DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI
673 subscribers
1.5K photos
112 videos
10 files
637 links
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazining rasmiy sahifasi.


Telefon: +998 99 728 29 00
Takliflar uchun: @muhammadaziz_omonov
Download Telegram
#hamkorlik

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Markaz rahbar-xodimlari va Oliy va o'rta maxsus taʼlim vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jamoldinova Odinaxon Rasulovna ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbek tilini davlat tili sifatidagi mavqeyini oshirish, mamlakatimizda lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy qilish hamda davlat tilida ish yuritish borasida Markaz va uning hududiy bo'linmalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar e'tirof etildi. Qo'lga kiritilgan yutuqlar sarhisob qilindi. Markaz va uning Buxoro viloyati hududiy bo'linmasi vazirlikning faxriy yorlig'i bilan taqdirlandi. Vazirlik hamda Markaz tomonidan bu boradagi amaliy ishlar muntazam davom ettirilishi ta'kidlab o'tildi.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
#Ona_tilim

⚠️Millat tili rivoji uchun biz nima qildik? (Isyon).

🍂 Dildagi gaplar!

❗️ Jadidlar xalqi, tili va millat oʻzligi uchun boshini "kunda"ga qoʻygan bir millat farzandi sifatida biz shunchaki ularga xiyonat qilmoqdamiz!

❗️Siz kim boʻlipsizki xalqaro daraja uchun milliy tilimizni qoʻshqoʻllab sarmoya uchun tikasiz?

❗️Til poydevori uchun bir choʻp qoʻya olmayapgan bir paytimizda til rivoji uchun ter toʻkayotganlarning gʻoʻriga gʻish tahlashga haqqimiz bormikin!

❗️Bizning ajdodlarimizning kitob va bilimlaridan dunyo foydalanayotgan xalq sifatida, tilimizni xalqaro til darajasiga koʻtarish haqida gap ketganda ensasi qotadigan darajaga yettikmi?

❗️Qachondan boshlab til muayyan bir tashkilotning yoki shaxsning mulki boʻlib qoldi faqat ulardan talab qilamiz!

❗️Qonunlarni muddao qilasiz lekin oʻzingiz xavfsizlik kamarini yechib ulovda yurasiz. Oʻzingiz tashabbus, namuna koʻrsating.

❗️Imloviy xatolarga yoʻl qoʻymang, soʻzlarni oʻzbekcha muqobilidan foydalaning va albatta lotinga butunlay oʻting! (Xattoki shaxsiy sahifasingizda ham)

❗️Faqat internet degan narsani ortiga yashirinib, millat tilidan oʻz foydangiz, obunachilaringizni koʻpaytirish uchun foydalanmang!

❗️Ayni payt tilimiz uchun eng ogʻir payt chunki biz oʻzgadan emas oʻzimizdan himoya qiladigan davrga kelib qoldik!

⚠️ Yagona millat tili uchun aravani har tarafdan tortishni toʻxtatib, kamarbasta boʻlish payti keldi!
(✍️ Tilimiz jonkuyarlaridan)

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
#oʻzbekchasi_bor

Oʻz tilingizni qanchalik yaxshi bilasiz?

Marhamat, bilimingizni sinab koʻring: javobni yashirin jumlani ochishdan oldin topishga harakat qiling.

«Плинтус» oʻzbek tilida chaspak deyiladi.

@mening_tilim
Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilasizmi
Is so‘zining qanday ma'nolari bor?

IS
I ‘tutun’, ‘dud’. Xazon yoqqan edim hovli isga to‘ldi. Qadimgi turkiy tilda ham shunday ma’noni anglatgan bu ot i:sh tarzida talaffuz qilingan (Девон, I, 73, ДС, 220); o‘sha davrlardayoq sh undoshi s undoshiga almashgn (ЭСТЯ, I, 380), o‘zbek tilida i: unlisining qattiqlik belgisi yo‘qolgan.

IS II ‘tutun yoki chang sababli hosil bo‘ladigan ipir-ipir yopishqoq narsa’ . Yozgi oshxonaning shipidan islar osilib turibdi. Bu Is I otidan ma’no taraqqiyoti natijasida ajralib chiqqan: ‘tutun’ ‘odatda tutun bilan bog֥‘liq holda yuzaga keladigan narsa’

IS III ‘yoqimli hid’, ‘bo‘y’. Uyni handalak isi tutdi. Bu ot qadimgi turkiy turkiy tilda yi:s shaklga ega bo‘lib, eski o‘zbek tilida y undoshi talaffuz qilinmay qo‘ygan (КРС, 304; ТРС, 281), hozirgi o‘zbek adabiy tilida i: unlisining cho‘ziqlik belgisi yo‘qolib bormoqda.

Ma'lumotlar Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan olindi.

Bizning manzil:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
Alifboni isloh qilish payti kelmadimi?

🖋Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-sonli Farmoni hamda mazkur farmon bilan tasdiqlangan “2020–2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2020-2022-yillarda amalga oshirish dasturi”da “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini, imlo qoidalarini yanada takomillashtirish va yangi yozuvga toʻliq oʻtishni ta’minlash” vazifasi qoʻyilgan. Mazkur farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 61-sonli qarorda ham “lotin yozuvidagi oʻzbek alifbosining yangi tahriri asosida “Oʻzbek tilining imlo qoidalari” ni tasdiqlash boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqarish” belgilab qoʻyilgan.

🔰Mazkur topshiriq ijrosi boʻyicha Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti rahbarligidagi ishchi guruh koʻpchilik tomonidan ma’qullangan alifbo loyihasini ishlab chiqdi, yangi tahrirdagi alifbo loyihasi 2021-yilning mart oyida keng xalq muhokamasiga qoʻyildi. Vaqt kam berilgan degan e’tirozlar inobatga olinib, noyabr oyigacha choʻzib berildi. Mana shu jarayonda tilimizga befarq boʻlmagan vatandoshlarimiz oʻz fikrlarini, takliflarini bildirishdi. Alifbodagi shakliy oʻzgartirilishi tavsiya qilinayotgan harflar, ularning oʻzgartirish zarurati haqida juda koʻp mutaxassislar fikr bildirishdi, doʻstimiz, kun.uz muxbiri Ilyos Safarov “Alifbo islohoti haqida 10 ta xato fikr” mavzusida video orqali keng jamoatchilikka ma’lumot berdi (2021-yil 3-dekabr). Albatta, bulardan barchamiz xabardormiz. Departament tomonidan alifbodagi oʻzgarishlar natijasida yuzaga keladigan sarf-xarajatlar boʻyicha tahliliy ma’lumotlar ham tayyorlandi. “Juda katta pul mablagʻlari sarflanar ekan” kabi e’tirozlar ham boʻldi. Bir muddat oʻtib bu mavzu kun tartibidan tushdi. “Alifbo islohi boʻladimi?” degan savol hamon ochiq qolib kelmoqda.

🟢 Yangi O‘zbekiston sharoitida zamonaviy talablarga javob beradigan ixcham davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish, qaror qabul qilish va masalani ko‘rib chiqish jarayonlarini soddalashtirish orqali davlat organlari rahbarlarining mas’uliyatini oshirish hamda ular faoliyatini natijadorlikka yo‘naltirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʻzbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi farmonini imzolandi, shu asosda Vazirlar Mahkamasining yangi ijro etuvchi tuzilmasini e’lon qilindi. Vazirlik, idoralar qoʻshilib, qayta shakllanayotgan ayni shu jarayonda alifbodagi oʻzgarishlarni ham amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz, chunki juda katta tizim tashkilotlari boʻlgan vazirliklar qayta shakllanyapti. Ikkinchidan, farmonda hamda hukumat qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosi kechikib boʻlsa ham ta’minlangan boʻladi. Qolaversa, mutaxassislar tomonidan haqli e’tirozlarga sabab boʻlayotgan “Oʻzbek tilining imlo qoidalari”ni qayta ishlab chiqish ham aynan alifbo islohotiga bogʻliq boʻlib turibdi.

✔️ Yaqinda boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Senatining oʻttiz oltinchi yalpi majlisida soʻzga chiqqan senator Baxtiyor Sayfullayev ham alifboni isloh qilish masalasini koʻtardi. Demak, muammoning dolzarbligini senatorlar ham tushunib yetgan. Quyi palata deputatlaridan ham mazkur masala boʻyicha faol boʻlishlarini soʻrab qolgan boʻlar edik, chunki ona tilimiz rivoji uchun hammamiz birdek mas’ulmiz. Siz nima deysiz, aziz vatandoshim?!

✍️ Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazi direktori, f.f.n., dots. Azimov Inomjon Mamasodiqovich

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
Isiriq so‘zining etimologiyasini bilasizmi?

ISIRIQ ‘ko‘p yillik dorivor o‘t’. Qir yonbag‘rlarida isiriq ko‘p o‘sadi. Bu ot qadimgi turkiy tildagi ‘hid tarat–’ ma’nosoni anglatgan is– fe’lining –(i)r orttirma qo‘shimchasi bilan hosil qilingan shaklidan –(i)q qo‘shimchasi bilan yasalgan. (is– + ir= isir–) + iq = isiriq.

Ma'lumotlar Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan olindi.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
#bilasizmi

Mevalarning bandi, ya’ni “dumcha” si “SAVAQ” deb yuritiladi. Olma savag‘idan uzilar (Maqol).

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar! Bugun barcha qatori men ham Prezidentimizning murojaatini ko‘rdim. Taassurotlarim yuqori darajada. Ijtimoiy davlat qurish yo‘lida keng qamrovli rejalar, amaliy loyihalar, dolzarb masalalar qamrab olingan. Ayniqsa, ikkita…
🆎 Lotin yozuviga o‘tishga qilgan da'vatlarimiz samarasi o‘laroq, huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning @xushnudbek.uz rasmiy telegram kanali ham lotin yozuvida faoliyat yurita boshladi. Bunda, albatta, kuzatuvchilarning fikri e'tiborga olingani tahsinga loyiq.

🔰 Biz esa targ‘ib qilishda davom etamiz, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p kuzatuvchilarga ega bo‘lgan barcha blogerlar lotin yozuviga o‘tishi kerak. Bu harakatlari bilan ular ham davlat tiliga e'tiborsiz emasliklarini ko‘rsatgan bo‘ladilar!

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
SENATORLAR LOTIN ALIFBOSI BO‘YICHA MALAKA OSHIRISHNI BOSHLADILAR

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING "LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBEK ALIFBOSIGA BOSQICHMA-BOSQICH TO‘LIQ O‘TISHNI TA’MINLASH CHORA-TADBIRLARI TO’G‘RISIDA" gi 61-son qarori
ijrosi asosida Oliy Majlis Senati (yuqori palata) senatorlari, mas'ul xodimlaridan iborat guruh lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi, "O‘zbek adabiy tili me'yorlari va davlat tilida ish yuritish" kursi bo‘yicha malaka oshirishni boshladilar.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

🔰Taniqli shoir Eshqobil Shukur "O‘TINCH" so‘zining kelib chiqish tarixi haqida hikoya qiladi.

📺 "Bobo so‘z"

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#bilasizmi

ISKABTOPAR ‘chivinga o‘xshash chaqadigan xasharot’. Qorong‘i tushishi bilan iskabtoparlar tinchlik bermaydi. Bu ot o‘zbek tilida Iskäb tapädi gapi tarkibidagi –di tuslovchisini tashlab, –ä zamon yasovchisini –(ä)r sifatdosh yasovchisiga almashtirib so‘ngra bir so‘zga birlashtirib hosil qilingan.

Ma'lumotlar Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan olindi.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
Forwarded from Orif Tolib
​​“Tiyrak” nima degani?

Shu soʻzning maʼnosini yanglish tushunish koʻp uchraydi. Baʼzilar uni yoshi ulugʻ, nuroniy mazmunida bilsa, boshqalar mulohazakor, teran fikrli anglamida fahmlaydi.

Tiyrak soʻzi oʻzbek tilida uch xil maʼnoda qoʻllanadi:

1️⃣ Bir yerda tinch turmaydigan, gʻayrati ichiga sigʻmaydigan; serharakat. Bu maʼnoda asosan bolalar va oʻsmirlarga nisbatan ishlatiladi:
Tiyrak bir bola armiyadan kecha qaytgan mezbonning yoniga oʻtirib, medalni havas bilan tomosha qila boshladi.
N. Safarov, “Toshga bitilgan xat”.

2️⃣ Bardam, tetik, baquvvat.

Saksonlardan oʻtgan, lekin tiyrak chol.

3️⃣ Ziyrak, hushyor.

Sochlari duv oqargan, ammo koʻz qarashlari tiyrak doktor opa har kuni Sherzoddan qandoq ovqatlanganini.. soʻraydi.
Oʻ. Hoshimov, “Nur borki, soya bor”.

Tiyrak tortmoq iborasi tetiklanmoq, jonlanmoq, kuch-quvvat olmoq maʼnosiga ega:

Baxmaldek yumshoq, chinni ovozidek jarangdor bu kulgidan allanechuk jonlanib, tiyrak tortadi.
N. Norqobilov, “Bekatdagi oq uycha”.

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 “Dilgir” nima degani?
🔹 Siyqasi chiqdi: “siyqa” nima?
🔹 Ismi sharif: “sharif” nima?
🔹 Vallomat kim?
🔹 “Ayolgʻu” nima degani?

@oriftolib
​​#Maqola

🔰Til haqida nutq
Abdulla QAHHOR

🔰O‘zbek tili g‘oyat boy, nihoyat chiroyli, har qanday fikr va tuyg‘uni ifoda qilishga qodir ekanini amalda ko‘rsatinglar; qayerda va qanday sharoitda ishlamanglar, til madaniyatimizning mash’ali bo‘linglar!
Men bu gapni tilimizning boyligiga daxl qiladigan, husn-latofatini buzadigan, tilimizni tahqir qilishga qaratilgan qiliqlarga barham berish maqsadidagina aytayotganim yo‘q. Bu gapning faqat tilimizgagina emas, tuzumimizga ham aloqasi bor.

🔰Men bundan bir necha yil muqaddam Hindistonga borganimda bir o‘zbek uchrab qoldi. O‘sha o‘zbek Hindistonga uch yasharligida borib qolgan bo‘lsa ham o‘z ona tilisini yo‘qotmagan ekan. Shu odam mendan: “O‘zbekistonda hozir ham o‘zbek tili bormi?” deb so‘rab qoldi. Bu savol menga g‘alati tuyuldi: bu odam begona ellarda yurib o‘zbek tilini yo‘qotmapti-yu, nima uchun o‘zbek xalqi o‘z milliy respublikasida o‘z tilini yo‘qotishi kerak? Men tushuntirdim. O‘zbekistonda o‘zbek tili borgina emas, bu tilda million-million nusxa gazeta-jurnallar, kitoblar nashr etiladi, teatrlar yashab-yashnab turibdi, dedim. Keyinchalik bilsam, Hindiston respublika bo‘lishidan oldin mustamlakachilar hind xalqining qulog‘iga quygan ekan: “Bolshevizm milliy madaniyatning ofati, bolshevizm qadam bosgan joyda har qanday milliy urf-u odat, milliy madaniyat, jumladan, til ham barbod bo‘ladi, butkul yo‘qoladi”, degan ekan!

🔰Shundan keyin bir narsa e’tiborimni o‘ziga tortdi: ko‘zimiz, qulog‘imiz o‘rganib qolgan, lekin o‘shanday tuhmatlarga oziq bo‘ladigan hodisalar hayotimizda mavjud ekan.

1. Ko‘pincha oilalarda bolalar o‘z ona tilisini mutlaqo bilmaydi! Bu ota-onani zarracha ham tashvishga solmaydi.

2. Ba’zi bir oilalarda bolalar o‘z ona tilisida gapirgani nomus qiladi.

Ba’zi odamlar shuni internatsionalizm deyishadi. Buning nimasi internatsionalizm?!

🔰“O‘zbek tili baribir yo‘qolib ketadi, konstitutsiyadan o‘zbek tili – davlat tili degan gapni chiqarib tashlash kerak”, degan tovushlar sovet kishilarining tovushi emas, imperializmning shaltaq propagandasiga oziq beradigan ig‘vogarlarning tovushidir!

👉Batafsil

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 03- martdagi 117-sonli qarorida davlat xizmatchilarini rasmiy hujjat hamda ularni yozish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilim, ko‘nikma va mahoratlarini uzluksiz oshirib borish bilan bir qatorda, keng aholini yozma va og‘zaki savodxonligini oshirib borish vazifalari ham belgilab berilgan. Mazkur Qaror ijrosini taʼminlash borasida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining Surxondaryo hududiy bo‘linmasida 2022-yilning 21-noyabridan 21-dekabriga qadar Termiz shahar aholisi vakillaridan 22 nafari “O‘zbek adabiy tilining yozma va og‘zaki nutq meʼyorlari” o‘quv kursiga bepul o‘qitilib, tegishli milliy sertifikatlarga ega bo‘lishdilar. Tinglovchilar sertifikatlar, shuningdek bo‘linmaning tashakkurnomalari bilan ham taqdirlandilar.

Kanalga ulanish:@DTIYu_surxon