DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI
688 subscribers
1.49K photos
110 videos
10 files
634 links
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazining rasmiy sahifasi.


Telefon: +998 99 728 29 00
Takliflar uchun: @muhammadaziz_omonov
Download Telegram
Farg‘onada koreyalik professor o‘qituvchilarga sertifikatlar topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabr kunidagi PF-5850-son farmoni ijrosi yuzasidan Farg‘ona shahridagi KIUF universitetining professor o‘qituvchilari ishtirokida an’anaviy shaklda “O‘zbek tili” kursi tashkil qilingan edi.

Unda tinglovchilar 4 oy davomida maxsus dastur asosida o‘zbek madaniyatidan xabardor bo‘lish hamda o‘zbek tilining boshlang‘ich va o‘rta darajasini egallashga oid bilimlarini oshirdilar.

Bugun ushbu jarayonlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan koreyalik professor o‘qituvchilarga B2, B1, A2 darajadagi sertifikatlar topshirildi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi S.Tongotarova, Farg‘ona shahar hokimining maslahatchisi F.Mamajonov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Farg‘ona hududiy bo‘linmasi rahbari N.Qo‘ldoshev, Farg‘ona davlat universiteti mas’ul xodimi E.O‘rinboyevalar ishtirok etdilar.