Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
8.84K subscribers
7.95K photos
903 videos
11 files
2.27K links
Ushbu kanal orqali Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishib borasiz.

Denov tuman mudiriga murojaat uchun: https://t.iss.one/denov_murojaat_bot
Download Telegram
#denov_tumani_jarayon

💻 Bugun 17-may kuni umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari hamda Raqamli ta'lim rivojlantirish markazi mutaxassilari ishtirokida o'quv-amaliy seminari o'tkazildi.

◾️ Seminar onlayn tartibda tashkil qilinib, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi xalqaro sertifikatlar va masofaviy ta’limmni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Ilhom Jo‘rayev hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi Surxondaryo viloyati bosh mutaxassisi Akmal Abdulfaizovlar ishtirok etishdi.

◾️ “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida Coursera platformasida o‘quvchilarni IT yo‘nalishida o‘qitish ishlari tahlil qilindi. Seminar davomida o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

◾️ Shuningdek, Coursera platformasida o‘quvchilar uchun yaratilgan yangiliklar va imkoniyatlar, platformada tashkil qilingan bepul o‘quv kurslar haqida so‘z yuritildi.

@denov_mmtb

Facebook  I Telegram I Youtube