DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.56K subscribers
9.81K photos
2.26K videos
13 files
6.16K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
⚠️O‘zbekistonda barcha import qiluvchilar mahsulot maʼlumotlarini o‘zbek tilida ko‘rsatishlari shart

O‘zbekiston hukumati Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lishga urunishlari ortidan normativ-huquqiy hujjatlarni JST qoidalariga muvofiqlashtirish maqsadida o‘zgartirishlar kiritdi. Shunga doir qaror bilan O‘zbekistonda barcha import qiluvchilar mahsulot maʼlumotlarini lotin alifbosidan foydalangan holda o‘zbek tilida ko‘rsatishlari shart, etib belgilandi.

Yaʼni Hukumat qaroriga ko‘ra, davlat tilida markirovka qilinishi shart bo‘lgan import qilinadigan isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchining vakolatli shaxsi va import qiluvchilar tomonidan ham amalga oshirilishi belgilandi (ilgari faqat ishlab chiqaruvchi tomonidan edi).

Mazkur qaror 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Ijro

Qashqadaryo viloyati hokimi maslahatchisi Z.Aminova, davlat tilida ish yuritish va malaka oshirish markazi hududiy bo'linma rahbari E.Tursaxatov, markaz xodimi F.Toshtemirov navbatdagi oʻrganish va nazorat tadbirlarini Nishon va Qarshi tumanlarida olib borishdi.

Mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi hamda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik, tashqi yozuvlarni joylashtirish tartibi, davlat tili meʼyorlariga amal qilish hamda ish hujjatlarini lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida boʻlishi yuzasidan ta'lim sohasi va hokimlik xodimlari bilan muloqotlar oʻtkazildi.

O'zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida” va “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunlarning ijrosini taʼminlash, sohaga oid huquqiy hujjatlarga amal qilinishi boʻyicha zarur tavsiya va koʻrsatmalar berildi. Xodimlarni malaka oshirish kurslarida oʻqishining ahamiyati tushuntirildi.

Bu kabi tadbirlar tizimli asosda davom ettirilmoqda.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 18-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. "Toshkent xomasi" she'ri. Iqbol Mirzo
2. "Toshkent" qo‘shig‘i. Dildora Niyozova
3. "Farzandnoma" asari. Obiddin Mahmudov


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘gʻrisida”gi va “Reklama haqida”gi  Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan tasdiqlangan 2023-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, shuningdek sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil
25-avgust kuni Taxiatosh tuman "Sarayko`l" OFYda farmon ijrosi o‘rganildi.
Shuningdek ularning hududida o‘rnatilgan tashqi yozuvlar, peshlavhalar, e’lonlar, reklama va ko‘rgazmali axborot matnlarining davlat tiliga yоki boshqa tillarda ko‘rsatilgan nomlari monitoringi olib borildi.
O‘rganish natijasida aniqlangan xato kamchiliklar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

@Taxiatosh-tumani
#loyiha

🔰O‘zbek tili ixlosmandlariga bepul tаhrirlovchi.uz loyihasi taqdim qilindi

🔰2023-yil 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan “O‘zbektelekom” AKning “Buxoro” majlislar zalida tаhrirlovchi. uz loyihasi hamda “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati”ning taqdimoti o‘tkazildi.

🔰Tadbir avvalida so‘zga chiqqan Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri N.Xolbo‘tayev bugungi kunda mamlakatimizda davlat tilida ish yuritishni yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

🔰Tizimga “O‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘ati”dan o‘rin olgan 25 000dan ortiq so‘z va “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga kiritilgan 80 000dan ortiq so‘z va so‘z birikmalari kiritildi.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook