Digital Economy
250 subscribers
1.43K photos
103 videos
18 files
466 links
Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi
Центр исследования цифровой экономики
Download Telegram
💡Bulutli xizmatlar (IAAS, PAAS, SAAS) va ularning farqlari

💾Bulutli ma’lumotlarni saqlash xizmatlari bugungi kunda zamonaviy biznes uchun eng muhim texnologiyalardan biridir. Bulut xizmatining uchta asosiy modeli mavjud: Xizmat sifatida infratuzilma (IaaS), Platforma xizmati sifatida (PaaS) va Dasturiy ta'minot xizmati sifatida (SaaS).

1️⃣Xizmat sifatida infratuzilma (IaaS)
IaaS modeli kompaniyalarga asosiy infratuzilmani, jumladan serverlar, tarmoqlar va saqlashni taqdim etadi.

2️⃣Platforma xizmati sifatida (PaaS)
PaaS - bu dasturlarni yaratish, ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan platformani ta’minlovchi xizmat.


3️⃣Dasturiy ta'minot xizmati sifatida (SaaS)
SaaS bulutli model bo‘lib, u dasturiy ta’minotni xizmat sifatida taqdim etadi. Ushbu model yordamida foydalanuvchilar dasturlarni o‘rnatmasdan yoki yangilamasdan Internet orqali foydalanishlari mumkin.

🔗Batafsil: https://infocom.uz/articles/bulutli-xizmatlar-iaas-paas-saas-va-ularning-farqlari
⚡️Joriy yilning 28-mart kuni “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” xodimlari “Har kuni, har kimga savob qil” shiori ostida keksa yoshdagilar holidan xabar olib, ularga moddiy yordam koʻrsatdilar.

📌Instagram | Telegram | Facebook | Youtube | Website
🌙“Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” xodimlari Ramazon Hayiti bilan barchangizni chin dildan tabriklaydi!

Ramazon hayiti barchamizga tinchlik, farovonlik va baraka olib kelsin! Ushbu kunda ezgu niyatlarimiz ijobat bo‘lsin, qalblarimiz mehr va muruvvatga to‘lsin.

Ramazon Hayiti muborak bo‘lsin!

📌Instagram | Telegram | Facebook | Youtube | Website
📣 BMTTDning “Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

📆 Joriy yilning 2-aprel sanasida Iqtisodiyot va moliya vazirligida bo‘lib o‘tgan ushbu muhim uchrashuvda Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi direktor o‘rinbosari va mutaxassislari ishtirok etishdi. Yig‘ilish davomida loyiha doirasidagi natijalar, istiqboldagi rejalar va yoshlarning raqamli iqtisodiyotdagi ishtirokini yanada kengaytirish yo‘llari muhokama qilindi.

💡 Raqamli tadbirkorlik va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar, hamkorlik imkoniyatlari va yangi tashabbuslar haqida fikr almashildi.

📌 Markaz mutaxassislari o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashib, yoshlar uchun raqamli imkoniyatlarni oshirish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda ilmiy-tahliliy yondashuvning ahamiyati haqida fikr bildirishdi.

🚀 Ushbu loyiha yoshlarni raqamli kelajakka tayyorlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan bo‘lib, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

📌 Instagram | Telegram | Facebook | Youtube | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM