DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.57K subscribers
10.1K photos
2.31K videos
15 files
6.29K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
#anjuman #turkiy_tillar

🔰2024-yilning 11-12-may kunlari “Global integratsiya sharoitida turkiy tillar taraqqiyoti: muammo va vazifalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.


🔰Anjuman hozirgi turkiy adabiy tillarining rivojlanishi, qardosh tillar fonetikasi, alifbo va imlo masalalari, turkiy tillar kompyuter lingvistikasi, turkiy tillar shevalarining mushtarakligi, ularning lug‘at tarkibi va sohaviy terminologiyasi kabi masalalarni o‘rganish va chuqurroq tahlil qilish, ushbu yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashish, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Taqdimot

🔰Viloyatlardagi taqdimot tadbirlari davom etmoqda


🔰Bugun, 13-may kuni Urganch davlat universitetida O‘zbek lug‘atshunosligiga oid kitoblar taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu taqdimotni O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani D.G’ayipov ochib berdi.

🔰Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg’armasi mutaxassislari G.To‘ychiyeva, D.Yusupova, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi O.Azizova, hamda Xorazm viloyati hokimi maslahatchisi R.Xudayberganov, “Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi mudiri A.Primov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari O‘. Begimovlar ishtirok etib, mazkur lug’atlar yuzasidan ma’ruzalar qilishdi.

Tadbirda "O‘zbek tilining izohli lug‘ati" (VI jildlik) va boshqa sohaga doir adabiyotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
REKLAMA, TASHQI YOZUVLAR, PESHLAVHALAR DAVLAT TILIDA VA AMALDAGI TARTIBGA MOS BO'LISHI NAZORATDA

Namangan viloyatida “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to’g’risida”gi Qonun ijrosini ta'minlash va Kosonsoy tumanida tashqi rеklama sohasidagi faoliyatni tartibga solish borasida ishlar amalga oshirilmoqda.

Xuddi shu maqsadda tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan tuman markazi hududida  faoliyat yuritayotgan  tadbirkorlar bilan tashqi yozuv, lavha, e'lon, va boshqa ko'rgazmali axborot matnlarini davlat tilida bo'lishini ta'minlash bo'yicha suhbat o'tkazildi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep