✔️ 20-mart kuni Andijon viloyati hududiy ijtimoiy xizmatlar markazi foydalanishga topshirilib, reabilitatsiya jihozlari va tibbiy uskunalar bilan ta’minlandi.✔️ Oʻz biznesini kengaytirish istagidagi xotin-qizlarning tadbirkorlik loyihalari oʻrganilib, 8 804 ta loyiha qoʻllab-quvvatlandi.✔️ “Yoshlar bandlik dastur”lari asosida yoshlarning 149,9 ming nafarini ish oʻrinlariga joylashtirish, xususan, 22,1 ming nafarini kasbga oʻqitish orqali bandligini taʼminlash choralari koʻrildi.
Markaz rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Twitter | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq amalga oshirilishi
Markaz rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Twitter | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan Xitoy yetakchisi Si Szinpin tabrik yoʻlladi.
Hurmatli Prezident janoblari!
Tavallud kuningiz munosabati bilan Sizga samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman!
Yaqinda Ostona shahrida boʻlib oʻtgan “Xitoy — Markaziy Osiyo” ikkinchi sammitida Siz bilan muzokaralar oʻtkazib, Xitoy bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi har qanday sharoitda ham strategik sheriklik munosabatlarini yangi davrda rivojlantirishning strategik yoʻnalishlarini belgilab oldik.
Men Xitoy-Oʻzbekiston munosabatlarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qarataman hamda oʻrtamizda qaror topgan samarali amaliy aloqalar va doʻstlikni yuksak qadrlayman. Shanxay hamkorlik tashkilotining Tyanszin sammitida hamda Xitoy xalqining yapon bosqinchilariga qarshi urushidagi Gʻalabasi va Fashizmga qarshi jahon urushidagi Gʻalabasining 80 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etayotganingiz munosabati bilan Sizni Xitoyda qutlashdan mamnunman.
Sizga mustahkam sogʻlik va farovonlik tilayman!
Si Szinpin,
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi
Markaz rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Twitter | Youtube
SAMIMIY QUTLOVLAR!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar, parlamentlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar, yetakchi xorijiy kompaniyalar rahbarlari, taniqli jamoat, din va sport arboblari, mamlakatimizning barcha hududlari va xorijdagi yurtdoshlarimizdan samimiy qutlovlar kelmoqda.
Maktublarda Oʻzbekiston Prezidenti rahbarligida aholi farovonligini oshirish, mamlakat barqarorligi va izchil taraqqiyotini taʼminlash, uning xalqaro nufuzini mustahkamlashga qaratilgan siyosiy islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlar dasturini samarali amalga oshirish borasida erishilgan yuksak natijalar qayd etilgan.
Markaz rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Twitter | Youtube
STRATEGIK REJALASHTIRISH BO‘YICHA LATVIYA TAJRIBASI O‘RGANILMOQDA
Joriy yilning 21-28-iyul kunlari O‘zbekistonning davlat va nodavlat tashkilotlaridan 13 nafar mutaxassis Latviya Respublikasida tashkil etilgan o‘quv seminarida ishtirok etmoqda.
Belgilangan talablar asosida saralab olingan ishtirokchilar “O‘zbekistonda davlat boshqaruvi tizimida salohiyatni oshirishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida shu kungacha amalga oshirilgan strategik rejalashtirish bo‘yicha yettita o‘quv modulini yakunladi.
Seminarda “Taraqqiyot strategiyasi” markazining bo‘lim boshlig‘i Jamshid Sharipov ham ishtirok etmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlarida asosiy eʼtibor strategik rejalashtirish sohasida institutsional salohiyatni kuchaytirishga qaratilgan. Maʼlumki, 2006-yildan buyon Latviya strategik rejalashtirish sohasida samarali tizimni shakllantirgan hamda bu borada yagona yondashuvni joriy etgan davlatlardan biri hisoblanadi.
Seminar davomida ishtirokchilar strategik rejalashtirish tizimining tashkil etilishi, strategik dasturlarni moliyalashtirish tizimi, samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilash va baholashdagi yondashuvlar, mazkur jarayonda fuqarolik jamiyati ishtiroki va boshqa dolzarb masalalarda Latviyaning tajriba va yutuqlari bilan yaqindan tanishmoqda.
Markaz rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Twitter | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq amalga oshirilishi
📶 Oʻzbekistonda internet tarmogʻiga ulangan abonentlar soni, 100 nafar aholiga nisbatan 2017-yilda 34,5 tani tashkil etgan boʻlsa, 2024-yilda 86,5 taga yetdi.
Markaz rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Twitter | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xorijiy OAVda Eldor Tulyakovning Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik masalalariga bagʻishlangan maqolalari eʼlon qilindi
Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida mintaqaviy hamkorlik kuchaymoqda. Soʻnggi yillarda tarixan siyosiy boʻlinishlar va milliy manfaatlar raqobati bilan ajralib turgan mintaqa tobora koʻproq hamkorlik, yaqinlashuv va muloqot bilan tavsiflanadigan mintaqaga aylandi. Bu haqda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakovning Buyuk Britaniyaning reinvantage.org va Norvegiyaning geopolitika.no internet nashrlarida chop etilgan maqolalarida soʻz boradi.
“Bugungi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlari strategik mustaqillik va mintaqaviy birdamlik gʻoyasini mavhum intilish sifatida emas, balki ular duch kelayotgan umumiy muammolar va imkoniyatlarga amaliy javob sifatida koʻrib chiqmoqda” , — deb yozadi muallif.
Ushbu maqolalarda asosiy eʼtibor Markaziy Osiyodagi davlatlar oʻrtasidagi yaqinlashuv jarayonlari, mintaqaviy hamkorlikning yangi va samarali formatlari, umumiy muammolarga — suv tanqisligi, migratsiya, iqlim oʻzgarishi va xavfsizlik kabi — birgalikda yondashish, tashqi siyosatda muvofiqlashgan pozitsiyalar orqali xalqaro maydonda umumiy ovoz yaratish, shuningdek, strategik mustaqillik va ichki barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan yangi mintaqaviy oʻziga xoslik masalalariga qaratilgan.
“Rasmiy “siyosiy ittifoq” tushunchasiga hali erta boʻlsa-da, mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirish uchun asoslar yaratilmoqda. Ushbu hamkorlik ruhi saqlanib qolar ekan, Markaziy Osiyo mintaqasi beqaror geosiyosiy vaziyat sharoitida oʻz faolligi va barqarorligini mustahkamlashda davom etadi”, — deyiladi maqolada.
Markaz rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Twitter | Youtube
MARKAZ RAHBARI SHHT MEDIA VA TAHLIL MARKAZLARI SAMMITIDA ISHTIROK ETDI
Xitoyning Xenan provinsiyasi markazi Chjenchjou shahrida boʻlib oʻtgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) media va tahlil markazlari sammitida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov ishtirok etdi.
Sinxua axborot agentligi, Sinxua instituti, Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi va Xenan viloyati hukumati tomonidan tashkil etilgan nufuzli tadbirda 30 ga yaqin davlatdan 400 nafardan ortiq tahlil markazlari, siyosiy doiralar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etib, oʻzgarayotgan dunyoda SHHTning roli va birgalikdagi barqaror rivojlanish masalalarini muhokama qilishdi.
Jumladan, Markaz rahbari Eldor Tulyakov “Oʻzbekiston – Xitoy strategik hamkorligi va SHHTning yanada oʻzaro bogʻliq dunyo barpo etishdagi oʻrni” mavzusidagi maʼruza bilan chiqish qildi. U oʻz nutqida Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi rivojlanib borayotgan strategik sheriklik munosabatlari, SHHT doirasidagi hamkorlikning mustahkamlanishi, Xitoy va SHHTning global bogʻliqlik, savdo va barqaror rivojlanishni ilgari surishdagi oʻrniga eʼtibor qaratdi.
Taʼkidlandiki, bugungi kunda kelib Xitoy Oʻzbekistonning eng yirik tashqi savdo hamkoriga aylandi. 2024-yilda ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo hajmi 12,4 milliard dollardan oshdi. Shu bilan birga, Xitoyning Oʻzbekistondagi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari 10 milliard dollardan oshgan boʻlib, energetika, telekommunikatsiya, transport, konchilik, toʻqimachilik va raqamli infratuzilma kabi muhim tarmoqlarda 3 300 dan ziyod qoʻshma korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Markaz rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Twitter | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SHHT SAMMITI DOIRASIDA OʻZARO HAMKORLIKNI MUSTAHKAMLASHGA QARATILGAN UCHRASHUVLAR OʻTKAZILDI
Хabar berganimizdek, 23-25-iyul kunlari “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Xitoyning Xenan provinsiyasi markazi Chjenchjou shahrida boʻlib oʻtgan Shanxay hamkorlik tashkiloti media va tahlil markazlari sammitida Oʻzbekiston – Xitoy strategik hamkorligiga bagʻishlangan maʼruzasi bilan ishtirok etdi. Shu bilan bir qatorda, Markaz rahbari sammit doirasida xorijiy tashkilotlar, ilmiy va akademik doira, yetakchi tahlil markazlari va OAV vakillari bilan uchrashuv hamda muloqotlar oʻtkazdi.
Xususan, Eldor Tulyakovning Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha tadqiqotlar instituti direktori Sun Chjuanji, Shanxay Global boshqaruv va mintaqaviy tadqiqotlar akademiyasi direktori Yang Chen, Sinxua instituti rahbari Liu Gang, Turkiyaning “Marmara grupp” strategik va ijtimoiy tadqiqotlar fondi direktori Akkan Suver kabi qator xorijiy hamkorlar bilan uchrashuvlari tashkil etildi.
Uchrashuvlarda Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni yanada mustahkamlashda OAV hamda tahlil markazlarining hamkorligini yanada faollashtirish, xususan, ilmiy-tadqiqot muassasalari, tahlil markazlari va OAV oʻrtasida axborot almashinuvi, mintaqaviy va global jarayonlarni prognoz qilishda hamkorlik mexanizmlari, intellektual resurslardan samarali foydalanish, shuningdek, tahlilchilar oʻrtasida tajriba almashish, mintaqaviy barqarorlikni taʼminlashda SHHTning rolini mustahkamlash kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, sammit doirasida Eldor Tulyakov XXRning yetakchi ommaviy axborot vositalari, xususan, Sinxua axborot agentligi vakillari bilan muloqotlar chogʻida jurnalistlarga oʻndan ortiq intervyu berdi.
Markaz rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Twitter | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XITOYNING SHANXAY SHAHRIDA “OʻZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI TAQDIMOT QILINDI
Shanxay global boshqaruv va mintaqaviy tadqiqotlar akademiyasida “Oʻzbekiston-2030” strategiyasining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Tadbir “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda Oʻzbekistonning Xitoydagi elchixonasi va Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Taqdimotda Shanxay global boshqaruv va mintaqaviy tadqiqotlar akademiyasi, Shanxay chet tillar universiteti huzuridagi Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti, Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi, Fudan universiteti, Xalqaro muammolar instituti, Rossiya va Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi, Shanxay siyosiy fanlar va qonunchilik universiteti hamda Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti, Rossiya va Yevroosiyo instituti professor-oʻqituvchilari hamda ekspertlar ishtirok etdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrosi direktori Eldor Tulyakov oʻz maʼruzasida “Oʻzbekiston–2030” strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari, asosiy maqsad va vazifalari haqida soʻz yuritdi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi mamlakatimizning nafaqat ichki, balki tashqi siyosati yoʻnalishlarini belgilab beradigan, davlat taraqqiyotining ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jihatlarini qamrab olgan hujjat sifatida eʼtirof etildi.
Taqdimotdan soʻng “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov hamda Shanxay global boshqaruv va mintaqaviy tadqiqotlar akademiyasi ijrochi dekani professor Yan Chen oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muloqot davomida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda Shanxay global boshqaruv va mintaqaviy tadqiqotlar akademiyasi oʻrtasida qisqa muddatlarda hamkorlik toʻgʻrisidagi anglashuv memorandumining loyihasini ishlab chiqish va imzolashga kelishib olindi.
Markaz rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Twitter | Youtube
Forwarded from UzA | Расмий канал
Таҳлилий марказлар – замонавий дипломатиянинг ажралмас ва интеллектуал пойдевори
Бугунги мураккаб ва кўп қутбли халқаро муносабатлар шароитида трансмиллий дипломатиянинг аҳамияти ортиб бориши билан бирга, уни амалга оширувчи субъектлар доираси ҳам кенгаймоқда. Расмий давлат органлари билан бир қаторда, нотижорат ташкилотлар, фуқаролик жамияти институтлари, академик доиралар ва таҳлилий марказлар халқаро мулоқот ва сиёсий жараёнларнинг ажралмас иштирокчиси сифатида шаклланмоқда. Улар сиёсий-иқтисодий таҳлил, стратегик башорат, фикр етакчилиги ва экспертлар ўртасидаги мулоқотлар орқали давлат манфаатларини илгари суриш, ташқи сиёсатни шакллантириш ва халқаро жамоатчиликда ижобий имижни мустаҳкамлашда муҳим ўрин эгалламоқда.
Батафсил: https://uza.uz/posts/745081
Телеграм каналларимиз
Facebook | Instagram | YouTubе
Бугунги мураккаб ва кўп қутбли халқаро муносабатлар шароитида трансмиллий дипломатиянинг аҳамияти ортиб бориши билан бирга, уни амалга оширувчи субъектлар доираси ҳам кенгаймоқда. Расмий давлат органлари билан бир қаторда, нотижорат ташкилотлар, фуқаролик жамияти институтлари, академик доиралар ва таҳлилий марказлар халқаро мулоқот ва сиёсий жараёнларнинг ажралмас иштирокчиси сифатида шаклланмоқда. Улар сиёсий-иқтисодий таҳлил, стратегик башорат, фикр етакчилиги ва экспертлар ўртасидаги мулоқотлар орқали давлат манфаатларини илгари суриш, ташқи сиёсатни шакллантириш ва халқаро жамоатчиликда ижобий имижни мустаҳкамлашда муҳим ўрин эгалламоқда.
Батафсил: https://uza.uz/posts/745081
Телеграм каналларимиз
Facebook | Instagram | YouTubе