DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.45K subscribers
10.4K photos
2.38K videos
15 files
6.47K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
Davlat tilining mavqeini ko‘tarish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda

➡️ Mirobod tumanida o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotidagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son Farmoniga muvofiq keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan “Davlat tili to‘g‘risida”gi hamda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonunchilik ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bosh mutaxassisi G.Tuychiyeva, Toshkent shahar hokimining maslahatchisi A.Ro‘zitoyev, Mirobod tumani hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Umarovalar ishtirokida maxsus ishchi guruh shakllantirilib, Mirobod tumani hokimligi, shuningdek, 110-sonli DIUM hamda №389 DMTTlardagi holatlar o‘rganildi.

❗️ O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 143-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Baxt haqida ballada" she'ri. Usmon Azim
2. "Umr bahori" qo‘shig‘i. Nasiba Abdullayeva
3. "Gang daryosining qizi" dramasi. Robindranat Thokur

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
HAYIT [a.– bayram, tantana]

1 din. Musulmonlarning bir yilda ikki marta – hijriy zulhijja oyi, ya’ni qurbon oyining o‘ninchi kuni hamda hijriy ramazon oyi tugashi bilan ertasiga, ya’ni shavvol oyining birinchi kuni bo‘ladigan diniy bayrami.

To‘y tegishliniki, hayit barchaniki. Maqol.

Qurbon hayiti (yoki Katta hayit) Musulmonlarning hijriy zulhijja oyi, ya’ni qurbon oyining o‘ninchi kuni bo‘ladigan diniy bayrami.

Qurbon hayiti arafasida qishloqi murid Tillaboy yana bir qo‘y keltirib tashladi. P.Tursun, O‘qituvchi.

Ramazon hayiti (yoki Kichik hayit) Musulmonlarning hijriy ramazon
oyi tugashi bilan ertasiga, ya’ni shavvol oyining birinchi kuni bo‘ladigan diniy bayrami.

Buning ustiga kichik hayitning bahor fasliga to‘g‘ri kelgani nur [ustiga] a’lo nur bo‘ldi. Mirmuhsin, Me’mor.

2 etn. Vafotiga yil to‘lmagan kishini hayit kunlari yo‘qlab aza tutish, eslash marosimi; ma’raka.

Onasining hayiti yaqinlashgan kunlar edi. Hademay akasining hayiti ham keladi.


3 ko‘chma Biror muvaffaqiyat, g‘alaba munosabati bilan bo‘ladigan umumiy shodlik, bayram.

-Echkiga jon qayg‘usi, qassobga moy qayg‘usi. Men nima g‘amda-yu, sizga hayit ekan-da? – dedi Akmal Qudratga. J.Abdullaxonov, Yo‘l.

4 Hayit (erkaklar va xotin-qizlar ismi).

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dan

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#Amir_Temur

BUGUN AMIR TEMUR TAVALLUDIGA 688-YIL TOʻLDI

▪️Buyuk sarkarda 1336-yilning 9-aprel sanasida Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xoʻja Ilgʻor (Yakkabogʻ) qishlogʻida tavallud topgan.

Oradan 7 asr oʻtibdi hamki, Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari, uning dovrugʻi, xarbiy salohiyati hanuz avlodlarga oʻrnak boʻlib kelmoqda.

▪️Sohibqiron urushlarda magʻlubiyatga uchramagan sarkarda sifatida tarixga kirdi. Amir Temur davlat tuzilishi ishlariga, ilm-fan, maʼrifat, madaniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan siyosiy arbob.

▪️“Kuch – adolatda” shiori bugun biz, vorislar uchun ham dasturul amal boʻlmogʻi lozim.


Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Davlat_tili

🔰2020-yil 10-aprel-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  tomonidan «O‘zbek tili kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonun imzolangan kun.

🔰Ushbu qonunda 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi va shu yildan buyon bayram sifatida nishonlab kelinmoqda.

🔰Shu munosabat bilan bugun "O‘zbektelekom" AKda O‘zbek tili taraqqiyoti va rivojiga bag‘ishlangani davra suhbati o‘tkazildi.

🔰Suhbatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov, "O‘zbektelekom" AK markaziy apparati hamda tarkibidagi filial xodimlari ishtirok etishdi.

🔰Kompaniya kutubxonasiga Jamg‘arma tomonidan chop ettirilgan kitoblar taqdim etildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
Hurmatli fuqarolar!

Bektemir tumanidagi ayrim geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash uchun ovoz berishda ishtirok eting!

Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga Bektemir tumani hokimligining tuman hududidagi ayrim geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha takliflari kelib tushgan.

Toshkent shahar hokimligi, “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-1-moddasiga muvofiq,  mahalliy aholining fikrini o‘rganish maqsadida poytaxt aholisini Bektemir tumanidagi ayrim geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash yuzasidan o‘z fikrini https://geonom.tashkent.uz saytida ovoz berish yo‘li bilan bildirishga taklif etadi.
Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi:

Og‘zaki ravishda: +998-71-210-04-13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00-dan 17:00-gacha) murojaat qilish orqali;

Yozma: 100060, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov shohko‘chasi, 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;

Elektron shaklda: [email protected]  elektron pochtasiga xat yuborish yo‘li bilan.

Mahalliy aholi ovoz berish jarayonida joriy yilning 13-aprel kunidan 27-aprel kuniga qadar qatnashishi mumkin.
#jarayon

Noqonuniy o'rnatilgan reklama qurilmalari bartaraf etilmoqda


Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tadbirkorlik subyektlari tomonidan chiqarilgan tashqi reklama vositalarining qonunga mosligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi qonuni hamda  O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasi talablariga javob bermaydigan reklama vositalari noqonuniy deb topilib olib tashlash choralari ko'rildi.

Eslatma o‘rnida:
Hurmatli tadbirkorlar!

O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi qonunida tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzganlik bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep