DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.62K subscribers
9.71K photos
2.26K videos
10 files
6.1K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
#seminar

🔰Joriy yilning 15-sentabrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasida “O‘zbek tilini chuqur o‘rgatish muammolariga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar va lug‘atlar yaratish bo‘yicha” respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

🔰Tadbirda Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri N.XOLBO‘TAEV, O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, f.f.d., prof. N.MAHMUDOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi I.SULTONOV hamda professor-olimlar, soha vakillari ishtirok etishdi.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
📌Bugun Tuproqqal'a tumani hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi a'zolari ishtirokida Muhabbat mahallasi hududidagi targ‘ibot vositalarining holati o‘rganildi va kamchiliklar joyida bartaraf etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-avgustdagi “Davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash masalalari to‘g‘risida”gi 80/122-sonli Rayosat bayoni va viloyat hokimining 2023-yil 9-sentabrdagi 59-sonli bayoni hamda viloyat hokimligining 2023-yil 13-sentabrdagi 02-19/3955-sonli xatining ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari, xo‘jalik birlashmalari, idoralar va tashkilotlarda o‘rganish ishlari olib borilishi yuzasidan grafik hamda ishchi guruhi tarkibi tuzilganligini ma’lum qilamiz.

Kanalga ulanish 👉   https://t.iss.one/dtrdep
#jarayon

Peshlavha va boshqa yozuvlarning davlat tiliga moslik darajasi o‘rganildi.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
#savollar ⚠️Tanlov davom etadi! 6-savol Oyoq yuzasining baland (do‘ng) joyi o'zbek tilida nima deb ataladi? ⚠️Javobingizni ushbu botga yo'llashingiz mumkin. 📌Kirill yozuvida yo'llangan javoblar inobatga olinmaydi. Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep…
#javoblar

✔️6-savolning javobi:

✔️ Oyoq yuzasining baland (do‘ng) joyi “BEBILCHAK” deb ataladi.

Tufli bebilchagimni siqyapti.
Daho yonboshlamish ko‘yi otasi chap oyog‘i panjalariga qaradi, bebilchagiga qaradi, tovoniga qaradi...
T.Murod, Momo yer qo‘shig‘i. "O'zbek tilining izohli lug'ati"

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from Orif Tolib
Shoirning onasi

Ona kelib olis qishloqdan,
O‘g‘li bilan yashay boshladi.
Va dasturxon yozilgan choqda
Shirmoy nonning chetin tishladi.

Yuvib berdi bir bozor kirni,
Suvlar quydi so‘lgan gullarga.
Nevaralar bog‘chadan qaytgach,
Ertak aytib berdi ularga.

Ammo tunlar xona burchida
Suygan o‘g‘li pichir-pichirlab
She’r yozgan payt tutun ichida
O‘tirardi yurak hovuchlab,

O‘tirardi xavotir bilan,
Qo‘rqar edi nafas olishga.
Xurrak tortib qo‘ymayin deya
Bosh qo‘yardi tongda bolishga.

Ammo bir kun mazasi qochib,
Ko‘z oldida yorug‘lik so‘ndi.
Qo‘llaridan tushib ketdi-yu,
Chil-chil bo‘lib piyola sindi.

O‘sha zahot hushiga qaytdi,
Chayqalardi o‘ngida olam.
U yugurib chiqqan o‘g‘liga
Shivirladi: “Ketaymi, bolam?”

Xurshid Davron

#Sheʼriy_lahza

@oriftolib
Audio
#Nodir_ovozlar
  
“Nodir ovozlar” loyihasining 34-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Eski shahar" she'ri. Xurshid Davron
2. "Sen bo‘lmasang yonimda" qo‘shig‘i. Milena Madmusayeva
3. "Farzandnoma" asari. Obiddin Mahmudov

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_sizni_eshitamiz_loyihasi

📺 REKLAMA BOZORINI RIVOJLANTIRISHNING YANGI BOSQICHLARI

🏢 Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan joriy qilingan "Biz sizni eshitamiz" loyihasi doirasida davra suhbati o‘tkazildi.

N.Jonuzoq:
Tadbirkorlar bilan yuzma-yuz kelib do‘stona muhitni yaratib, bugun mamlakatimizda reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablari va buni amalga oshirish jarayonida faqat rasmiy talab emas, balki shu yurtning bir fuqarosi sifatida vatanparvarlikdan kelib chiqib, qonunlarga, qadriyatlarga hurmatdan kelib chiqib yondoshish zarurligini gaplashib oldik
.

Kanalga ulanish 👉
https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook