DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.39K subscribers
10.5K photos
2.41K videos
16 files
6.54K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
#ilhom2024
#taqdirlash

Adiblar xiyobonida “Ilhom” mukofoti respublika tanlovining 2024-yilgi sovrindorlari tantanali taqdirlandi

Tadbirni Bosh vazir o‘rinbosari Zulayxo Mahkamova tabrik so‘zi bilan ochib, “Ilhom” mukofoti talaba-yoshlarni ilmiy izlanishlarini munosib rag‘batlantirish uchun ayni muddao ekanini ta’kidladi va g‘oliblarni tabrikladi.

So‘ng, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev so‘zga chiqib, ushbu mukofot g‘oliblarga yanada mas’uliyat yuklashini ta’kidladi va ilmiy izlanishda davom etib, yuksak marralarni zabt etishlarini tiladi.

“Ilhom” mukofoti 2024-yil g‘oliblari bilan tanishing:

🥇Shoxzodjon Otamurodov – Toshkent davlat yuridik universiteti 4-bosqich talabasi;
🥈Ruxsora Imomova – Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti;
🥉Dildora Yorbulova – Chirchiq davlat pedagogika universiteti 4-bosqich talabasi.


G‘oliblar Oliy ta’lim, va innovatsiyalar vazirligi tomonidan maxsus statuetka, diplom hamda 1-o‘rin Damas avtomobili, 2-o‘rin 30 million so‘m, 3-o‘rin 15 million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.


✔️Shuningdek, quyidagi ishtirokchilar “Ilhom” mukofotining rag’batlantiruvchi mukofotlari bilan taqdirlandi:


↪️Sarvinoz Ahmedova – Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi;
↪️“Ogahiyshunoslar” ijodiy jamoasi – Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
↪️Behruz Qo‘ziboyev – Toshkent davlat transport universiteti talabasi;
↪️Ahmadjon Muxtorjonov – Namangan muhandislik-qurilish instituti talabasi;
↪️Yahyo Kamolov – Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursanti;
↪️Gullola To‘ymurodova – Toshkent davlat pedagogika universitet talabasi.

Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
👍2
#savol

Onasi doshchirog‘ining g‘ira-shira yorug‘ida go‘sht deb, suv to‘la qozonga
dasmolni solib, moshxo‘rdani pishiribdi.
(Komil Avaz, Sozanda).

Gapdagi dasmol so‘zi qanday ma’noda ishlatilgan?
Fikringizni ushbu manzilga yuborishingiz mumkin.

Faol ishtirokchilar sovg‘alar bilan taqdirlanadi!

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
👍5
🔰Abdulla Qahhor o‘gitlari

❗️Ko‘pso‘zlilik yolg‘onning yuzini pardozlash uchun kerak. Haqiqat shunday jononki, pardoz uning husnini buzadi.

👉davomi

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
👍14
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 160-sonini e’tiboringizga havola etamiz.


1. Muhammad Fuzuliy “Etmasmidim” g’azali
2.Botir Zokirov "Ra’no” qo'shig'i
3. Tog’ay Murod “Oydinda yurgan odamlar” qissasi

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Davlat_tili

🔰G‘oliblarga sovg‘alar to‘plami topshirilib kelinmoqda.

🔰Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda “Oriat Dono” (106.5) radiokanali bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan “TAVAKKAL” loyihasi haftaning har dushanba kuni 8:00 dan 9:00 gacha efirga uzatiladi.

🔰Ushbu loyihada siz ham ishtirok eting hamda Davlat tili bo‘yicha bilimlaringizni sinab, sovg‘alarni qo‘lga kiriting!

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
👍5🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

🔰"Gidir" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z taʼrifi"

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
👍4
Imloviy jihatdan toʻgʻri yozilgan soʻzni belgilang
Anonymous Quiz
37%
Qo'msamoq
63%
Qumsamoq
👍2
#maqola

TOG‘A

❗️Bilasizmi, o‘zbek tilida qarindoshlikni bildiruvchi so‘zlarning ko‘pligi so‘zlovchi uchun ancha qulaylik tug‘diradi. Deylik, birgina “tog‘a” deyish bilan gap onaning aka-ukasi yo ona tomondan erkak qarindosh haqida ekanligi anglashiladi.

❗️Ota qarindoshlarni esa “amaki” deymiz. Ingliz, fransuz, rus va hokazo tillarda bu qulaylik yo‘q, ya’ni ularda “tog‘a” va “amaki” bir so‘z bilan ifodalanadi (ingliz: “uncle”; fransuz: “oncle”; rus: “dyadya”).

👉Maqolaning_davomi

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
👏5
#jarayon

"Davlat tili haqida"gi qonun ijrosi amalda.


Peshku tumanida tashqi reklama va yozuvlarni tartibga keltirish ishlari davom ettirilmoqda.

👉davomi

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#savol

– Vey, har kuni ov-ku, – dedi kampiri.
– Ana, Bo‘rijarga tushing. Choshgohgacha tomosha ko‘rasiz… Vey, odamlar-e,
ayov nimaligini bilmaydi-ya.

Sh.Xolmirzayev, Ozodlik.


Gapdagi ayov so‘zi qanday ma’noda ishlatilgan?
Fikringizni ushbu manzilga yuborishingiz mumkin.

Faol ishtirokchilar sovg‘alar bilan taqdirlanadi!

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#jarayon

Toshkent shahri Bektemir tumanidagi Mirishkor mahallasi hududida o’rnatilgan noqonuniy reklama bannerlari ishchi guruh tomonidan o‘rnatilgan joyidan olib tashlandi.

Tadbirkorlarimizga “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘gʻrisida”gi qonunlarimizning mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Reklamalar Vazirlar Mahkamasining 104-sonli qarori talablari bo‘yicha o‘rnatilishi lozimligi ta’kidlandi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
🔥3