DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI
669 subscribers
1.47K photos
109 videos
10 files
626 links
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazining rasmiy sahifasi.


Telefon: +998 99 728 29 00
Takliflar uchun: @muhammadaziz_omonov
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xabar

🖍 "Oʻzga millat vakillari uchun o‘zbek tilini o‘rganish bepul kurslari ochayotganimiz haqida e’lon qoʻygan edim.

Qiziquvchilar juda koʻp ekan, qoʻngʻiroqlar tinmayapti... Hozircha 6 ta guruh tashkil qilindi.

Bir tinglovchimizning gapi menga juda yoqdi: "Oʻzbekistonda shuncha yil yashab oʻzbek tilini oʻrganmanimdan uyaldim".

Inomjon Azimov,
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori

📽Lavhani o‘zbek tilida tomosha qiling.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
#Jarayon

Adiblar xiyobonida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

2024-yil 11-oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan tashkil etilgan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” tanlovining respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi hamda vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻisidagi qonun hujjatlariga riоуа etilishini ta’minlash mаsаlаlаri boʻyicha maslahatchilari uchun Respublika seminari tashkil etildi.

Erta tongdan tadbir tashkilotchilari tomonidan Adiblar xiyobonida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy poyiga gul qo‘yish marosimi tashkil etildi. Adiblar xiyobonidagi gul qo‘yish marosimi adabiy suhbatga aylanib ketdi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#seminar

Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilar uchun Respublika seminari tashkil etildi.

Bunda vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimlarining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etdi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#Tanlov

“Qadring baland boʻlsin, ona tilim” 
tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi
.

Bu yilgi tanlovda:

-davlat tili ustuvorligi ta'minlangan eng namunali hudud (tuman va shahar hokimliklari);

-davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim:(vazirlik, idora, xo'jalik birlashmalari) yoʻnalishida tashkil etildi.

Marosimda soʻzga chiqqanlar ushbu tanlov oʻzbek tilining nufuzi va mavqeyini oshirishda oʻziga xos oʻrin tutib kelayotganini ta’kidladilar.

👉batafsil

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
DIQQAT, E’LON! || Ommaviy diktant aksiyasi

🇺🇿O‘zbekiston kelajagi savodxon yoshlar qo‘lida
🇺🇿

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining hamkorligida o‘zbek tiliga nisbatan milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida 2024-yil 16-oktabr kuni soat 11:00 da oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi va “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Ommaviy diktant” aksiyasi o‘tkaziladi.

Batafsil ... 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasidan...

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
Bugun oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi va “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Ommaviy diktant” aksiyasi o‘tkazildi.

Batafsil...👈

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube