Bir vaqtlar universitetda o'qib yurgan vaqtimda, Udemy.com onlayn ta'lim platformasidan ko'zi ochlik qilib, 50 dan oshiq kurslarni to'plab olgan ekanman.
Maqsad universitetni bitirgunimcha shu kurslarni tugatish edi.
Afsuski, o'sha kurslarning atigi 9 tasinigina ko'rishga ulgurganman.

👍15
1 gramm shaxsiy tajriba, boshqalarning tonnalab maslahatidan afzalroq
mahatma gandi
Shaxsiy tajriba yaxshi albatta, ammo biror ish qilishdan avval o'sha sohaning mutaxassislari va tajribali insonlarining maslahatlari ancha foydali bo'lishi shubhasiz.
Misol uchun, dasturlashga hech qanday ustozsiz kirib borganman. O'zimni yo'nalishimni topgunimcha, 2-3 yil vaqtimni dasturlashning har sohasini o'rganib chiqish uchun sarflab qo'yganman. Bu vaqtda esa boshqalar ustoz yordamida, tajribali insonlar maslahati bilan ancha katta muvaffaqiyatga erishganini ko'rganman.
Xulosa qilib aytganda, tajribali insonlar maslahatiga quloq solish kerak.
#AUF)

🍾15🔥6👍2
Ko'pchilik komfort zonadan chiqish kerak degan fikrni aytishadi. Komfort zonasidan chiqish degan gapni allaqachon siyqasi chiqib ketdi. Bu tushunchani motivatorlarni gapidan eshitib olib, unga koʻr-koʻrona ergashmaslik kerak.
Komfort zonasidan butunlay chiqib yana noldan boshlash emas, komfort zonasini kengaytirish lozim aslida.
Masalan,siz nonvoy boʻlsangiz, dasturlashda pul koʻp ekan deb nonvoychilikni tashlab, doʻkoningizni sotib puliga kompyuter olib dasturchi boʻlaman deyishingiz gʻirt ahmoqlik boʻladi. Undan koʻra oʻsha faoliyatingizni kengaytirish ustida oʻylasangiz toʻgʻriroq boʻladi. Vatanda bir tuzuk tirikchilik qilib yurgan boʻlsangiz shunchaki komfort zonasidan chiqish uchun Turkiyaga borib, u yerda kriptoga qiziqish aqlli qadam emas. Baliqni suvdan chiqarish komfort zonasidan chiqarish boʻladi, qalay yoqadimi? 😅

🔥22👍8🍓1
— Sen qanchalik tejamkorsan?
— Elektr energiyasini tejash uchun raqamlardan foydalanmayotgan vaqtimda, klaviaturadagi Num Lock chiroqchasini o'chirib qo'yaman
@djangodarslari

😁75👍5🔥3😱3🏆2🤩1
Djangoda foydalanuvchini telefon raqami orqali ro'yhatdan o'tkazyapsiz va telefon raqamiga 4 ta raqamdan iborat tasodifiy kod jo'natyapsiz. Ro'yhatdan o'tish sahifasidan so'ng, foydalanuvchini kodni tasdiqlash uchun confirmation sahifasiga yo'naltirdingiz.
Shu yerda foydalanuvchi ma'lumotlarini saqlab turish uchun nimadan foydalanasiz. Ya'ni foydalanuvchi confirmation sahifasiga yo'naltirilganda, kodni kiritib tasdiqlanishi uchun user ma'lumoti sizda bo'lishi kerak.
Tasodifiy kodni alohida model ochib, uni userga ulab, bazaga yozib va yana uni qayta tekshirishni ortiqcha ish deb hisobladim va request.session orqali signup sahifasida userni ma'lumotini va kodni saqladim va confirmation sahifasida saqlangan session orqali kodni ham, foydalanuvchini ham get orqali filtrladim.
ro'yhatda o'tishda:

request.session['phone'] = phone_numberconfirnation sahifasida:
request.session['code'] = code
phone_number = request.session.get('phone')Siz shunga qanday yechim bergan bo'lardingiz? O'zingizni yechiminigizni izohlarda qoldiring.
code = request.session.get('code')
user_code = request.POST['code']
——kodni tekshirish uchun logik ——
👍18🔥4👎1
Django darslari (Mukhammad irmatov)
Djangoda foydalanuvchini telefon raqami orqali ro'yhatdan o'tkazyapsiz va telefon raqamiga 4 ta raqamdan iborat tasodifiy kod jo'natyapsiz. Ro'yhatdan o'tish sahifasidan so'ng, foydalanuvchini kodni tasdiqlash uchun confirmation sahifasiga yo'naltirdingiz.…
Client tarafda saqlanadigan yagona ma'lumot bu sessionid (cookie da saqlanadi) bu bazadagi Session table ga Primary Key hisoblanadi.
Bazada saqlanadigan session ma'lumotlari ham hashlangan encrypted holatda bo'ladi. Oddiy foydalanuvchi brauzer orqali session ma'lumotlarini qo'lga kiritolmaydi. Faqatgina sessionid ni ko'ra olishi mumkin xolos. Agar ma'lumotlar bazangizga dostup bo'lsa, ana unda session ma'lumotlarini ham qo'lga kiritishi mumkin

👍12
Django darslari (Mukhammad irmatov)
500 dollar maoshga strong middle dasturchi olmoqchi ekan 🤷♂️ Ish e'loni tagida qanday chiroyli izohlar yozilganiga qiziqyapman) Ha aytgancha, kompaniya nomi sizga tanish emasmi?😅
P. S. Flutter dasturchisi bo'lib ishlaydigan tanishimni aytishicha, bu maoshga 1-2 ta loyihada qatnashib ko'rgan junior dasturchi ham ishlamas ekan.
😁27👍6🍾5
Dynamic database table bo'yicha real tajribaga ega dasturchilar oramizda bormi, ozgina yordamingiz kerak?
Djangoda CSV faylni qabul qilib, fayl nomini model nomi(db table name), column namelarini model fieldlari sifatida yangi database table hosil qilish kerak. Type() methodi bilan amalga oshirishga qanday qaraysiz?
Djangoda CSV faylni qabul qilib, fayl nomini model nomi(db table name), column namelarini model fieldlari sifatida yangi database table hosil qilish kerak. Type() methodi bilan amalga oshirishga qanday qaraysiz?
Django darslari (Mukhammad irmatov)
https://www.youtube.com/watch?v=WxPr1b7_DO4
Djangoda CSV faylidan dinamik model yaratish bo'yicha biroz izlanish qildim. To'g'risini aytganda, dinamik tarzda model yaratish uchun internetdan pichoqqa ilinadigan birortayam package topishni iloji bo'lmadi.
CSV fayli ustun nomlarini model fieldlari sifatida saqlab, qatorlardagi ma'lumotlarni o'sha fieldlarga yozish uchun qulay app qilindi.
Videoni ko'rib baho berishingiz mumkin
P.S. Agar kimdadir package qilish bo'yicha real tajribasi bor bo'lsa, shuni django package ga aylantirardik

👍14🔥2
6 oydan oshiqroq vaqt davom etgan loyihamiz, google play ga ham yuklandi. Bu loyiha juda ko'p yangi bilimlar olishim, necha kunlab dokumentatsiya o'qishimga sababchi bo'lgan :)
P.S. Loyiha amerikalik mijozlar uchun qilinganligi uchun dastur yuklab olish uchun cheklovlar o'rnatilganga o'xshayapti. O'zbekistonda turib VPNsiz bu appni yuklab olishni iloji yo'q ekan.
Google play linki:
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.shelfish.app&pli=1

🔥9👍3
Djangoda tayyorlangan saytni boshqa tillarga tarjima qilish va tarjima matnlarini to'g'ri ishlata bilish har doim ham oson ish emas. Kimdadir makemessages ishlamasa, boshqalarda compilemessages buyrug'i ishlamaydi.
Shularni inobatga olgan holda djangoda tayyorlangan saytni tarjima qilish bo'yicha to'liqroq darslik qilishga harakat qilindi.
Videodarslik linki: https://www.youtube.com/watch?v=zP2dDhE313Q

YouTube
Django vebsaytni tarjima qilish. To'liq darslik
Bu videodarslikda django vebsaytni qanday qilib 3 ta tillik qilishni o'rganamiz.
Dars davomida i18n va model-translation orqali sayt tarjima qilinadi
Telegram kanal: t.iss.one//djangodarslari

👍26
Ish joyingizga bog'lanib qolmang!
O'zingizga yoqqan IT firma yoki kompaniyaga ishga kirgach, o'zingizni bo'sh qo'yib yubormang. Doimiy izlanishda bo'ling, yangi bilimlar o'rganishga harakat qilavering. Ishga kirishdan oldin intervyu savollariga, masala yechishga qanday tayyorlanib yurgan bo'lsangiz, o'sha tempni aslo tushirmang.
Hech kim sizga hech qaysi ish joyini kafolatlamagan. Ish joyingiz istalgan vaqtda sizni shunchaki bo'shatib yuborishi mumkin. Bunga doimo tayyor turing. Kompaniyaga sodiqlik vahokazo gaplarni unuting. Bular hammasi odamlar tomonidan o'ylab topilgan stereotiplar xolos. Qilayotgan mehnatingizga yarasha haq olmayapsizmi, bemalol sizga taklif qilingan moddiy taraflama yaxshi taklifni ko'rib chiqishga va agarki maqul bo'lsa ish joyini o'zgartirishga 100% haqqingiz bor(agarki ma'lum muddatga shartnoma tuzmagan bo'lsangiz)
Siz qanday fikrdasiz?

👍43💯7🔥3❤2👏1
#shaxsiy_fikr
Eng yomon ko'radiganim odamlar hissiyotlaridan foydalanib, auditoriyani jalb qilish va odamlar olqishiga sazovor bo'lishdir. Odamlar hissiyotini jalb qilishning oson va sinalgan usuli esa albatta Ona haqidagi "O'qing faqat yig'lamang turkumidagi rivoyatlar" va doimgidek dindan foydalanishdir.
Ona haqida tinmay ta'sirli postlar qo'yaveradiganlar hayotda onasiga juda mehribon ekanligiga shubham bor. Mehribon inson buni hammaga oshkor qilmasdan, jimgina ota-onasiga bor mehrini beraveradi.
Dindan piar sifatida foydalanish ham to'g'ri ish emas, din yer yuziga piar uchun tushirilmagan. Amal qilish uchun, to'g'ri yo'lga boshlash uchun tushirilgan.
P.S. O'qing faqat yig'lamang turkumidagi postga ko'zim tushgandi, yuqoridagi fikrlar keldi

👍31❤2👏2
Bir o'quv markaz egasi Activistuz dan ilhomlanib, IT o'quv markazlarini va ta'lim platformalarini sifatli va sifatsizga ajratmoqchi bo'lyapti. Shu vaqtgacha O'zbekistonda IT rivojlanishiga sezilarli hissa qo'shgan va qo'shib kelayotgan nomdor o'quv markazlar va ta'lim platformalariga ham noto'g'ri tanqid toshini otishyapti.
Keling bu ish nima uchun noto'g'riligi aytaman:
🔺Avvalo tanqid qilayotgan shaxs betaraf bo'lishi kerak ya'ni o'zining o'quv markazi yokida o'quv kursi bo'lmasligi kerak. Tanqid qilish orqali o'zining mahsulotini reklama qilmasligi lozim. Pepsi kompaniyasi ommaviy ravishda Kola mahsulotlarini yomonlab chiqqanini hech ko'rganmisiz. Chunki bu professionallikka to'g'ri kelmaydigan ish
🔺Bu masalada subyektiv fikr bildirish unchalik ham to'g'ri ish emas. Biror o'quv kursini yoki o'quv markaz sifatini baholash uchun 3-4 ta yomon deb fikr bildirgan o'quvchilar bilan aniqlab bo'lmaydi. Misol uchun Eshmat ismli o'quvchi darslarga majburan borib yurdi va amallab 8 oyni o'tkazdi. Qarabsizki bilimsizligi uchun Eshmatni hech kim ishga olmaydi va u norozi talabaga aylanadi. Ya'ni aytmoqchi bo'lganim, 2-3 ta odam bilan butun bir kursga baho berib bo'lmaydi. Eng yaxshisi ikkala tomonni ham eshitish kerak.
🔺Haqqoniy va shaffof baholash uchun eng kamida o'sha o'quv markaz kurslariga kirib ko'rish yoki o'quv materiallari bilan betaraf kishi sifatida tanishish kerak
To'g'ri rostdan ham sifatsiz o'quv markazlar va o'quv kurslar ko'p lekin buni ko'r-ko'rona subyektiv fikr bildirish orqali yetkazish kerak emas.
P.S. Birorta o'quv markazga aloqador joyim yo'q. O'quv markazlarda dars ham bermayman :)

👍20👎1
.Env faylida joylashgan o'zgaruvchilarni kod orqali o'zgartirish uchun shu koddan foydalansangiz bo'ladi.
Uning uchun env.py faylini ochib, yuqoridagi kodni yozasiz
©Rami Boutasghount

Amerika va mahalliy IT kompaniyalarimiz orasida sezilarli farqlar bor. O'zim bilgan eng asosiy farqlar quyidagilar:
✅ Amerika kompaniyalari flexibility (moslashuvchan grafik) imkoniyatini beradi, sizga qat'iy grafik chizib berib, o'sha vaqtda ishlashni talab qilmaydi (ba'zi istisnolarni inobatga olmaganda). Bundan tashqari remote yoki ofisda ishlashni ham o'zingiz tanlaysiz. Ko'pincha gibrid(remote va ofisda istalgan vaqt ishlash) ish turini taklif qilishadi. Aksariyat mahalliy kompaniyalarimiz esa ish sifati tushib ketishidan xavotir olishsa kerakda, ofisda ishlashni majburiy qilib qoyishadi.
✅ Eng katta plyuslaridan biri sizga berilgan task aniq va tushunarli qilib yozilgan bo'ladi. Jira (yoki boshqasi) dan sizga biriktirilgan tasklarni ochasiz va nima qilishingiz kerakligini darhol tushunasiz. Mahalliy kompaniyalarda esa TZ ni klient bermaganligi sababli, sizga nima qilishingiz kerakligi odatda og'zaki tushuntiriladi.
Mahalliy IT kompaniyalarimizda sizga yoqmaydigan yana qanday tomonlari bor?

🔥18👍3
Agar Django rest framework ning biror kattaroq mavzusida 1 haftalik bepul onlayn dars bo'lsa qatnasharmidingiz?
Anonymous Poll
86%
Ha albatta
3%
Yo'q qatnashmasdim
5%
O'ylab ko'rishim kerak
6%
Javobni ko'rmoqchiman
👍7🔥2