Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
8.84K subscribers
7.95K photos
903 videos
11 files
2.27K links
Ushbu kanal orqali Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishib borasiz.

Denov tuman mudiriga murojaat uchun: https://t.iss.one/denov_murojaat_bot
Download Telegram
#Ochilish_marosimi
#Turon_va_iqtidor_tanlovlari

Turon” maktab teatri hamda “Iqtidor” maktab ansambli tanlovlarining Respublika bosqichiga start berildi

Samarqand shahrida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Turon” maktab teatri hamda “Iqtidor” maktab ansambli tanlovlarining Respublika bosqichi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev ishtirok etdi hamda ushbu bahslarda ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.

📊 Ma’lumot o‘rnida, “Turon” maktab teatri tanlovining tuman (shahar) bosqichida 45 288 ta jamoa (362 304 nafar o‘quvchi), hududiy bosqichida 208 ta jamoa (1 664 nafar o‘quvchi) o‘zaro bahs olib bordi.


🌐 Joriy yil ikkinchi marotaba o‘tkazilayotgan tanlovda maktablarning 6-11 sinf o‘quvchilaridan (8 nafar) iborat jamoalar ishtirok etmoqda.

Iqtidor” maktab ansambli tanlovining tuman (shahar) bosqichida 8 890 ta jamoa (71 120 nafar o‘quvchi), hududiy bosqichida 208 ta jamoa (1 664 nafar o‘quvchi) vakillari qatnashdi.

📌O‘quvchi-yoshlarning milliy cholg‘u san’atiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qiluvchi mazkur tanlovida 6-10 sinf o‘quvchilari (8 nafar)dan iborat jamoalar ishtirok etdi.

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3