DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.65K subscribers
9.68K photos
2.25K videos
10 files
6.08K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
Bugun tuman prokurori,
2-sektor rahbari G‘.Abdurahmonov boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan Ravonak mahallasidagi markaziy ko‘chada “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga rioya etilish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida belgilanmagan joylarga o‘rnatilgan, davlat tilida bo‘lmagan va shaharsozlik qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan barcha tashqi reklama vositalari joyida bartaraf etildi.

Kanalga qo‘shiling:👇
Veb-sayt | Telegram | Facebook
Zamzama nima?

Hech soʻz ishlatmay qoʻshiq aytganmisiz? Odatda gʻoʻngʻillab, burun bilan aytiladi. Yo soʻz oʻrniga tushunarsiz, lekin ohangli tovushlar ishlatib kuylash mumkin. Ana shu zamzama boʻladi.

Zamzama sekin, past ovoz bilan kuylangan qoʻshiqni va xirgoyini ham anglatadi. Koʻchma maʼnoda esa imo-ishora, shama, gʻoʻngʻillab gapirish mazmunida qoʻllanadi.

@oriftolib
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf

ONA TILIM

✍️ Muhammad Yusuf she'ri

🎙Behzod Muhammadkarimov ijrosida


Bizning manzil
:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Audio
#Nodir_ovozlar
  
“Nodir ovozlar” loyihasining 150-soni O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlanandi.

1. "Izhori dil" she'ri. Muhammad Yusuf
2. "Ulug‘imsan, Vatanim" qo‘shig‘i. Sevara Nazarxon
3. Muhammad Yusuf ijodiga nazar


Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Yashil_makon #Davlat_tili

🌱Mamlakatimizda "Yashil makon" umummilliy loyihasi hayotga izchil tatbiq etilmoqda.

🌱Ushbu loyiha yuzasidan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan Toshkent shahar va Sergeli tumani hokimliklari hamkorligida 28-aprel Sergeli tumani Xontepa mahallasida "O‘ZBEK TILI" bog‘ini yaratish maqsadida hashar uyushtirildi.

🌱Hasharda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, vazirlik, idora va tashkilotlar, shahar va tuman hokimlarining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etishdi.

🌱Departament mudiri yig‘ilganlarni daraxt ekish va obodonlashtirish ishlarida uyushqoqlik bilan ishtirok etishga chorladi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

🌱Yangi yaratilayotgan yashil makonga "O‘zbek tili bog‘i" nomini berish taklifi etildi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
MARG‘ILONDA DAVLAT TILI BO‘YICHA HOKIM MASLAHATCHILARI ISHTIROKIDA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
  
2024-yil 27-aprel kuni Marg‘ilon shahar hokimligi faollar zalida "Geografik obyektlarga nom berish hamda komissiyalar faoliyatini tizimli tashkil etish" mavzusida seminar tashkil qilindi.

Seminar jarayonida geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlar ijrosi bo‘yicha bir qator mas’ullar tomonidan ma’ruzalar qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar belgilab olindi.

Seminarda Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi S.Tongotarova, Davlat kadastrlari palatasi Respublika toponimika xizmati boshqarmasi yetakchi mutaxassisi D.Qodirov, shuningdek, tuman va shahar hokimlarining maslahatchilari hamda Marg‘ilon shahridagi MFY raislari qatnashdilar.