DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI
679 subscribers
1.5K photos
111 videos
10 files
636 links
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazining rasmiy sahifasi.


Telefon: +998 99 728 29 00
Takliflar uchun: @muhammadaziz_omonov
Download Telegram
Navoiydan tabarruk zar, gavharim,
Qoshg‘ariydan qolgan durdona tilim!
O‘zbekning o‘ziday jafokash, haqgo‘y,
Donishim, latifim, mardona tilim!

Bugun, Qo'qon shahridagi Buyuk allomalar muzeyida o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan "Qadring baland bo'lsin, ona tilim" shiori ostida ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.

Anjumanda keng jamoatchilik vakillari, adabiyot shaydolari, talaba-yoshlar, tuman (shahar) hokimlarining maslahatchilari, Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbarlari hamda Qo'qon pedagogika institutining professor, dotsent va katta o‘qituvchilari qatnashdilar.

Shuningdek, tadbirda Davlat tilini rivojlantirish departamenti mas'ul xodimi Z.Ro'ziyev hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori I.Azimovlar ishtirok etdilar.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasida “O‘zbek tilini chuqur o‘rgatish muammolariga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar va lug‘atlar yaratish bo‘yicha” respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

Batafsil...

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
"Zamonaviy o‘zbek tili" jurnalining 1-soni nashr etildi.

O‘qish uchun bu yerga bosing...👈

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
Bloknot, nota va notarius

Bloknot
oʻzbekchaga rus tilidan kirgan, ruschaga fransuz tilidan. U yon daftarchani bildiradi.

Nota musiqada tovushning shartli grafik belgisidir. U tovushning oʻzini ham, maxsus belgilar bilan yozilgan musiqa asari matnini ham anglatadi.

Notarius esa yuridik hujjatlar bilan shugʻullanuvchi mutaxassis.

Bu uch soʻz bir-biridan uzoq maʼnolarni anglatsa-da, ularning zamirida oʻzak maʼno – yozish, qayd qilish bilan aloqa saqlanib qolgan. Uchala coʻz lotincha nota – belgi, nishon, qayd soʻzidan oʻsib chiqqan.

Nota lotincha gnoscere – bilmoq, tanimoq soʻziga, u esa qadimgi hind-yevropa tilidagi gnō – bilmoq oʻzagiga borib taqaladi. Bu oʻzakdan agnost, gnom, diagnoz, diagnostika, prognoz kabi soʻzlar ham hosil boʻlgan.
@oriftolib
Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
Forwarded from Daryo | Rasmiy kanal
Toshkentdagi reklama obyektlarining qanchasi noqonuniy joylashtirilgani aniqlandi

Reklamalarning davlat tilida bo‘lishini ta’minlash yuzasidan monitoring ham o‘tkazildi.

Batafsil — https://dy.uz/WcIcp

📱Yangilangan mobil ilova 👉 iOS | Android
#etimologiya

ICHKARI ‘ich tomonda joylashgan’. Ichkari xonada mehmonlar o‘tirishibdi. Bu so‘z qadimgi turkiy tilda ich otiga jo‘nalish kelishigining qadimgi –karo‘ qo‘shimchasini qo‘shimchasini qo‘shib hosil qilingan. Keyinchalik bu kelishik shakli iste’moldan chiqqan va bu so‘z yaxlit sifatga aylangan. O‘zbek tilida so‘z oxiridagi o‘ unlisi i unlisiga alamashgan: ich+karo‘= ichkaro‘ > ichkari.

Ma'lumotlar Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan olindi.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Samarqand viloyati hududiy bo'linmasi rahbari, filologiya fanlari doktori, Abdiyev Murodqosim Bolbekovich Qirg'iziston Respublikasida o'tkazilayotgan "Turkiy tilli xalqlarning xalqaro til forumi"da ishtirok etmoqda.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube