BMBA Farg‘ona viloyati bo‘limi
968 subscribers
2.99K photos
389 videos
143 files
3.32K links
Бу ерда Билим ва малакаларни баҳолаш агентлиги ва Билим ва малакаларни баҳолаш агентлигининг Фарғона вилояти бўлими томонидан бериб бориладиган янгиликлар билан танишиб боришингиз мумкин.
Download Telegram
Akademik va harbiy-akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tdi

👍 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari huzuridagi akademik litseylar, “Temurbeklar maktabi”, Jaloliddin Manguberdi nomidagi, “Yosh chegarachilar” hamda Ichki ishlar vazirligi tizimidagi harbiy-akademik litseylarga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 24–25-iyul kunlari o‘tkazildi.

✍️ Test sinovlari ikki smenada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida maxsus jihozlangan katta sig‘imli binolarda tashkil etildi.

🧑‍🎓 Test sinovlarida 57 ming nafardan ortiq talabgor ishtirok etdi.

🧾 Test sinovi tartib-qoidalarini buzgani uchun 27 nafar talabgor jarayondan chetlatildi.

📲 Natijalar belgilangan tartibda hisoblanib, tegishli vazirlik va idoralarga taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov2025 #Abituriyent2025

Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi


Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.

💻 Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.

🧑‍🎓 Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.

Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.

Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.

📱 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.

🖥 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.

✒️ Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.

✍️ Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

👍 Bilimni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Bakalavr_kvota_kunduzgi_2025.pdf
15.2 MB
#Kvota #Bakalavr #Kunduzgi #Qabul2025

Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti

2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Bakalavr_kvota_kechki_2025.pdf
12.3 MB
#Kvota #Bakalavr #Kechki #Qabul2025

Kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti

2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KECHKI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Bakalavr_kvota_masofaviy_2025.pdf
11 MB
#Kvota #Bakalavr #Masofaviy #Qabul2025

Masofaviy ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti

2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining MASOFAVIY ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Maqsadli_qabul_maktab_kvota_2025.pdf
10.7 MB
#MaqsadliKvota #Bakalavr #MaktabTaʼlimi #Qabul2025

Maktab ta’limi sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida maktab ta’limi sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti tasdiqlandi (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Maqsadli_qabul_tibbiyot_kvota_2025.pdf
11.8 MB
#MaqsadliKvota #Bakalavr #SogʻliqniSaqlash #Qabul2025

Sog‘liqni saqlash sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti tasdiqlandi (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Maqsadli_qabul_san'at_kvota_2025.pdf
9.3 MB
#MaqsadliKvota #Bakalavr #Sanʼat #Qabul2025

San’at sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sanʼat sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan teatrlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va teatrlar kesimida) tasdiqlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
5yil_ish_staji_xotin_qizlar_kvota_2025.pdf
9.9 MB
#ImtiyozliKvota #Qabul2025

⚡️Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha
qabul parametrlarining OTMlar kesimidagi taqsimoti

Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Nogironligi_bor_fuqarolar_uchun2_foizli_grant_2025.pdf
10.3 MB
#ImtiyozliKvota #Qabul2025

⚡️Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 2 %li qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun respublika bo‘yicha jami 3 907 ta qo‘shimcha davlat granti kvotasi ajratildi.

▪️Ta’lim shakllari kesimida:

➡️ kunduzgi
ta’lim shakli uchun – 2 968 ta;
➡️ kechki ta’lim shakli uchun – 575 ta;
➡️ masofaviy ta’lim shakli uchun – 364 ta.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2025 #Oʻtish_bali

⚡️2025/2026-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida minimal oʻtish bali o‘zgarishsiz qoldi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %), to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
SOS_kvota_1foizli_grant_2025.pdf
10.4 MB
#QoʻshimchaKvota #Qabul2025 #grant #1_foizli

⚡️Mehribonlik uyi va bolalar shaharchalarining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha kvota


Mehribonlik uylari, kichik hajmli bolalar uylari, bolalar shaharchalari, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylarining bitiruvchilari bo‘lgan, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar hamda ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi, bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi sababli ota-ona yoki yolg‘iz ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, shuningdek, topib olingan, ota-onasi noma’lum bo‘lgan bolalar hamda nikohda bo‘lmagan onaning vafot etganligi natijasida boquvchisiz qolgan bolalar uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

▪️ Jami: 1 953 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:

kunduzgi1 484 ta;
kechki287 ta;
masofaviy182 ta.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Qurolli_kuchlar_5foizli_KUNDUZGI_KECHKI_MASOFAVIY_2025.pdf
13.2 MB
#Qabul2025 #QoʻshimchaKvota #QurolliKuchlar

⚡️Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha 5 %li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha besh foizli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 9 766 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:

➡️ kunduzgi7420 ta (grant - 1 775 ta, to‘lov-kontrakt - 5 645);
➡️ kechki1 436 ta (to‘lov-kontrakt);
➡️ masofaviy910 ta (to‘lov-kontrakt).

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Выбор высших образовательных учреждений и направлений образования

Смотреть на YouTube (в формате HD)

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#qabul2025 #kvota #xotin_qizlar #4_foiz

Joriy yil xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qo‘shimcha 4 000 ta davlat granti ajratildi (o‘tgan yili 2000 ta edi)

Quyida ushbu qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti:

Unga ko‘ra:

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 284;
📍Andijon viloyati – 312;
📍Buxoro viloyati – 180;
📍Jizzax viloyati – 233;
📍Qashqadaryo viloyati – 337;
📍Navoiy viloyati – 196;
📍Namangan viloyati – 382;
📍Samarqand viloyati – 508;
📍Surxondaryo viloyati – 318;
📍Sirdaryo viloyati – 140;
📍Toshkent viloyati – 218;
📍Farg‘ona viloyati – 529;
📍Xorazm viloyati – 275;
📍Toshkent shahri – 88.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
2025/2026-oʻquv yilida yangi tashkil etilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi (rasm)

#Qabul2025 #Yangi_yoʻnalishlar

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
📢 NAVBATDAGI SAT IMTIHONI UCHUN RO‘YXATDAN O‘TISH BOSHLANDI!

🌟 2025-yil 23-avgust sanasiga mo‘ljallangan imtihon uchun barcha joylar to‘ldi! Ammo xavotirga o‘rin yo‘q — navbatdagi imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

📌 YAQINLASHAYOTGAN IMTIHON SANASI:

🗓 2025-yil 13-sentyabr

📍 Imtihon o‘tkaziladigan hududlar:
1. Farg‘ona
2. Namangan

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun manzil:
👉 USTIGA BOSING

📞 Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:

📱 (95) 515-68-68

📨 Telegram: @IlmiyMarkazUz

✍️ Barchangizga SAT imtihonida ulkan omad tilaymiz!

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30-iyul – Xalqlar doʻstligi kuni

🇺🇿 Yurtimizda bugungi kunda 130 dan ortiq millat va elat vakillari, 16 ta diniy konfessiya namoyandalari doʻstlik, totuvlik va oʻzaro hurmat muhitida yashab kelmoqda.

🤝 “Xalqlar doʻstligi kuni” sifatida 30-iyul sanasining eʼlon qilinishi – Oʻzbekistonda millatlararo totuvlik, tinchlik va bagʻrikenglikka berilayotgan yuksak e’tibor ifodasidir.

📚 Bilim va malakalarni baholash agentligi ham oʻz faoliyatida koʻpmillatli jamiyat tamoyillariga tayangan holda adolatli va teng imkoniyatli test sinovlarini tashkil etmoqda.

Jumladan, test topshiriqlari 7 ta tilda – oʻzbek, qoraqalpoq, rus, tojik, qozoq, qirgʻiz va turkman tillarida shakllantiriladi. Bu har bir abituriyentga oʻz ona tilida bilimini adolatli namoyish etish imkonini beradi.

🏛 Milliy madaniy markazlar, “Doʻstlik uylari” va ijtimoiy tuzilmalar orqali millatlararo muloqot va hamjihatlik doimiy ravishda mustahkamlanmoqda.

👍 Agentlik bundan keyin ham har bir insonning millati, tili va eʼtiqodidan qat’i nazar, bilimini baholashda tenglik va adolat tamoyillariga qat’iy amal qiladi.

Xalqlar doʻstligi kuni – doʻstlik, birdamlik va bagʻrikenglik ramzidir!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tanlov ustuvorligi
#abituriyent #test2025

Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bilan birga tanlov ustuvorligini ham belgilaydi.

Bunda 2 ta tanlov ustuvorligi mavjud bo‘lib, abituriyent ustuvorlik sifatida:

“Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

“Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.


Abituriyentga:

tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining istalgan biriga davlat granti asosida o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Davlat granti” ustuvorligini;

davlat granti yoki to‘lov-kontrakt bo‘lishidan qat’iy nazar birinchi tanlagan yo‘nalishlariga o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorligini tanlash maqsadga muvofiq.

❗️ Tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo‘ling.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM