekspertiza masalalari hamda “Til – milliy taraqqiyot omili, davlatimiz tayanchi” mavzularida ham so‘z bordi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 189-sonini e’tiboringizga havola etamiz

1. Abdulla Oripov "Qismat" she’ri

2. Lola "Otmagay tong" qo’shig’i

3. Said Ahmad “Qorako’z majnun" hikoyasi

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Faceboo4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DIYOR YANGILIKLARI | "QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!" SHIORI OSTIDA O‘TKAZILGAN TANLOV G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

13.08.2024-YIL

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube |Admin
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 190-sonini e’tiboringizga havola etamiz

1. Abdulla Oripov "Men nechun sevaman O'zbekistonni" she’ri

2. Sevara Nazarxon "Otmagay tong" qo'shig'i

3. Abdulla Qodiriy "Uloqda" hikoyasi

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Faceboo4
#tanlov_savollar

4-savol

“Odam ush-shuuaro (shoirlar Odam Atosi)” tasviriy ifodasi qaysi shoirga nisbatan qo‘llanilgan?


⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin.

Javob yoʻllash

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook