Жаҳонгир Ширинов
173 subscribers
1.78K photos
391 videos
7 files
987 links
Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутати - Коррупцияга қарши курашиш ва суд-ҳуқуқ масалалари қўмитасининг раиси
Download Telegram
#qonun_loyihasi_jamoatchilik_muhokamasida

☝️ Bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda qabul qilindi.

🔹 Qonun loyihasida parlament palatalari, qonun ijodkorligi faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishga qaratilgan normalar o‘z aksini topgan. Loyiha bilan 14 ta qonun(jumladan Saylov kodeksi)ga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish belgilanmoqda.

🔹 Qonun loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (https://regulation.gov.uz/oz/d/86670) hamda Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytiga (https://parliament.gov.uz/regulation/21) jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

☝️ Taklif va mulohazalarni qabul qilish muddati — 2023-yil 28-sentabrdan 14-oktabrgacha.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV