Digital.edu
4.33K subscribers
1.43K photos
247 videos
710 links
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi.

Muhokama guruhi: @digitaleduchat

Elektron pochta: [email protected]

Manzil: 100164, Toshkent shahar, I.Muminov ko‘chasi, 4-uy.

Tel: (71) 203-03-43
Download Telegram
Markaz xodimlarining huquqiy bilimlari oshirildi

📖15-iyul kuni Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi xodimlari va Toshkent davlat yuridik universiteti professori, tajribali advokat Muhammadamin Karimjonov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston mehnat qonunchiligidagi dolzarb masalalar, xodimlar huquqiy madaniyatini oshirish yo‘llari hamda amaliyotda uchraydigan huquqiy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

⚜️Mutaxassis tomonidan mehnat shartnomalari, ishga qabul qilish tartibi, intizomiy javobgarlik va xodimlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari bo‘yicha amaliy maslahatlar berildi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍92
Forwarded from Rustam Karimjonov
IT ta’lim rivojlanishiga qiziqqan barcha fuqarolar va tashkilotlarni 21 iyul kuni bo’lib o’tadigan Forumga taklif etamiz.

Forum IT Ta’lim Assotsiatsiyasi (ITEA) tomonidan Shveysariya Taraqqiyot va Hamkorlik Agentligi (SDC) moliyaviy ko'magida amalga oshirilgan.“O‘zbekistonda IT va raqamli ta’lim landshaftini yaxshilash: Tadqiqot bosqichi” loyihasi natijalariga bag’ishlangan.

Forum quyidagilardan tashkil topgan:
🔹 IT sohasining kelajak kasblari Atlasi;
🔹 Raqamli ta'lim sohasidagi imkoniyatlar;
🔹 DigiSurvey.uz platformasi;
🔹IT-ekotizimining yetakchi vakillari bilan suhbat;
🔹IT Park, RTRM, O'zbekiston Nogironlar Assitsiatsiyasi hamda AlmaU vakillarining taqdimotlari.

📍 Sana: 2025-yil 21-iyul
🕘 Vaqt: 09:00–13:00
📌 Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi, Toshkent

👉Ro’yxatdan o’tish


📲 Qatnashish — ro‘yxatdan o‘tgan holda bepul. Qo‘shiling!
2
EGOI 2025: Yopilish marosimini birgalikda kuzatamiz

🏆 Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasining yopilish marosimi bugun, Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

🏅Marosimda rasmiy natijalar e'lon qilinib, medallar topshiriladi - uni ushbu havola orqali onlayn tomosha qilish mumkin.

👩🏻‍💻O‘zbekiston jamoasi olimpiadada o‘ziga xos bilim va matonat bilan ishtirok etdi. Norasmiy natijalarga ko‘ra, ishtirokchilarimiz O‘zbekistonga 2 ta bronza medali bilan qaytadi!

👏Qizlarimizni ajoyib ishtirok bilan samimiy tabriklaymiz: har biringiz yosh qizlar uchun orzu qilish, harakat qilish va o‘ziga ishonishga undaydigan yorqin namunasiz.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍1👏1
EGOI 2025: O'zbekistonlik o'quvchilar 2 ta medalni qo'lga kiritishdi

🏆 “EGOI-2025” Yevropa qizlar olimpiadasining yakuniy natijalar e’lon qilindi. Unga ko’ra, O‘zbekiston terma jamoasi qizlari umumiy hisobda 2 ta bronza medalini qo’lga kiritishdi.


🥉Bronza medali — Oysha Mirzatillayeva, Olmazor tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi, 8-sinf o’quvchisi.
🥉Bronza medali — Malika Xojamuratova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati, 9-sinf o‘quvchisi.

⚜️Qizlarni g’alaba bilan tabriklab, O’zbekiston terma jamoasining olimpiadadagi ishtirokini qo’llab-quvvatlagani uchun Ucell kompaniyasiga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.


🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥166👏5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yevropa qizlar Olimpiadasi ishtirokchilari kutib olindi

🏆4 nafar qizdan iborat O‘zbekiston terma jamoasi Germaniyaning Bonn shahrida bo‘lib o‘tgan Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasida ishtirok etib qaytishdi.


⚜️Olimpiada yakunlariga ko‘ra, Oysha Mirzatillayeva va Malika Xojamuratovalar bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Bugun qizlar Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥17❤‍🔥443
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazining yarim yillik natijalari sarhisobi bilan tanishing

📖2025-yilning ilk yarmida Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi qator muhim tashabbuslarni amalga oshirdi. Quyida markaz tomonidan erishilgan asosiy natijalar va ko‘rsatkichlar bilan tanishishingiz mumkin.

⬇️6 oylik natijalar sarhisobiga koʻra:
➡️Samarqand va Fargʻona viloyatlarida “IT shaharcha”lar foydalanishga topshirildi;
➡️“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasining ilk 130 nafar bitiruvchilariga diplom topshirildi;
➡️Uzbekcoders.uz portalidan 571 mingdan ziyod foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtdi, shulardan 327 mingdan ortigʻi sertifikatlarni qoʻlga kiritdi;
➡️“IT-talents” loyihasi doirasida IT akademiyalarga 668 mln soʻm subsidiya ajratildi;
➡️“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida 1000 nafardan saralangan 80 nafar oʻquvchilar Nukus shahrida taʼlim olishni boshlashdi;
➡️Xalqaro IT sertifikat olgan 1858 nafar yoshlarga jami 7,7 mlrd. so‘m miqdoridagi xarajatlari qoplandi;
➡️“Leader Online” bilan hamkorlikda 658 nafar oʻquvchi kiberxavfsizlik kursida oʻqitildi;
➡️“InfoTeach-2025” forumi doirasida 5000 dan ortiq informatika fani oʻqituvchilarining malakalari oshirildi;
➡️ITStudy.uz platformasi orqali 35 mingdan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari zamonaviy IT kasblarga o‘qitildi.


⚡️Batafsil videolavhamizda tomosha qiling!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍53🙏2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💻 "Hozirgi zamonda 1 yil ichida yaxshi darajada dasturchi bo‘lish mumkin. Eng asosiysi — maqsad va harakat"

Xurshidbek Kurbanov bu yo‘lda ko‘p sinovlardan o‘tgan. U dastlab O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olgan, so‘ngra Koreyada NIIED grantini yutib, magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan.

⚡️ Bugungi kunda u UzVIP va xalqaro Paybek INC. fintech kompaniyasida Bosh texnik direktor lavozimida ishlamoqda.

Xurshidbek o‘z intervyusida shunday deydi:

“Men dasturchi bo‘lish uchun 7 yil sarfladim. Hozirgi yoshlar esa bu yo‘lni ancha tezroq bosib o‘tishlari mumkin. Ular to‘g‘ri yo‘lni tanlasa, ko‘p vaqtni tejaydi.”


🔬Qahramonimizning aytishicha, IT sohasida nazariyani amaliyotga aylantirish juda muhim. U Koreyada o‘qish davomida aynan laboratoriya orqali o‘rgangan bilimlarini real loyihalarda sinab ko‘rgan.

“IT’ni faqat kitobdan o‘rganib bo‘lmaydi. Amaliyot bo‘lmasa, bilim chuqurlashmaydi. Laboratoriya aynan shu uchun kerak. Har bir ta’lim muassasasida bunday imkoniyat bo‘lishi zarur,” – deydi u.


🎥 Xurshidbek Kurbanov bilan to‘liq intervyuni quyidagi havola orqali tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=cByV3ybOzGY

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qudratxoʻja Musayev: IT sertifikat Sizga biror narsani kafolatlamaydi, uning Sizga beradigan asosiy qiymati sertifikat ortidagi bilim...

🏷Asli fargʻonalik, hozirda Microsoftning Dublin ofisida dasturiy taʼminot muhandisi boʻlib ishlovchi hamyurtimiz Qudratxoʻja Musayev bilan suhbatlashdik.

➡️Qudratxoʻja GrantGO, EventGO va MentorGO loyihalari hamda Janob Musayev kanali asoschisi.

🔗Intervyu davomida qahramonimiz Azure Fundamentals sertifikati orqali olgan bilimlari, Microsoftga ishga kirish jarayonida qoʻl kelgani haqida gapirib berdi.


➡️Batafsil: https://youtu.be/YDIvfIDq_WI


🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5😇3🍌21🔥1
Forwarded from Digital.uz
🎓 Abituriyentlar uchun ochiq muloqot: “Yetakchi IT universitetlarda ta’lim olish imkoniyatlari va afzalliklari”

2025/2026 o‘quv yili uchun test sinovlari yakuniga yetdi. Endi esa oldingizda eng muhim qarorlardan biri turibdi — qaysi universitet va qaysi mutaxassislikni tanlash kerak?

Agar siz kelajagingizni axborot texnologiyalari sohasi bilan bog‘lamoqchi bo‘lsangiz, ushbu ochiq muloqot aynan siz uchun tashkil etilmoqda!

🗣Jonli efir davomida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:

➡️IT sohasida faoliyat yuritishni istagan abituriyentlar uchun eng mos universitetlar va yo‘nalishlar;
➡️Grant va to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyatlari, mavjud kvotalar;
➡️Xalqaro dasturlar, qo‘shma fakultetlar va xorijda amaliyot o‘tash imkoniyatlari;
➡️TATU, Inha, Amity, Cyber University, Acharya, ITPU, JDU, TIUE va boshqa yetakchi IT universitetlari rektorlariga bevosita savol yo‘llash imkoniyati.

👥Tadbir ishtirokchilari:

➡️Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari
➡️Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi mutaxassislari
➡️Yetakchi IT universitetlarining rektorlari

Sizni qiziqtirgan savollarni hozirdanoq tayyorlab qo‘ying va IT sohasida to‘g‘ri yo‘nalishni tanlashda muhim imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

⭕️ Jonli efirni quyidagi platformada tomosha qiling:
➡️ https://youtube.com/live/UC1aFPl39Xc=

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
UzGeeksʼda Python kuni

📌 26-iyul, shanba kuni UzGeeks hamjamiyati bilan hamkorlikda Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida “UzGeeks July2025 Python Day Meetup” boʻlib oʻtadi.

⚜️Meetupʼda quyidagi spikerlar ishtirok etadi:
➡️From Scraping to Automation: Mastering Telegram with Userbots” - Abduaziz Abdurakhmonov (ML Engineer @ Mohirdev);
➡️Python Performance Optimization va SpeakEasy” - Abdulaziz Komilov (Software Engineer @ Mohirdev);
➡️Scale Python Applications” - Otabek Nurmuhammad (Staff Software Engineer @ Dropbox).


❗️Meetup odatiy ravishda bepul boʻlib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks.uz saytida roʻyxatdan oʻtish kerak.

📍Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
Abituriyentlar uchun jonli muloqot boshlandi

2025/2026 o‘quv yili uchun test sinovlari yakuniga yetdi. Endi esa oldingizda eng muhim qarorlardan biri turibdi — qaysi universitet va qaysi mutaxassislikni tanlash kerak?

🗣Jonli efir davomida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:

➡️IT sohasida faoliyat yuritishni istagan abituriyentlar uchun eng mos universitetlar va yo‘nalishlar;
➡️Grant va to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyatlari, mavjud kvotalar;
➡️Xalqaro dasturlar, qo‘shma fakultetlar va xorijda amaliyot o‘tash imkoniyatlari;
➡️TATU, Inha, Amity, Cyber University, Acharya, ITPU, JDU, TIUE va boshqa yetakchi IT universitetlari rektorlariga bevosita savol yo‘llash imkoniyati.


⭕️ Jonli efirni quyidagi platformada tomosha qiling:
➡️ https://www.youtube.com/live/UC1aFPl39Xc?si=lk-s4n-Hzs4weAaL
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🔥3
Barcha IT universitetlar bir yerga to'plandi, kelajak maqsadlaringizga mos oliygohni tanlang!

🏘Raqamli texnologiyalar vazirligida mamlakatimizning eng yetakchi IT oliy o'quv yurtlari ishtirokida onlayn uchrashuv o'tkazildi.


➡️Quyida IT universitetlardagi ta'lim olish imkoniyatlari, qo'shma dasturlar, qabul kvotalari bilan tanishib, o'zingizga mos oliy o'quv yurtini tanlashingiz mumkin:

➡️ Toshkent axborot texnologiyalar universiteti
➡️ Toshkent shahridagi Inha universiteti
➡️ Toshkent shahridagi Amity universiteti
➡️ "Cyber university" davlat universiteti
➡️ Acharya universiteti
➡️ IT Park universiteti
➡️ Japan digital universiteti
➡️ Tashkent international universitity of education

📊Onlayn muloqotni to'liq tamosha qilish uchun:
https://www.youtube.com/watch?v=UC1aFPl39Xc&t=405s

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1