Diyor Otamurodov
332 subscribers
24 photos
5 videos
14 links
Download Telegram
Channel created
Bu post faqat marketingga aloqador emas...

"Yorvoradi" dedim, hayolda tuzgan strategiyamni. 3 oy bo'ldi, haliyam amalga oshirganim yo'q. "Mukammallashtiraman", degunimcha aktualligiyam yo'qoldi.

Boshqa bir loyiha, vaqt kam. Qisqa muddatda nimalar qilishimni aniqlashtirib, ishni boshladim. Natija kutganimdan yaxshi bo'ldi.

Kichik bizneslarda g'oya keldimi test qilib ko'raverish kerak. Mukammallashtirishni foydasidan zarari ko'p.

Podcastda videoni sifatidan, ovozni sifati muhimrog'ligini o'qib qoldiz. Keyingi sonlardan yaxshi mikrafonda syomka qilishi boshlang.

Videoda gapiryotgan odam, kuzatuvchiga emotsiya berolishi kerakligini eshitib qoldiz. Yangi face topishga vaqt ketqizmasdan, muzika, tekst yordamida emotsiya qo'shib ko'ring.

Biror narsani test qilib ko'ryapsizmi, sizga feedback beradigan odam bittadan ko'p bo'masin. Undan oshsa, hammani xohishini inobatga ob, mukammal narsa qilaman deb, hech narsa qimasligiz mumkin.

Chunki nomukammal harakat, mukammal harakatsizlikdan yaxshi.

@digitalkompozitor
7