DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.6K subscribers
10K photos
2.31K videos
15 files
6.28K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
#taqdimot

Viloyatlardagi taqdimot tadbirlari davom etmoqda
.

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Sirdaryo viloyati hokimligi bilan hamkorlikda taqdimot tadbiri o‘tkazildi.

9-iyul Guliston shahar Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

“Suralay” degan so‘z ilgari izohli lug‘atlarimizda yo‘q edi, o‘rdaklarning bir turi shunaqa atalishini bilib, uning izohi uchun ko‘p vaqt manba izladik va topdik: qarangki, To‘ra Sulaymon dostonlaridan birida suralay qayd etilgan ekan, sirdaryolik mashhur shoirning ana shu talqinini yangi 6 jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” hamda “O‘zbek tilining katta imlo lug‘ati” kitobiga kiritdik.” Yorqinjon Odilov.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#maqola

Ilgari “malika”, “saida”, hozir esa oddiy xotun. Bir so‘zning evrilish tarixi


Savol tug‘iladi: Xo‘sh, ilgari “qatun” deb faqat hukmdor oila ayollariga nisbatan aytilgan ekan, oddiy ayollar unda qanday atalgan? Yoki arab tilidan o‘zlashgan “ayol” so‘zidan oldin turkiyda bunday so‘z bo‘lmaganmi?

👉maqola

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 172-sonini e’tiboringizga havola etamiz

1. Alisher Navoiy "Ey, latofat kasbida" gʻazali

2. Ahror Usmonov “Ikki ko'z ko'r bo'lsa bo'lsin” qo’shig’i

3. Tog’ay Murod “Oydinda yurgan odamlar” qissasi

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from OYINA.UZ
#oʻzbekcha_gapiramiz

Oyina.uz” boshqa tildagi muqobili qo’llaniladigan o’zbekcha so’zlarni eslatib o’tishda davom etadi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | X | Instagram
#Davlat_tilida_ish_yuritish

HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR
(REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH


Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan joylashish tartibiga ega. Tashkiliy-farmoyish hujjatlari zaruriy qismlarining to‘liq ro‘yxati quyidagicha:

1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi.
2. Tashkilot yoki korxonaning ramziy belgisi (emblemasi).
3. Mukofot tasviri.
4. Vazirlik yoki yuqori idoraning nomi.
5. Muassasa, tashkilot yoki korxonaning nomi.
6. Tarkibiy tarmoqning nomi.
7. Aloqa muassasasining shartli raqami (indeksi), tashkilot
yoki korxona manzili, telefon raqami, faks raqami, elektron
pochta manzili, rasmiy vebsayti, bankdagi hisobraqami.
8. Matn sarlavhasi.
9. Sana.
10. Shartli raqam.
11. Keladigan hujjatlarning sanasi va shartli raqamiga havola.
12. Tuzilgan yoki nashr qilingan joyi.
13. Hujjatni oluvchi (adresat).
14. Tasdiqlash ustxati.
Hujjat turlari va xususiyatlari
15. Munosabat belgisi (rezolyutsiya).
16. Hujjat turining nomi.
17. Nazorat haqida qayd.
18. Matn.
19. Ilova mavjudligi haqidagi qayd.
20. Imzo yoki elektron raqamli imzo.
21. Kelishuv ustxati.
22. Rozilik belgisi (viza).
23. Muhr.
24. Nusxaning tasdiqlanishi haqidagi qayd.
25. Ijrochining familiyasi va telefon raqami.
26. Hujjatning bajarilganligi va uni hujjatlar yig‘majildiga
yo‘naltirilganligi haqidagi qayd.
27. Kompyuterga ko‘chirilganligi haqidagi qayd.
28. Hujjat kelib tushganligi haqida qayd.

Albatta, hujjatning har bir turi mazkur zaruriy qismlarning
barchasini o‘z ichiga olmaydi.


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep