DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI
660 subscribers
1.49K photos
110 videos
10 files
631 links
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazining rasmiy sahifasi.


Telefon: +998 99 728 29 00
Takliflar uchun: @muhammadaziz_omonov
Download Telegram
Farg‘onada koreyalik professor o‘qituvchilarga sertifikatlar topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabr kunidagi PF-5850-son farmoni ijrosi yuzasidan Farg‘ona shahridagi KIUF universitetining professor o‘qituvchilari ishtirokida an’anaviy shaklda “O‘zbek tili” kursi tashkil qilingan edi.

Unda tinglovchilar 4 oy davomida maxsus dastur asosida o‘zbek madaniyatidan xabardor bo‘lish hamda o‘zbek tilining boshlang‘ich va o‘rta darajasini egallashga oid bilimlarini oshirdilar.

Bugun ushbu jarayonlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan koreyalik professor o‘qituvchilarga B2, B1, A2 darajadagi sertifikatlar topshirildi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi S.Tongotarova, Farg‘ona shahar hokimining maslahatchisi F.Mamajonov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Farg‘ona hududiy bo‘linmasi rahbari N.Qo‘ldoshev, Farg‘ona davlat universiteti mas’ul xodimi E.O‘rinboyevalar ishtirok etdilar.
X XALQARO TURK TILI QURULTOYIDAN...

Qurultoy shu'balarida ustoz olimlarimiz ma'ruzalari tinglandi. Xususan, I.Azimov Jadid ma'rifatparvarlari tomonidan arab yozuvining isloh qilinishi sabablari, lotin yozuviga o'tish jarayonida yaratilgan alifbo loyihalari xususida ma'ruza qildi. Professor Nizomiddin Mahmudov, Zilola Xudoyberganovalarning qiziqarli ma'ruzalari, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori A.Eminovning qurultoy qatnashchilariga tabrik so'zlarini tinglandi.

Bundan tashqari, ustozlar Anqara Hoji Bayram Vali universitetida bo‘ldilar. O’zbek adabiyotini turk kitobxonlariga tanishtirayotgan Vali Savash, Zaynobiddin Abdurashidov faoliyat ko’rsatayotgan fakultetga tashrif buyurib u yerdagi ilmiy muhit bilan tanishdilar, tajriba almashdilar. Universitet rahbariyati bilan uchrashuvda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari o‘rinbosari B.Shukurov taklifi asosida tashkil etilgan O’zbek tili, adabiyoti va madaniyati markazi xonasi bilan ham tanishdilar.

Safar davomida Anqarada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Talabalar bilan birgalikda milliy taomimiz bo‘lgan osh tayyorlanib, "Bir piyola choy ustida" qiziqarli suhbat tashkil etildi.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
Prezident yurtimizdagi ustozlarni bayram bilan tabrikladi

"Avvalo o‘qituvchining o‘zi huquqiy, ijtimoiy va moliyaviy tomondan himoya qilingan va yetarli ta’minlangan bo‘lishi kerak"


"Ta’lim – sohalar ichida eng dolzarbi, maktab – eng muhimi bo‘lsa, o‘qituvchilik kasblar orasida eng ulug‘idir. Men sizlarni juda hurmat qilaman"

"O‘qituvchi kasbini jamiyatdagi eng obro‘li ishga aylantirish mening necha yillik orzuim, kerak bo‘lsa, armonim edi"Prezident


Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube