Django darslari (Mukhammad irmatov)
Agar Django rest framework ning biror kattaroq mavzusida 1 haftalik bepul onlayn dars bo'lsa qatnasharmidingiz?
So'rovnomani qo'yganimga deyarli bir kun bo'ldi va ko'rinib turibdiki 86% (260dan oshiq) obunachilar DRF bo'yicha bepul jonli dars bo'lsa qatnashishga rozi.
Jonli darslarni kelasi haftadan boshlaymiz.
Dars vaqti: Toshkent vaqti bilan 22:00
Davomiyligi: 1-1.5 soat
Narxi: Bepul
Manzil: Zoomda
Mavzular: Katta loyihani registratsiya tizimini qurish (dars mavzulari yopiq guruhda yana kelishiladi)
Afsuski imkoniyat cheklanganligi uchun, hammani ham darslarga kirita olmayman
Talablar:
— Python bo'yicha tajriba
— Django va django rest framework bilan tanish bo'lishi
— django va drf ga oid loyihalar qilgan bo'lishi va serializer yozishni eplay olishi kerak

🔥15👍9❤1
Django rest framework darslarida qatnashmoqchi bo'lganlar quyidagi formani to'ldirishi kerak.
https://forms.gle/ZQ43NKSMfnvLMp5n7
P.S. Shu forma orqali kimlar darsda qatnashishini aniqlab olaman. Formada django va drf boyicha murakkab bo'lmagan savollar berilgan.
P.S.2. Darsda qatnashadiganlarga telegram guruh linki jo'natiladi.

🔥15👍2🤔1
— Qanday yomon odating bor?
— Telegram kanaldagi "Recent actions" ga kirib, kanaldan chiqib ketganlarni umrbod kanalga kirolmaydigan qilib bloklab qo'yaman 😁

😁34👍6👎3🔥3
Django darslari (Mukhammad irmatov)
Django rest framework darslarida qatnashmoqchi bo'lganlar quyidagi formani to'ldirishi kerak. https://forms.gle/ZQ43NKSMfnvLMp5n7 P.S. Shu forma orqali kimlar darsda qatnashishini aniqlab olaman. Formada django va drf boyicha murakkab bo'lmagan savollar…
1 haftalik Django Rest framework kursiga 100 dan oshiq anketalar to'ldirilibdi.
Ro'yhatdan o'tish ertaga soat 9:00 da yopiladi. Va kursda qatnashishga salohiyati yetadiganlarga yopiq telegram guruh linki yuboriladi.

🔥18👍9
Telegramni o’zbek segmentida 1 yil ichida IT bloglar va kanallar juda ko’paydi. Bu albatta juda xursand bo’ladigan ish. Lekin aksariyat IT bo’yicha kanal yuritayotganlarning qilayotgan ishi qayerdandir kontent uxlatib, o’zining kanalida ulashishdan iborat bo’lib qolyapti. Kanalga kirib kuzatib chiqsangiz, kanal egasining birorta ham unikal posti yokida darsligiga ko’zingiz tushmaydi, hammasi qayerdandir forward qilingan doimiy tavsiya va darsliklardan iborat.
Kanal ochishdan maqsad ham o’z bilimini ulashish, o’z fikrlarini boshqalarga ulashish emasmi?

👍33🔥4🤔2👎1
Shanba kuni LMS tizimidan talabalar ma’lumotlarini bazaga avtomatik ko’chirish uchun, ma’lumotlar bazasi modeliga biroz o’zgartirish kiritdim va uni serverga yukladim. Kiritgan o’zgartirishim serverda o’zgarishi va server qayta yuklanishi uchun taxminan 5-6 daqiqa vaqt ketadi.
9 daqiqa o’tdi hamki serverga yuklanmayapti va birdan g'alati xatolik berdi. Xatolikni to’g’irlab, qaytadan serverga yukladim, yana o’sha xatolik. Xatolik siklga tushib qoldi shekilli, muammo bo’layotgan DB modelni o’chirsam ham o’sha xatolik chiqaverdi. O’zimni kompyuterimda juda yaxshi ishlayotgan loyiha serverda umuman ishlamay qoldi. Haftada bir marotaba bo’ladigan va kompaniya rahbari ham ishtirok etadigan video uchrashuvgacha atigi 4 soat qolgandi, va 1 hafta davomida bajargan ishlarimni ko’rsatishim, uning uchun esa loyiha serverda ishlayotgan bo’lishi zarur edi. 4 soat urunishimga qaramay, xatolikni to’g’irlay olmadim. 2 ta hamkasbim bilan ham to’g’irlashga harakat qildik va ular ham muammo nimadaligini bilisha olmadi. Har tugul kompaniya rahbarlari vaziyatni to’g’ri tushunishdi va hech nima deyishmadi. Qaytanga kayfiyatni ko’tarish uchun “You can fix that problem don’t worry we believe in you” deyishdi tamom.
Shanba kuni kechqurun kompaniyadagi server bo’yicha mutaxassis (Devops) dasturchi bilan ham 1 soat muammoni muhokama qildik, qani o’sha muammo nimada ekanligini topa olsak.
Yakshanba va Dushanba kunlari dam olish kunligiga qaramasdan kuni bilan muammoni hal qilish uchun bor imkoniyatni soldim, natija nolga teng. Stackoverflow da ham muammoga biror bir tayinli yechim topilmadi. Seshanba kuni hovlida toza havoda sayr qilayotganimda birdan hayolimga serverda ishlab turgan ma’lumotlar bazasini o’chirib, yangi ma’lumotlar bazasini yaratish va loyihani o’shanga o’rnatish va agar ishlab ketsa eski bazadagi ma’lumotlarni yangisiga ko’chirish fikri keldi. Va shu ishni darhol amalga oshirdim. Server ishlab ketdi 💥
Yechim judayam oddiy lekin hayolga kelmasa qiyin ekan)

👍47❤5🔥4😱2🤩2
Bu narsa balkim boshqalar tomonidan ham o’nlab yoki yuzlab marotaba yozilgandir, lekin yana bir marta yozib qo’yishni joiz deb bildim.
Bir kunda yo’q deganda 5-10 odam kod xatoliklari bo’yicha savollar so’rab yozishadi. Hammasiga to’liq va batafsil javob berish ancha mushkul ish. Savol so’ragan odam biroz sabrli va xushmuoma bo’lgani afzal
** Xatolikni avvalo o’zingiz mustaqil qidirishga o’rganing, xatolik ko’rsatilgan matnni olib, google ga qidiruvga bersangiz eng kamida o’sha xatolik bo’yicha 100 lab yechimlar taklif qilingan link turgan bo’ladi, biri bo’lmasa boshqasi albatta sizga yechim bo’la oladi.
** Muammoyingiz google bilan hal bo’lmasa community yordamiga tayansangiz bo’ladi. Misol uchun django uchun @djangouzb va @djangosuhbatlari guruhlari bor, shu yerdagi dasturchilardan so’rab tezda javob olishingiz mumkin
** Agar kommunity ham yordam bermasa yoki hech kim javob bermasa, ana o’shanda o’zingiz bilgan va tanigan insonlarga shaxsan yozib, muammoingizga yechim so’rashingiz mumkin. Shunda ham odob-ahloq chegarasidan chiqmasdan, biroz sabrli bo’lishingiz talab qilinadi ya’ni 2-3 soat javob berilmasa “alooo” yoki so’roq belgisi qo’yishingiz noo’rindir. Chunki siz savol so’ragan odam yo’lda bo’lishi, ovqatlanayotgan bo’lishi, dam olayotgan bo’lishi yokida biror zoom meetingda bo’lishi ham mumkin. Vaqtiga qarab javob beradi.
** Savol berganda ham muammoni aniq va tushunarli yozish va xatolikka tegishli bo’lishi mumkin bo’lgan kodlarni skrinshot qilib (telefonda ekranni rasmga olib emas 😅) jo’natish kerak. Ha aytgancha, savol berganizdan keyin javob bersa javob qaytarib yozish ham esdan chiqib qolmasin.
P.S. O’zimda ham bir kunda kamida 10-15 talab xatoliklar chiqib turadi, ularni to’g’irlash uchun Googleni o’zi hozircha yetib turibdi. Oxirgi marotaba django kommunity dan yordam so’rab adashmasam o’tgan yili aprelda yozgandimov)

👍18❤3
Baxt — bu yozgan kodingni optimizatsiya uchun ChatGPT ga kiritganingda, hech qanday xatolik chiqarmasligidir.
👍56😁17👨💻2
Strong junior va middle darajadagi django dasturchilari uchun vakansiya bor ekan, qiziqqanlar uchun link
Jarimalarni aniqlaydigan, 1.5 million foydalanuvchiga ega Road24 ilovasini optimizatsiya qilish kerak ekan, ish judayam qiziq va tajribaga boy bo’lsa kerak
O’zingizni sinab ko’rishga arziydi albatta.

👍17
Django Auto-Prefetching
Select_related va prefatch_related lar orqali querylarni optimizatsiya qilishga erinadiganlar uchun yaxshi package bor ekan.
pip install django-auto-prefetching
shu orqali o’rnatasiz va Class ichida AutoPrefetchViewSetMixin dan me’ros olasiz (inherit), tamom. Qolgan hamma ishni o’zi avtomatik siz uchun bajaradi.
Foydalanib ko’ringlar, yaxshi package ga o’xshayapti.

🔥11👍6
Kanalda voice chat qilsak nima deysiz?
Qaysi python dasturchi bilan suhbat bo’lishini xohlar edingiz?

👍26🔥4
Django darslari (Mukhammad irmatov)
Rasmdagi muhandislik konstruksiyasi sizga yoqdimi? Unda qanday kamchiliklar bor?
Bu rasmni django backend kanaliga nima aloqasi bor deb o’ylayotgan bo’lsangiz — to’g’ridan to’g’ri aloqasi bo’lmasa aloqadorlik joyi bor.
Dasturchilar ham loyihalarni xuddi arxitektor-muhandislar kabi xatosiz bajarishi kerak. Birgina xatosi juda qimmatga tushishi hech gap emas.

👍20🔥3
Django darslari (Mukhammad irmatov)
Rasmdagi muhandislik konstruksiyasi sizga yoqdimi? Unda qanday kamchiliklar bor?
Shunday muhandislik dizayniga qaraganimizda birinchi ko’rishda vauv deymiz. Lekin biroz sinchiklab, tanqidiy ko’z bilan qaraydigan bo’lsak bir nechta kamchiliklariga ko’zimiz tushadi.
Favqulodda chiqish yo’lagi
— Eng birinchi muammo favqulodda vaziyatlarda tezkor chiqish yo’lagi yo’qligi hamda eng pastki qavatda joylashgan asosiy inshootdan uzoqlashtiradigan xavfsizlik tunneli yo’qligi. Agar biror bir xavf tug’ilsa, xavfsiz tunnelga o’tishi va xavfsiz chiqish yo’lagi orqali tashqariga chiqish imkoniyati bo’ladi.
Bog'dorchilik qavati
— Bog’dorchilik qavati eng pastki qavatda joylashsa mantiqan to'g'ri bo'lar edi. Karbonat angidrid havodan og'ir bo'ladi va pastga tushadi. O'simliklar o'sha karbonat angidridni qaytadan kislorodga aylantirib beraveradi. Bundan tashqari, o'simliklar sug'orilgan suvni yashash qavatingizga singib namlikni oshirishini ham xohlamasangiz kerak.
Yashash qavati eng tepada bo'lishi kerak
— Favqulodda holatlarda tezkor evakuatsiya uchun uxlash va dam olish qavati har doim eng tepada joylashishi kerak.
Generatsiya tizimi eng pastki qavatdaligi
— Generatsiya tizimi eng pastki qavatda bo’lishi ham xato. Chunki u o’zidan issiqlik va shovqin chiqaradi. Eng maqbuli asosiy binodan uzoqroqda bo’lishi kerak yoki bo’lmasam binoga parallel holatda bo’lgani ham maqul edi.
Bundan tashqari bu yerda kislorod generatori, suv zahirasi, kuzatuv minorasi, havo sirkulyatsiyasi uchun ventilyatsiya tizimi, suv toshqini bo’lsa drenaj tizimi, havo tozalagich va halokat vaqtida berkinish uchun xavfsiz xona bo’lishi kerak edi.
Umumiy olganda, g’oya yomon emas faqat uni takomillashtirish kerak xolos.

👍20💯4
#savol
StudentAnswer modelingiz bor:
uning fieldlari:
1) student(FK bilan Student modelga bog’langan)
2) question(FK bilan Question modelga bog’langan)
3) answer
4) answer point
Qanday qilib bir talaba va unga tegishli barcha javoblarni response sifatida qaytarish mumkin
Response ko’rinishi:

[
{
student1: {student_object},
answers: [
{
student,
question,
answer,
answer_point},
{
student,
question,
answer,
answer_point
},
]
},
{
student2: {student_object},
answers: [
{
student,
question,
answer,
answer_point},
{
student,
question,
answer,
answer_point
},
]
}
]
👍7
Django darslari (Mukhammad irmatov)
#savol StudentAnswer modelingiz bor: uning fieldlari: 1) student(FK bilan Student modelga bog’langan) 2) question(FK bilan Question modelga bog’langan) 3) answer 4) answer point Qanday qilib bir talaba va unga tegishli barcha javoblarni response sifatida…
Kechagi savolga o’zim yozgan yechim.
Get_querysetda yozilgani SerializerMethodda yozilgan logikadan ko’ra ancha optimal yechim bo’la oladi

👍10🔥6
Django darslari (Mukhammad irmatov)
Kanalda voice chat qilsak nima deysiz? Qaysi python dasturchi bilan suhbat bo’lishini xohlar edingiz?
Dasturchilik sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishgan, Amazon web Services kompaniyasida Software Engineer bo’lib ishlayotgan hamyurtimiz Jakhongir Rakhmonov bilan ovozli suhbatga taklif qilamiz.
Suhbat mavzusi: “Building a career as a Python developer”
Vaqti: 17-mart, Juma kuni, 16:00 da
Suhbat davomida qanday qilib Python dasturchisi sifatida muvaffaqiyatli karyera qurish bo’yicha tavsiyalar ham bo’ladi.
Ovozli suhbat oxirida o’zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin bo’ladi.
Suhbat @djangodarslari kanalida bo’lib o'tadi.
Jakhongir Rakhmonov ga savollaringniz bo'lsa, shu post ostiga yozib qoldiring.

🔥33👍8⚡6❤2🤩2
Django darslari (Mukhammad irmatov)
Dasturchilik sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishgan, Amazon web Services kompaniyasida Software Engineer bo’lib ishlayotgan hamyurtimiz Jakhongir Rakhmonov bilan ovozli suhbatga taklif qilamiz. Suhbat mavzusi: “Building a career as a Python developer”…
1 soatdan so’ng ovozli chatni boshlaymiz. Tayyormisiz?
🤩32👍7🔥4❤2