DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI
667 subscribers
1.5K photos
112 videos
11 files
638 links
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazining rasmiy sahifasi.


Telefon: +998 99 728 29 00
Takliflar uchun: @muhammadaziz_omonov
Download Telegram
#etimologiya

ICHKUYAR – ‘chin ko‘ngildan g‘amxo‘r’. Mening yagona ichkuyar do‘stim – shu. Bu sifat asli Ichi kuyadi gapi tarkibidagi –di tuslovchisini tashlab, –a zamon yasovchisini –(a)r sifatdosh yasovchisiga almashtirib va bir so‘zga birlashtirib hosil qilingan; keyinchalik ikkinchi bo‘g‘indagi tor unli talaffuz qilinmay qo‘ygan: Ichi kuyadi > ichi kuyar > ichkuyar.

Ma'lumotlar Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan olindi.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
Kasbiy qayta tayyorlov kurslariga navbatdagi qabul boshlandi!
#onatilimfaxrim

«Har bir millatning dunyoda borligʻin koʻrsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur»

Abdulla Avloniy

Кофе - QAHVA
Краска - BO‘YOQ
Кресло - O‘RINDIQ
Круговой - AYLANMA
Кругозор - DUNYOQARASH
Кружка - SARXUM
Кружок - DOIRA
Крыса - KALAMUSH
Культурный - MADANIYATLI
Ладно - MAYLI
Лестница - ZINA
Лечение - DAVOLANISH
Линейка - CHIZG‘ICH
Лицо - YUZ
Лобовое - PESHOYNA


⚠️O‘zbek tilidan sof foydalaning!

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazi tomonidan Xatirchi tumanida "Davlat tiliga oid qonunchilik hujjatlari tahlili" mavzusida o'quv - seminari tashkil etildi. Seminarda Navoiy viloyat hokimining ma'naviy -ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish , "Davlat tili to'g'risida"gi Qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi Ostonov Qobil Nasriddinovich ham ishtirok etdi.
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazi Navoiy viloyati hududiy bo'linmasi bilan hamkorlikda "Navoiy issiqlik elektr stansiyasi "AJ ishchi- xodimlari o'rtasida lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosida ommaviy diktant tanlovi o'tkazildi.
#ona_tilim_faxrim

Ey ona til, aziz qadrdonim,
Iltifoti ruhim, Rahmonim.

Tug‘dig‘im kundan aylading ulfat,
O‘lguncha ayilma, ey jonim.

Menga ilm-u adab san o‘rgatding,
Chin adib, muallim, shonim.

Millatning ruhini ko‘targuchisan,
Ey muqaddas karamli sultonim.

Abdulla Avloniy

💬 Telegram | 🌐 Instagram

🌐 Facebook | 🌐 Web
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
21-oktyabr - O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun!

Ona tilim - iftixorim!

Muhammad Ismoil she'ri
Muallif, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o'qituvchilari va o'quvchilari o'qigan