DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.63K subscribers
9.69K photos
2.25K videos
10 files
6.09K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
#seminar

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari uchun davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#DAVLAT_TILI

🟤2024-yilning 27-iyun kuni Alfraganus universiteti rektori M.Mahmudov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori I.Azimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlarlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori A.Eminovlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🟤Uchrashuvda, kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar, yaratiladigan adabiyotlar yuzasidan qator vazifalar belgilab olindi. Alfraganus universiteti taraqqiyot strategiyasida milliy ma’naviyatimiz, ona tili va adabiyoti ta’limi va targ‘ibi borasidagi ishlar asosiy o‘rinlardan biri sanalishi, kelgusidagi hamkorlik ushbu ishlarning amaliy natijasida muhim omillardan biri bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#joy_nomlari

✔️Buxoro nomining kelib chiqishi tarixi.

✔️Markaziy Osiyodagi qadimgi shaharlardan, shu nomdagi viloyatning markazi.

✔️U shahar sifatida yangi era davridan ma’lum. VI–VIII asrlarda feodal buxarxudotlar (“buxorolik hukmdorlar”) davlatining poytaxti bo‘lgan.

👉batafsil

📖"O‘ZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUG‘ATI"

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#Maqollar_taʼrifi

Illat — yo oshda, yo moshda

Biror buzilgan ish yoki narsaning (masalan, ovqatning) bunday boʻlib qolishiga sababini bilishni istaganlarida — bu oʻsha ish yoki narsaning noqulayligi, nobopligi (masalan, masalliqning yomonligi)danmi, yoki uni pishirgan odamning epsizligidanmi, shuni aniqlamoqchi boʻlganlarida ushbu maqolni qoʻllaydilar.

Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Amaliyot: bayramlar nomi qoʻshtirnoqqa olinmaydi

“30 iyun – Yoshlar kuni” bilan samimiy tabriklayman

30 iyun – Yoshlar kuni bilan samimiy tabriklayman

Bayramlar va nishonlanadigan kunlar nomi qoʻshtirnoqqa olinmaydi.

Batafsil:
👉 Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari imlosi

@oriftolib
#bilib_oling

“Ishing o‘ngidan kelsin” – “o‘ng”ning o‘ngligi nimada?

O‘ng qo‘l, chap qo‘l deymiz. “Ishing o‘ngidan kelsin” deb niyat bildiramiz. “Bugun o‘ng yonidan turgan”, “Xudo yo‘lini o‘nglabdi” kabi iboralarni ishlatamiz. Xo‘sh, nima uchun o‘ng? O‘ngning afzalligi nimada? Nega biz o‘ng so‘zini yaxshi ko‘ramiz? Bu so‘z asli qanday ma’noni anglatadi?

Mahmud Koshg‘ariy “Devon”ida o‘ng – ong so‘zi “qulay, oson” ma’nosida izohlangan. Demak, o‘ng tomon degani aslida “qulay tomon” degani, o‘ng qo‘l ham qulay qo‘l degani. Darhaqiqat, dunyoning 95 foiz aholisiga o‘ng taraf qulay keladi.

✍️Eshqobil SHUKUR

📘“Boboso‘z izidan” kitobidan.


Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#savol

Ana-mana deguncha, kampir shaftoli yeguncha, Avazxon qo‘rg‘ondan o‘tdi.

Islom shoir. Zulfizar va Avazxon

Gapdagi ajratilgan ibora qanday ma’noda ishlatilgan?
Fikringizni ushbu manzilga yuborishingiz mumkin.

Faol ishtirokchilar sovg‘alar bilan taqdirlanadi!

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 169-sonini e’tiboringizga havola etamiz

1. Zahiriddin Muhammad Bobur “Bahor ayyomidur bu” g’azali

2.Ortiq Otajonov “Umr o’tar vaqt o’tar” qo’shig’i

3. Tog’ay Murod “Oydinda yurgan odamlar” qissasi

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from Orif Tolib
O‘zbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni 300 000 dan oshdi

May-iyun oylari davomida “WikiStipendiya” jamoaviy marafonining I turi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marafon sabab o‘zbekcha Vikipediya yana bir marrani zabt etdi.

Jamoaviy marafonga qadar o‘zbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni 260 mingga yaqin edi, musobaqa davomida maqolalar soni 300 mingdan oshdi. Bu natija orqali o‘zbekcha Vikipediya dunyo vikireytingida 40-oʻringa koʻtarildi.

@oriftolib
Forwarded from OYINA.UZ
#oʻzbekcha_gapiramiz

Oyina.uz” boshqa tildagi muqobili qo’llaniladigan o’zbekcha so’zlarni eslatib o’tishda davom etadi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | X | Instagram