DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI
668 subscribers
1.5K photos
112 videos
11 files
638 links
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazining rasmiy sahifasi.


Telefon: +998 99 728 29 00
Takliflar uchun: @muhammadaziz_omonov
Download Telegram
Yurtdoshimiz Ravshan Abdulla o‘zining feysbuk sahifasida davlat tilining o‘rnini hayotiy misollar bilan tushuntirib beribdi.

Quyida uning fikrlarini o‘zgartirishsiz keltiramiz:

Так, давайте ещё раз про язык!
Да, я узбекистанец/узбек и я говорю на русском языке. И пишу тоже на русском.
Но это не мешает мне утверждать что:
1) В Узбекистане обслуживание в сфере услуг должно по умолчанию начинаться на УЗБЕКСКОМ языке. Если ОБА участника диалога (клиент и оператор) хотят - они могут перейти на любой другой язык, в том числе и русский. Но начинаться обслуживание должно на узбекском! Узбек не должен в Узбекистане просить чтоб его обслужили на родном языке.
2) Обучение во ВСЕХ государственных учреждениях должно проходить НА УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКЕ. Если кто-то хочет отдать ребенка в частный детский сад/школу/и т.д., где будут вести преподавание на другом языке - пожалуйста, но государство не должно это финансировать. Разумеется если это решат проспонсировать, это не избавит их детей от обязательного экзамена на знания УЗБЕКСКОГО языка (который был принят еще 1989 году).
3) Весь документооборот от частного до судейского должен вестись только на узбекском языке. Нужен любой другой - заказывайте нотариальный перевод.
4) Я не обязан говорить на узбекском языке, а мой собеседник - на русском. Я могу без проблем говорить на русском языке и слушать ответ на узбекском. Или перейти на узбекский в любом диалоге - это не проблема. Это вопрос взаимоуважения. К тому же я всегда рад услышать литературный узбекский язык.
Это не делает меня меньше или больше узбекистанцем, чем мой собеседник.
Антон Чехов говорил, что сколько человек знает языков, столько раз он человек. И с этим трудно не согласиться.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🙏 Tashqi yozuvlarda qonun talablariga nega
amal qilinmayapti?


#milliytiklanish #fraksiya #muhokama

🖥 MTDP | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli ayol-qizlarimiz, aziz ustozlar!
Muhtarama onaxonlar, munis opa-singillar!

Sizlarni go‘zallik bayrami 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi jamoasi samimiy muborakbod etadi!

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka tilaymiz.

Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.

Sizlarni va sizlar orqali yurtimizdagi barcha xotin-qizlarni, dilbar ayollarimizni yana bir bor go‘zallik va nafosat bayrami bilan chin qalbimdan tabriklaymiz.


Doimo, yuzingizdan tabassum, qalbingizdan shodu-xurramlik arimasin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
Andijon viloyati hokimligida tuman hokimlarining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son, 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 117-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida o‘quv seminari o‘tkazildi.

O‘quv seminari davomida viloyat kesimidagi tashkilot rahbar-xodimlarini “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” o‘quv kursiga jalb qilish, ularni sifatli o‘qitish masalalari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar berildi.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
Bugun tug‘ilgan kun

💐 14-mart Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari, iste'dodli shoir va jurnalist Nodirjon Xolboʻtayev tavallud topgan kun.

💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan dilkash, samimiy, oʻz kasbining fidoyisi boʻlmish Nodirjon Xolboʻtayevga uzoq umr tilagan holda, Davlat tilini rivojlantirish departamenti xodimlari, barcha davlat tashkilotlari rahbarlari, qolaversa, hokimlarning maʻnaviy-maʻrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʻminlash masalalari boʻyicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.

💐Nodirjon Xolboʻtayevga mustahkam sog'lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy va ijodiy ishlarida yuksak zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Vaqti_keldi

⚠️ Davlat tilimizdagi muammolar har joyda, har doim aytib oʻtiladi, yechimga kelganda juda kam gapiramiz.

⚠️ Ishoning! Takrorlab aytamiz ISHONING yechim oʻzimizda.

⚠️ Rahbar Qodir akamiz oʻz xodimlaridan oʻzga tilda hamda kirill yozuvida maʼlumot talab qilmasa.

⚠️ Kompyuterchi Qobil akamiz buyurtmachiga oʻzga tilda hamda kirill yozuvida reklama, afisha, tarqatma maʼlumotlarni tayyorlab berishni rad etib, oʻz ona tilimizga goʻzal mahsulotlar yaratsa.

⚠️"City"larni qurayotgan Murod akamiz binolarning nomini OʻZBEKCHA qoʻysa, investor Mehmet akamizga bino nomlari qoʻyish uchun oʻzimizni milliy nomlar taklif etilsa.

⚠️Oshpaz Sobir akamiz oʻz oshxonasini "chicken food" nomidan "Doʻmboq joʻja"ga oʻzgartirsa.

⚠️ Chet elda ishlaydigan Abdurahim akamiz "zemlyak" soʻzi oʻrnida vatandosh soʻzini ishlatsa.

❗️❗️❗️Oʻzimizdagi millat, vatan gʻururi har qanday qonunlardan kuchliroqdir!!!

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
📣 DIQQAT! 📣

💥 Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida yangi kurs o‘z faoliyatini boshladi💥

"DAVLAT XIZMATCHILARINING NUTQ MADANIYATI VA NOTIQLIK MAHORATINI OSHIRISH KURSI"

Ushbu qisqa muddatli kursda malakali notiq va psixologlardan notiqlik mahorati sirlarini o'rganasiz .

☎️ Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: +998 93 378 01 61

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
#etimologiya

YALLIG‘
‘alanga’, ‘yolqin’. Lampaning kuchsizgina yallig‘i shabadaga lip-lip etib, ayvon oldinigina yoritib turdi (Hakim Nazir).
Bu ot qadimgi turkiy tildagi ‘alanga’ ma’nosini anglatgan yal otidan -lig‘ qo‘shimchasi bilan yasalgan. Keinchalik i unlisining qattiqlik belgisi yo‘qolgan.

Ma'lumotlar Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan olindi.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
#diqqat #tanlov

💠 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Oyina.uz portali o‘tkazayotgan “Navro‘z” milliy qadriyatlar viktorinasida qatnashib, kitoblar to‘plami va qimmatbaho sovg‘alarni yutib oling!

🔹1-o‘rin – Artel Smart TV 43;
🔹2-o‘rin – Samsung planshet;
🔹3-o‘rin – Samsung smartfon;
🔹4-10-o‘rinlar – 5 tadan kitoblar to‘plami;
🔸“Tanlovning eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi 5 nafar g‘olibi – Samsung smartfon.

Tanlovda ishtirok etish👇

https://t.iss.one/oyinatanlovbot?start=1502297101
Forwarded from ToshDO‘TAU | RASMIY
#yangi_nashr

📚 18-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Oʻzbek tili sinonimlarining oʻquv lugʻati” kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

🔗 Batafsil

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik      

        Aziz yurtdoshlar, qadrli hamkasblar!

        Barchangizni mamlakatimizda keng nishonlanadigan ezgulik, nafosat, yasharish, yangilanish hamda mehr-oqibat ayyomi boʻlmish Navroʻz umumxalq bayrami bilan samimiy qutlaymiz.
       Buyuk tariximiz zarvaraqlarida ming yillar davomida ma’naviy hayotimizning ko‘rki,  ziynati bo‘lib kelayotgan bu ajoyib, xosiyatli bayram bugun qalblarimizga yana cheksiz quvonch va zavq bag‘ishlamoqda.
Mana shunday fayzli kunlarda Navro‘z ayyomi Sizlarga olam-olam quvonch, baxt- saodat, xonadonlaringizga tinchlik, faravonlik, qut-baraka olib kelsin.                   
Navroʻzi olam muborak boʻlsin!
Samimiy hurmat bilan,
Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
#bilib_oling

Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko‘ra, xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlarga ajratiladi. Xizmat hujjatlari tayyorlanishiga ko‘ra, muassasa yoki mansabdor shaxslarga tegishli bo‘lsa, shaxsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi (masalan, shaxsiy ariza, shikoyat va h.k.).

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
DIQQAT E'LON !!!

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi tomonidan qoʻshni Qirgʻiziston va Qozogʻiston Respublikalarida faoliyat olib borayotgan ona tili va adabiyot oʻqituvchilari uchun oʻquv seminarining 5-soni tashkil qilinmoqda.

📈 Seminarning asosiy maqsadi: Seminar ishtirokchilarini mustaqillikdan soʻng oʻzbek tili, adabiyoti va uni oʻqitish sohasidagi yangiliklar, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar, oʻqitishning zamonaviy texnologiylari bilan yaqindan tanishtirish.

📚 Oʻquv seminari har oyda bir marta, masofaviy (onlayn) shaklda tashkil qilinib, unda respublikamizning taniqli tilshunos, adabiyotshunos olimlari oʻz ma’ruzalari bilan ishtirok etadi.

🕒 Seminarning navbatdagi soni oʻtkazilish vaqti: 2024-yil 29-mart, soat 15:00 (Toshkent vaqti bilan).

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
#bilib_oling

Hujjatlarning mohiyati va maqsadiga muvofiq ravishda, ularda so‘roq va undov gaplar deyarli qo‘llanmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. Zero, hujjatlarda tilning ikki vazifasi – xabar berish va buyurish amalga oshadi. Masalan, ma’lumotnomada axborot ifodalanadi, buyruqda buyurish aks etadi, bayonnomada ham axborot («Eshitildi...»), ham buyurish («Qaror qilindi...») o‘z ifodasini topadi.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube