DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI
667 subscribers
1.47K photos
109 videos
10 files
626 links
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazining rasmiy sahifasi.


Telefon: +998 99 728 29 00
Takliflar uchun: @muhammadaziz_omonov
Download Telegram
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 368-son qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash va ularga sertifikat berish Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi tomonidan amalga oshiriladi. Bugun Markaz va uning hududiy bo‘linmalarida talabgorlar uchun imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Unda fuqaroligi yo‘q 38 nafar talabgorlar ishtirok etdi.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
Qoʻshni Qirgʻiziston va Qozogʻistondagi umumta’lim maktablari oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchilari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030 strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-sonli Farmonining 102-bandi hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2024-yil 22-iyuldagi 77-sonli bayoni 7-ilovasi bilan tasdiqlangan Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2024-yil II yarim yillik ish rejasi 10-bandida “Xorijiy mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zbek tili o‘qituvchilarining masofaviy shaklda malakasini oshirish, ularga uslubiy yordam berish tizimini yo‘lga qo‘yish” vazifasi qoʻyilgan.

Batafsil...
👈

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
Xorijiy mamalakatlarning oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish kursi haqida

Navbatdagi o‘quv kursida Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Pokiston, Qozog‘iston  respublikasi oliy ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar... Batafsil👈


Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
O‘zga millat vakillari uchun o‘zbek tili kurslari ...

O‘zbek tilida gapirishni, yozishni va o‘zbek madaniyati bilan tanishishni xohlovchi yurtdoshlarimiz va xorijliklar o‘zbek tilini o‘rganmoqdalar.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
“Davlat tili va taraqqiyoti: muammo va yechimlar” mavzusidagi IV respublika an’anaviy ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plamining to‘liq shakli e’lon qilindi.

Yuklab olish👈

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligi ramzi – jonajon bayrog‘imiz mangu hilpirasin!

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
Qoraqalpog‘istondagi OTMlar orasida ommaviy diktant tanlovi bo‘lib o‘tdi.

1-dekabr Qoraqalpoq tili bayrami munosabati bilan 2024-yil 26-noyabr kuni Qoraqalpoq davlat universitetida Qoraqalpog‘istondagi OTMlar orasida ommaviy diktant tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda Qoraqalpoq davlat universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o’qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov hamda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminovlar Davlat tilida ish yuritish asoslarini o’qitish va malaka oshirish markazi Qoraqalpog’iston hududiy bo’linmasi tinglovchilari bilan uchrashdilar.

1-dekabr – qoraqalpoq tili bayrami kuni arafasida ushbu bayram bilan barcha qoraqalpoq xalqini tabrikladilar. Shuningdek, mutasaddilar darslar sifati, ustozlarning kasbiy mahorati, o’quv kursi bo’yicha tinglovchilar taassurotlarini ham tinglab o‘tdilar.

Kurs yakuni bo’yicha faol tinglovchilar rag’batlantirilib «Davlat tilida ish yuritish» kitoblari taqdim etildi.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube