Diyor Otamurodov
340 subscribers
24 photos
5 videos
14 links
Download Telegram
Imkondan foydalanmaysanmi?

Ishdagi eng zo’r va ko’p mehnat talab qiladigan narsa - kuchli jamoa bilan, qiyin muammolar ustida ishlash.

Hozir ishlayotgan loyihamiz, juda tez rivojlanmoqda. Masshtab va ish ko’lami ham kengaymoqda.

Shu sabab jamoaga qo'shimcha kuch kerak.

Sizni o’sishga majbur qiladigan jamoada ishlash imkoni paydo bo’ldi.

Steve Jobs Jon Skallini pepsidan chaqirganida - “umringni oxirigacha gazlangan suv sotib yurasanmi? Dunyoni o’zgartirish imkonidan foydalanmaysanmi?” degandi.

Men ham sizga aytaman. Keyingi darajaga ko’tarilish payti kelmadimi?

Payti kelgan bo’lsa menga (@diyorotamurodov) o’zingiz haqingizdagi ma’lumotllarni yuboring. Rivojlanishni istagan, stressga chidamli, kuchli jamoa va kompaniyada amaliyot o’tashni xohlasangiz yozing.

Bizga ishlarni rejalashtiradigan, syomkalarni tashkillashtiradigan va berilgan vazifalarni tez bajara oladigan yordamchi kerak. Til bilsangiz yana yaxshi.

Amaliyot davomida bizga ma’qul kelsangiz, ishingizga yarasha oylik berib, jamoda olib qolamiz.

@diyorotamurodov_blog
1
Noto'g'ri kutuv

Ko’rayotgan kontentlaringiz qiziq bo'lishi mumkin, lekin uni tashkillashtirish aniq standarti bo’lmagan qiyin jarayon.

Yaxshi kontent qila oladigan prodakshnlar ko'p. Natija va daromad uchun javobgar bo’la oladiganlar kam.

Kontent marketingida ideyalar o’xshab ketishini kafolati yo’q. Bu oldindan biror narsa deyish qiyin bo'lgan soha.

Tez va ko’p daromadga chiqishni xohlayotganlarga oldindan aytaman - bu noto’g’ri kutuv.

Reglament qilib strategiyalarni tuzib chiqish, qiyin va har doim ham o’xshayvermaydigan vazifa.

Umumiy olganda, kontent marketing qimmat va hammaga ham kerak emas.

Agar sizga qisqa muddatda, tez topsa bo’ladigan pul kerak bo’lsa, lidgen eng yaxshi variant.

Shu soha bo’yicha mutaxasiss Zabihulloh, blogida foydali ma’lumotlar ulashib boryapti )
👏1
Shu mavzu kundan kunga aktuallashyapti 😁

@diyorotamurodov_blog
👍2
Eng muhimi kurslarda o'rgatilmaydi

Kursni bitirib, birinchi ishga kirganimda, texnik bilimlar, instrumentlar va strategiyalarni ishlata olmasdim.

Kursda ishda kerak bo'ladigan bilimlar o'rgatilmagandek tuyulardi.

Keyin, bu sohada o'rgatsa bo'ladigan bilimlar emas, odam o'zi o'rgansa bo'ladigan bilimlar eng kerakliligini tushundim.

Sizni ishga yollagan odam, siz qilayotgan ishlarni (target, kopirayting, smm...) istalgan boshqa insonga qildirishi (o'rgatishi) mumkin.

Chunki texnik bilimlarni o'zlashtirish eng oson jarayon.

Kommunikatsiya, muammolarga yechim berish, kreativ fikrlash kabi ko'nikmalarni hech kim, hech qanday kurs sizga o'rgata olmaydi.

Aynan shu ko'nikmalarni o'zlashtirganlar eng ko'p qadrlanadi.

O'rgatsa bo'ladigan emas, o'rgansa bo'ladigan bilimlarni o'zlashtirishga harakat qiling.

Bularni o'rganish oson emas, lekin iloji yo'q ham degani emas.

@diyorotamurodov_blog
👍3
Extiyoji borlar so'ramaydi

Sotuvchi bo’lgan paytim, do’konga kelgan mijozlarni analiz qilshga harakat qilardim.

Ko’rinishidan o’ziga to’q odamlar mahsulot narxini kelishtirish uchun uzoq qo’l siqishar va ancha foyda qilishardi.

O’zim taniydigan, imkoniyati ko'p bo’lmagan insonlar, narxni eshitgach indamay aytilgan pulni sanashga tushardi.

Birinchi holatdagilarda, qayta sotib olish ehtimoli baland, katta chekda xarid bo’lardi.

Ikkinchi turdagilar esa qaytib do’konda ko'rinmas, boshqa do’konda ko’zim tushmaguncha, ta’mirni to’xtatgan bo’lsa kerak deb o’ylardim.

Nega bizni do’kondan olmayapti ekan deb o’zidan so’raganimda, «Sizlar so’ramasa kelishtirib bermaysizlar, man so’rashga xijolat bo’laman» - degan.

Demak, narxni tushirishni so'ramagan insonlarda, tejalgan pulga extiyoji bo'ladi.

Atrofingizda ham sizga aytmay, sizdan umid qilayotgan qancha inson bo’lishi mumkin?

O’zi so’ramayapti demang, suhbat vaqti ko’zlarga qarang. Chunki, extiyoji borlar so'ramaydi.

@diyorotamurodov_blog
👍12
Eng katta muammo, yoki kutilmagan qiyinchiliklar

Aytaylik, faqat oqqushlar bo'lgan davlatda yashaysiz. Tasavvuringizda, ular faqat oq rangda gavdalangan.

Bir kun Avstraliyaga bordingiz. U yerda qora oqqushga ko'zingiz tushdi. Kutilmagan voqea.

Siz, qora rangli oqqushlar bo’lishi mumkinligini o'ylab ko'rmagansiz.

Nassim Taleb bo'lmagan, lekin jiddiy oqibatlarga olib keladigan hodisalarga, Qora Oqqushlar deb ta'rif beradi.

Davlatlarga, kompaniyalarga qarang, o’zlariga uzoq yillik rejalar tuzishadi.

Strategiyalarga e’tibor bersangiz, kutilmagan vaziyatlar haqida biror bob topishingiz qiyin.

Tarixga qaraylik. Unda ko’plab Qora Oqqushlar bor. Ularning ta’siri hozirgacha seziladi.

Rim imperiyasi qulashi, Gitlerning hokimiyat tepasiga kelishi, 11-sentyabr voqealari…

Biror kompaniya shu vaziyatlarni strategiyasiga qo’shgan deb o’ylaysizmi?

Bizdagi tushuncha va kutilmagan voqealarga moslashish darajasi, muammolarni qanday hal qilishimizni belgilaydi.

Ko'p hollarda, shunday vaziyatlar rivojlanishimizning asosiy nuqtasi bo’lgan.

Qora Qqqush borligini unutmaslik, uni samarali hali qilishning (oldini olishning) yagona yo’li.

O'sish va imkoniyatni kengaytirish, eng qiyin muammolarda yashirin bo'ladi.

Katta muammolar, eng katta o'zgarishlarga olib keladi.

Qiyin muammolarda imkoniyatni ko'rishni o'rganing. Chunki dunyo faqat Oqqushlardan iborat emas.

@diyorotamurodov_blog
🔥5
Nega kitob o'qish kerak?

17-asr oxirida Jeyms Kuk Avstraliyaga safar qiladi. Uning diqqatini sakrab yurgan notanish hayvonlar tortadi.

Qiziqib mahalliy aholidan - «Bu nima?», deb so’raydi. Uning inglizcha savolini tushunmagan bir odam, «Kangaroo», ya’ni «Seni tushunmadim» deb javob beradi.

Olim buni hayvonning nomi deb o’ylaydi va vataniga qaytib, qilgan kashfiyotini barchaga aytadi.

Qisqa vaqtda butun yevropada «Kangaroo» nomli hayvon mashhur bo’lib ketadi.

Tilshunos olim bu so’zning asl ma’nosini aniqlamaguncha, insonlar bu ishni to’g’ri deb bajarib kelishgan.

Hayotimizga qaraylik, unda qancha kengurular bor:

• buzuqchilikni erkakchilik;
• hurmatni qora Gentra, iPhone;
• ko’ra olmaslikni tanqid;
• followerlarni haqiqiy do’stlar deb o’zimizni ishontirganmiz.

Bu narsalar ta’sirida va unga erishish yo’lida inson o'zligini yo’qotadi.

Hayotimizdagi kengurularni aniqlashda bizga kitob, tilshunos o'rnida yordam beradi.

Chunki, inson aqlli bo’lish uchun kitob o’qimaydi, o’zligini topish uchun o’qiydi.

Hayotimizdagi kengurularni aniqlash, xaqiqatlarga yo’l ochadi.

Ularni topish, tan olish qiyin. O’qish esa bu yo’lni osonlashtiradi.
🔥6
Umrida biror marta ishlab ko'rmagan tanishingdan maslahat:

- Sandagi muammo shuki, san sportga va sani rostan baxtli qiloladigan narsalarga yetarli vaqt ajratmisan. Hayotda o'zingni yaxshiroq tanishni boshlidigan, ma'no obkiradigan vaziyatlar ayni shu vaqtlarda bo'ladi. Bu har bir odam uchun zarur va ularga doim vaqt topish kerak. Bu qiyinmas. Mana manga qara...
- Xo'p, lekin siz ishlamaysizu.
- Bu boshqa masala.
😁6
Boshqalar o'zib ketdi

"Boraver, dunyo kez, olim bo'l, o'zingdan iz qoldir, sendan keyin keladiganlarning hayotlarini yengillashtirish uchun uchun harakat qil". Otasi Abdulloh ibn Muborak bilan huddi shu so'zlarni aytib xayrlashgandi.

Vaqt o'tib tijorati va ilmi dunyoga yoyilgan Abdulloh ibn Muborak, "Meni bir hayol ba'zan qiynab qo'yadi. Kitoblarim va savdo ilmim kelajak avlodga bus-butun yetib borarmikan? Ular ajdodlarining tijoriy sirlarini o'rganib, ulardan-da kuchliroq bo'larmikan? Yo boshqalar o'zib ketadimi?" - degandi.

Boshqalar o'zib ketdi. Biz esa yangidan g'ildirak ixtiro qilish bilan bandmiz.

Dunyoning texnologiyalar poytaxti, Silikon vodiysini boshqa joyda qurib bo'lmaydi deyishadi. Uning tuzilishiga qarasangiz 17 asr avval bizda tuzib bo'linganini ko'rasiz.

Hozir hamma kimo'zarga biznes qilayotgan bir vaqtda, uni filasofiya ustiga qurgan kompaniyalar dunyoni egallamoqda. Afsuski filasofiyani biz tanlamayapmiz.

Faqat bir narsani orzu qilar edim, avval ilojsiz tuyulgan narsani bugun amalga oshirish. Dunyodagi zamonaviy texnologiyalar qudrati va go'zalligini birlashtirib uni men va sizga o'xshagan odamlar qo'liga topshirmoqchi edim.

Abdulloh ibn Muborak yuqoridagi gaplarni Stiv Jobsdan emas, ko'proq bizdan kutganiga ishonchim komil.

@diyorotamurodov_blog
🔥11
Birinchilardan bo'lasiz

Kecha Sadriddin aka bilan Content Maker izlayotganimiz haqida post qo'ygandik.

Ko'pchilik yozadi, o'zim filtr qilib chiqaman deb akkauntimni qo'shib qo'ydim.

Kutuvim katta bo'lgan ekan. O'ylaganimdan ancha kam odam yozdi.

Qiziqqanlar bilan suhbatlashib bozor hali bo'm-bo'shligini tushundim.

Hozir boshlasangiz, 5 yildan keyin bemalol birinchilaranman deb ayta olasiz.

Bu sohani aniq metrikalar bilan o'lchash qiyin va raqamlarda oldindan natijani va'da berib bo'lmaydi.

Shu sabab ko'pchilikda qiziqish va soha haqida tushuncha yo'q.

Hozir boshlang. Ertaga trendga aylanganda yana kech qolasiz.

Bir narsani eslab qoling, o'lchash qiyin bo'lgan narsaning narxi qimmat bo'ladi.

@diyorotamurodov_blog
🔥4
Moslashuvchan bo'ling, mutaxasiss bo'lasiz

Muvaffaqiyat xususiyatlari juda kontekstual. Zamon va makonga qarab farqlanadi.

Bir zamonda qoralangan ishlarni, ikkinchi zamonda qilish shart bo'lib qolishi mumkin.

O'zbekiston endi mustaqil bo'lgan vaqtda chaqqonlik, so'ng networking muhim bo'lgan. Hozir esa bozor ochiq. Yaqin orada tendensiya yana o'zgaradi.

Muvaffaqiyatga qanday erishish mumkin degan savolni berayotganda, o'sha vaqtdagi kontekstni qo'shish kerak.

Bu kontekstda eng muhimi moslashuvchanlik.

Zo'r insayd: Kimidur sohasida mutaxasiss, yoki yo'qligini bilmoqchi bo'lsangiz uning moslashuvchanligiga qarang.

Ishini doim yaxshi qiladimi, yoki umrida bir marta o'xshab qolgan zapusk summasini bio'siga yozib qo'yganmi?

@diyorotamurodov_blog
👍8
Shaxmatda yuta olishga ko'zlari yetmasa, shashka o'ynashni taklif qilishadi.

G'olib bo'lmagunlaricha, darajangizni tushirishga majburlashadi va yutuqqa shu yo'l orqali erishishadi.

P.S. Kuchlilardan kuch va resursni olib qo’yish, hamda ularni yutishning yo’li, o’yin qoidalarini o’zgartirish xolos.

@diyorotamurodov_blog
🔥6
Yaqinda Dostoevsky'ning "Jinoyat va jazo" kitobini o'qishni boshladim.

Psixologik ancha og'ir ekan. Voqealar ham tanish.

Hozircha bir xulosaga keldim:

"Qabul qilingan qarorlar o’sha paytdagi kontekstni tushunmasdan turib qoralanmaydi."

Bu haqida batafsil keyingi postlarda yozaman.

Hozir Monopoly o'ynamoqchimiz jamoadagilar bilan )

@diyorotamurodov_blog
👍5
O’tmishdagi xatolarni ko’rish yaxshi.

Qanchalik yaqin o’tmishdagi xatoni ko’rsangiz, shunchalik yaxshi.

Eng ideali bugungi xatoingizni kechqurun bilishingiz.

Eng yomoni xato qilganman deb o’ylamasligingiz.

Bundan boshqa har qaysinisi yaxshiroq.

@diyorotamurodov_blog
👍7
Haqiqiy o’zgarish vaqti

Ramazon ajoyib oy. Mana shu bir oy tanam uchun emas, qalb uchun yashashdek tuyuladi.

O’zgarishlarimga sabab bo’lgan ko’plab qarorlarga kelishim ramazon oylariga to’g’ri kelgan.

Bu oyda biror ishni boshlash ham oson. Chunki bitta dushman damda, ikkinchisi esa zaiflashgan bo’ladi )

Vaqtni samarali o’tkazish uchun arzon dofomindan qutilish yetarli.

Haqiqiy o’zgarishlar boshlanadigan Ramazon muborak bo’lsin )

@diyorotamurodov_blog
8
Berganingizchalik olasiz

Bir voqea sabab bo'lib, Nyutonning uchinchi qonuni esimga keldi. “Biror jismga ta’sir etgan kuch, o’ziga teng kuch bilan reaksiya oladi.”

Devorga qancha kuch bilan urilsa, qo’lizga shuncha kuch bilan javob qaytadi.

Bu formula boshqalar bilan munosabatimizda ham ishlaydi.

Reels algoritmlarini tushunish uchun 96 betli prezintatsiyani o'qib chiqishingiz shart emas. Insonlarga foydasi tegadigan kontent qilasiz, kutganingiz keladi (like, comment, share...).

Kimnidur qancha ko’p xafa qilgan bo'sez, xuddi shunchalik xafa qilinasiz. Qancha ko’p yaxshilik qisez, shuncha ko’p sizga qaytadi.

Boshqalarga munosabatiz qanday bo’lsa, sizgayam shunday munosabat qilishadi.

Ko'p hollarda, qilgan yaxshiligimizni ortig'i bilan kelishini kutamiz. Yomonlikda esa aksincha.

Boshqalardan, qilgan munosabatizdanam ortig’ini kutish esa muammo bo’lishi mumkin. Chunki kutuvlar insonga zarar beradi.

@diyorotamurodov_blog
11
Ish va oila balansi yo’q narsa. Oilani ham ish sifatida ko’rish kerak (ekan).
🔥7
Akam oynadan qarab, ancha vaqt hech narsa qilmay turardilar.

Nega bunday qilishlarini tushumasdim. Zerikib ketmasmikanlar deb o'ylardim.

Hech narsa qilmasdan, hech narsani o'ylamasdan turish oson ko'rinardi.

Keyin shu narsani o'zim qilib ko’rdim. O’rniga kimnidur uyiga borib tom yopishvorsam yaxshi bo'lardi derdim. Vaqt umuman o'tmasdi.

Dunyo kezgan, zo’r sovg’alar olgan, pulining orqasida juda ko’p 0 soni borlar bilan gaplashib, keyin Akamni tushundim.

Hayotdan zavq olishimiz uchun, sayohat, qimmat sovg’alar, ko’p pul kerak emas. Lahzalarga e’tibor yetarli.

Chunki

Lahzalarining qadriga yetmaydiganlar, butun hayotini ham qadriga yetmaydi.

@diyorotamurodov_blog
👍12
Ikkinchi imkoniyat bo'lmaydi

Institutni foydasi yo'q, umringni bekorga ketkazganing qoladi;

Nima qilasan u sohani o'rganib, anunga qara shuncha harakat qilibam dasturchi bo'b qomadi;

Yaxshi o'qitmidi u o'quv markazda, mana bu joyga borgin...

Tanish maslahatlarmi?

Boshqalarga tarqatadigan fikrlarimiz, miyaga kirgan birinchi g'oyaning asosini tashkil qiladi.

Maslahat berayotganda shunga e’tibor berishimiz kerak.

Institutda o'qimaslikni aytishdan oldin, dunyoda faqat 3% odam o'zi o'rgana olishini (self study) hisobga oling.

Uning bolaligi, genetikasi, mental dunyosi, ota-onasi... bularni bilmasdan unga mos soha maslahat berish, uning kelajagiga xiyonatingiz bo’ladi.

Eshitgan birinchi fikringiz salbiy bo'lgani uchun, qancha odamga u o'quv markazni yomonlagansiz? O'zingiz o'qiganmisiz, sizga gapirgan odam o'qiganmi u yerda?

Eslang, birinchi uchrashuvda yaxshi taasuurot qoldirgan inson haqida, uni yomonligini aytishsa ham fikringizni o'zgartirgingiz kelmagan.

Demak:

Birinchi marta olayotgan informatsiyalaringizga diqqatli bo'ling. Miyangizga kirayotgan g'oyalarga nisbatan savol bering: "Men bu narsa haqida nimani bilaman?"

Birinchi uchrachuvda yaxshi taasuurot qoldirishga harakat qiling. Chunki, birinchi taasuurot qilishga, ikkinchi imkoniyat bo'lmaydi.

@diyorotamurodov_blog
🔥12
Content is King

Kontent marketing auditoriya mahsulotni sotib olishga tayyor bo'lguncha yordam beradi. Mahsulot esa ularni sotib olgandan keyin.

@diyorotamurodov_blog
👍6
Agar doimiy kontent qilsangiz, ishonchli bo'lib borasiz. Sotishga emas, o'rgatishga e'tibor qaratsangiz, siz ko'proq sotasiz.

Iste'molchi o'zi ishonadigan brendlardan sotib olishni xohlaydi. Sohangizda "Vikipediya"ga aylaning, mijozlar bazangiz ko'payadi.

@diyorotamurodov_blog
👍12