DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.63K subscribers
9.72K photos
2.26K videos
10 files
6.11K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
Ommaviy diktantlar davom etmoqda

O‘zbek tilining davlat tili sifatida nufuzi va mavqeini tubdan takomillashtirish maqsadida Qo‘shtepa hamda Bag‘dod tumanlarida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan rahbarlar ishtirokida navbatdagi ommaviy diktant yozish tadbiri o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbirlarda Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi S.Tongotarova tomonidan so‘nggi yillarda o‘zbek tilining davlat tili sifatida nufuzini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda alifbo islohotlari masalasi haqida ma'lumotlar berildi.

Ushbu tadbirni tashkillashdan ko‘zlangan asosiy maqsad barcha darajadagi davlat xizmatchilarining yozma savodxonligini rivojlantirish hamda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini to‘laqonli amaliyotga tatbiq etishdan iboratdir.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Maqollar_taʼrifi

Toʻyga borsang toʻyib bor, yomonliging qoʻyib bor

Bu nasihat shaklidagi maqolning maʼnosi quyidagicha: jamoat yigʻiladigan joyga — toʻyga, mehmondorchilikka “almoyi-aljoyi” boʻlib borma, durustroq kiyimingni kiyib bor; jamoat yigʻilgan joyda yomonlik qilma, nihoyatda odob saqla; toʻy-ziyofatda ovqatni boʻkkuningcha orqa-oʻngingga qaramay yema.

Boshqa shakllari:
• Toʻyga borsang toʻyib bor, toʻrqa toʻning kiyib bor (*toʻrqa — shoyi matodan tikilgan).
• Toʻyga borsang burun bor, burun borsang oʻrin bor.
• Toʻyga borsang toʻyib bor, boʻz xaltangni qoʻyib bor.

Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
28-dekabr - O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavallud topgan kun.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Mirzolar – Mishaga aylangan yillar,
Suvonlar – Sashaga aylangan yillar,
Alisher – Alikka, Kamol – Kolyaga,
Muattar – Mashaga aylangan yillar,
Men sizdan o‘kinib yashayman, xalqim.

Gulchehra ismini "Gulya "deganlar,
Zulxumor, Zumradni "Zulya" deganlar,
Rosmana nomini aytsang ortingdan,
"Madaniyatsiz bo‘lmay, o‘l-e", deganlar,
Men sizdan o‘kinib yashayman, xalqim.

"Borya" yozganlardan Bobur xafadir,
"Tolya" yozganlardan Temur xafadir,
"Fedya "yozganlardan Farhod ko‘ngli g‘ash,
Qolganidan yana kimdir xafadir,
Men sizdan o‘kinib yashayman, xalqim...


✍️O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 95-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov she'rlari
2. "O‘n sakkizga kirmagan kim bor" qo‘shig‘i. Faxriddin Umarov (E.Vohidov so‘zi)
3. "Odamiylik qissasi" asari. Mirzakalon Ismoiliy

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onatilimfaxrim

🌿“Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”
Abdulla Avloniy

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Maqollar_taʼrifi

Novvoy chaqirishga ham kekirdak kerak

Oʻtmishda shaharlarning bozorlarida novvoylar non solingan savatni boshlariga qoʻyib, tumonat odam orasida baland ovoz bilan: “Issiq non, shirmoy non!” — degancha nonlarini maqtab oʻtaverganlar. Olomon ichida, olagʻovurda ketayotgan novvoyning nonidan olishni istagan odam “Novvoy, hoy novvoy!”, deb unga tovush yetkazishi uchun uni baland ovoz bilan chaqirishi, yaʼni “kekirdak choʻzishi” kerak boʻlardi. Shu holat misolga olib aytilgan “Novvoy chaqirishga ham kekirdak kerak” maqolini majozan bu ishni qilish oson emas, koʻp kuch sarflash kerak boʻladi, degan maʼnoda qoʻllaydilar.

Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatidan

https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Imloviy jihatdan toʻgʻri yozilganini belgilang
Anonymous Quiz
32%
Mediamahsulot
68%
Media mahsulot
#bilib_oling

ERОVUL
– Оtliq rаzvеdkаchi, lаshkаrning оldingi qismlаridаn ilgаri bоruvchi оtliq аskаr.

🔰O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dan

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 96-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Ota yurt" she'ri. Zebo Mirzo
2. "Assalom" qo‘shig‘i. Estrada yulduzlari
3. "Odamiylik qissasi" asari. Mirzakalon Ismoiliy

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim

O‘zbek tilini o‘rganayotgan turli millat vakillari

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

✔️ERRАYIM – Tеkin dаrоmаddаn bоsаr-tusаrini bilmаy qоlgаn yoki o‘zgаlаrning mulki, bоyligi ustidаn kаttаkоnlik qiluvchi оdаm; zo‘rаvоn; vаllаmаt.

Ikkitа errаyimning lunjigа tugun sоlish bilаn оvоrа bo‘lib qоldik... Ikkаlаsi hаm хo‘jаyin, butun Pаrхоnаdа nоm chiqаrgаn zo‘rаvоnlаr edi... “Sharq yulduzi”.

Yallаchilikning pulidаn erginаmiz Rаhmаt hоji bunchalik errаyim bo‘lib yuribdi.
G‘.G‘ulоm, Shum bоlа.

🔰
O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dan

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zni belgilang
Anonymous Quiz
47%
Tanavvul
53%
Tanovul
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 97-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Derazamga uriladi qor" she'ri. Rauf Parfi
2. "Xush kelibsiz" qo‘shig‘i. Halima Nosirova
3. "Odamiylik qissasi" asari. Mirzakalon Ismoiliy

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#jarayon

📝Reklama to‘g‘risidagi qonunning ijrosini ta'minlash maqsadida, Qo‘shko‘pir - Shovot yo‘nalishi bo‘yicha o‘rganish olib borildi.
O‘rganishlar davomida, eskirgan, krilda, xato bilan va rus tilida yozilgan peshlavhalarning holati o‘rganilib, kamchiliklar joyida hal qilindi hamda ayrimlariga tushuntirishlar berildi hamda ogohlantirish xati berilib, muddat belgilandi.


✔️O‘rganishlar davom etadi. Zero, tashqi reklama vositalari ma'naviyatimizni aks ettiruvchi vositadir.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook