OʻzDSMI | RASMIY🇺🇿
4.99K subscribers
31K photos
6.5K videos
972 files
9.82K links
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining rasmiy telegram sahifasi.

Rasmiy sayt: dsmi.uz

Murojaat uchun: (71) 230-28-02, 230-28-15
Download Telegram
#Live

🗣 Madaniyat vazirligining hay’at yig‘ilishi davom etmoqda

Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan vazir o’rinbosari Yusufjon Usmonov “Sohada moliya-xo‘jalik faoliyatini yuritish, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish bo‘yicha olib borilgan ishlar va kelgusi rejalari” haqida hisobot bermoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1💯1
Forwarded from Edu.uz
#Rasmiy_bayonot

Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda sertifikat talabi bekor qilinmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda 2025-yil 19-iyuldagi PF–114-sonli Prezident Farmoni noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Mazkur Prezident Farmoni bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi va ba’zilarining ayrim bandlari o‘z kuchini yo‘qotdi.

Xususan, 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-sonli Qarorning 6-bandi to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlandi. Ushbu bandda magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikati talabining ilk joriy etilishi nazarda tutilgan edi.

Biroq, mazkur normaning chiqarib tashlanishi xorijiy til bo‘yicha sertifikatlar talabi butunlay bekor qilindi degani emas.

Sababi, 2024-yil 24-maydagi PF–81-sonli Prezident Farmoni bilan magistratura mutaxassisliklari va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etilishi belgilangan:

🟢xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha — kamida C1 darajasida;

🟢gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat koʻrsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohalari boʻyicha — kamida B2 darajasida;

🟢boshqa taʼlim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari boʻyicha — kamida B1 darajasida.

Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi PF–81-son Prezident Farmoni bilan belgilangan xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar talabi hozirda ham amalda ekanini eslatadi va bu borada tarqalayotgan noto‘g‘ri talqinlarga e’tibor bermaslikni so‘raydi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥1💯1
Bugun, 24-iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tavallud topgan kun.

Davlatimiz rahbariga mustahkam sog‘liq, xalqimiz farovonligi hamda mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirayotgan ulkan islohotlarida doimo kuch-quvvat tilaymiz!
👍19👏8💯7🔥43
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Koʻcha_sanʻati

⚡️ “Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasi haqida bilasizmi?

Prezidentning “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-406-sonli qaroriga ko'ra, joylarda “Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasi amalga oshirilmoqda. Unga ko'ra, musiqa, raqs, teatr, qo’shiqchilik, sirk, tasviriy va amaliy san’at yo'nalishlarida qobiliyatingizni namoyish etish va mablag' jamg'arish imkoniyati mavjud.

Mazkur loyihani amalga oshirish maqsadida, Madaniyat vazirligi tomonidan streetart.uz platformasi ishlab chiqildi.
Bugungi kunda yurtimizning 17 ta ko‘cha va maydonlarida mazkur loyiha amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyihada professional va havaskor iste'dodlar ishtirok etishlari mumkin, yosh chegaralanmagan.

Hoziroq streetart.uz platformasi orqali ro'yxatdan o'ting hamda o‘z iste’dodingizni namoyon eting, mablag' jamg'aring, ovoz to‘plang va yulduz bo‘ling…

💥 Bu siz uchun ajoyib imkoniyatlar eshigi bo'lishi mumkin...

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯3👍2🔥2
#DIQQAT_EʻLON

❗️Taʼlim granti (grant-kontrakt qayta taqsimot)ga talabgorlar diqqatiga!!!

Talabalar ijtimoiy faolligini aniqlashning 1-mezoni – "Kitobxonlik madaniyati" bo‘yicha onlayn test sinovi O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida joriy yilning
📆25-iyul kuni soat 14:00 dan 18:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida onlayn tarzda o'tkaziladi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun havola:
👉👉👉👉 https://timer.pipiform.com/DbUryl 👈👈👈👈

#MUHIM‼️📝 Test haqida:

🔵Har bir ishtirokchiga 40 ta test savoli taqdim etiladi.
🔵Testni bajarish uchun 40 daqiqa vaqt ajratiladi.
🔵Testni faqat bir marta topshirish mumkin. Qayta topshirish imkoniyati mavjud emas!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi

Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirok etgan abituriyentlar 15 kun davomida quyidagilarni tanlashi lozim:

oliy taʼlim muassasasi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishi mavjud OTM);
bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos yo‘nalish);
taʼlim shakli (turli ta’lim shakllarini tanlash mumkin);
tanlov ustuvorligi (“Davlat granti” yoki “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorliklaridan biri).

📱 Abituriyentlar test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin.

🌎 Sayt manzili: my.uzbmb.uz (“Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi => “OTM tanlash”)

📆 Muddat: 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar (shu kunlari ham)

📝 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3💯2🔥1
Forwarded from Edu.uz
Bakalavr_kvota_kunduzgi_2025.pdf
15.2 MB
#Kvota #Bakalavr #Kunduzgi #Qabul2025

Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti

2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🔥3👏1💯1
Forwarded from Edu.uz
Bakalavr_kvota_masofaviy_2025.pdf
11 MB
#Kvota #Bakalavr #Masofaviy #Qabul2025

Masofaviy ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti

2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining MASOFAVIY ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1
Forwarded from Edu.uz
Maqsadli_qabul_san'at_kvota_2025.pdf
9.3 MB
#MaqsadliKvota #Bakalavr #Sanʼat #Qabul2025

San’at sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sanʼat sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan teatrlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va teatrlar kesimida) tasdiqlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍1
Forwarded from Edu.uz
Magistratura_kvota_kunduzgi_2025.pdf
15.4 MB
#Qabul2025
#magistratura_kunduzgi

⚡️Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi


2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti.

JAMI: 20 210 ta.

Davlat granti: 9 922 ta;
shundan, o‘zbek tili – 8 725 ta, rus tili – 1 197 ta,

Kontrakt: 10 288 ta;
shundan, o‘zbek tili – 8 538 ta, rus tili – 1 750 ta.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
💯1
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2025 #Oʻtish_bali

⚡️2025/2026-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida minimal oʻtish bali o‘zgarishsiz qoldi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %), to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
💯2
Forwarded from Edu.uz
Magistratura_turdosh_2025.pdf
424 KB
#Qabul2025 #Magistratura_turdosh

⚡️ MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati

Siz mazkur roʻyxatdan qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasalari MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh ekanligini bilib olishingiz mumkin.

Magistratura kvotasi bu yerda:
👉 KUNDUZGI
👉 KECHKI
👉 MASOFAVIY

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
💯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilgan Suzish to'garagi faoliyatidan videolavha.


Ushbu to'garakda yaqin atrofdagi mahallalarda istiqomat qilayotgan yoshlar bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sog'liqlari uchun sport bilan muntazam shug'ullanish imkoniga ega bo'lishmoqda.


#Dolzarb90kun #YoshlarFaolligi #SanatVaSport #Suzish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2💯1
Forwarded from Edu.uz
Qurolli_kuchlar_5foizli_KUNDUZGI_KECHKI_MASOFAVIY_2025.pdf
13.2 MB
#Qabul2025 #QoʻshimchaKvota #QurolliKuchlar

⚡️Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha 5 %li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha besh foizli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 9 766 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:

➡️ kunduzgi7420 ta (grant - 1 775 ta, to‘lov-kontrakt - 5 645);
➡️ kechki1 436 ta (to‘lov-kontrakt);
➡️ masofaviy910 ta (to‘lov-kontrakt).

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🔥1
Forwarded from Edu.uz
SOS_kvota_1foizli_grant_2025.pdf
10.4 MB
#QoʻshimchaKvota #Qabul2025 #grant #1_foizli

⚡️Mehribonlik uyi va bolalar shaharchalarining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha kvota


Mehribonlik uylari, kichik hajmli bolalar uylari, bolalar shaharchalari, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylarining bitiruvchilari bo‘lgan, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar hamda ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi, bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi sababli ota-ona yoki yolg‘iz ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, shuningdek, topib olingan, ota-onasi noma’lum bo‘lgan bolalar hamda nikohda bo‘lmagan onaning vafot etganligi natijasida boquvchisiz qolgan bolalar uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

▪️ Jami: 1 953 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:

kunduzgi1 484 ta;
kechki287 ta;
masofaviy182 ta.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🔥1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Ushbu video “Tanlov ustuvorligi nima?” deb so‘rayotgan abituriyentlar uchun

#Abituriyent2025 #TanlovUstuvorligi #Foydali

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍3🔥1